Maktab tarix ta’limi mazmuniga ma’muriy buyruqbozlik usuliga asoslangan davlat siyosati va mafkura zo‘ravonligi iskanjasidan tozalash, o‘qitishning xayotiy ehtiyojlaridan ajralib qolishga barham berish ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish, demokratiyalashtirish, tarix o‘qitishning odatdagi tartibidan voz kechish, o‘quvchilarning o‘zi to‘g‘ilib o‘sgan joy, el-yurt, jonajon vatan O‘zbekiston tarixini o‘rganishdan boshlash ularning vatan tarixini o‘rganishga qiziqishni oshiradi, vatanga muhabbat uyg‘otadi, tarix fanini bilish-tushunish ьimkoniyatlarini kengaytiradi.
SHunday qilib, tarix o‘qitishni milliy asosga qurish talablaridan kelib chiqqan holda respublikamiz maktablarida bu ish tartibi o‘zgartirilib, O‘zbekiston xalqlari tarixiy taraqqiyotidagi ma’lum davrlarni jahon tarixi tarixiy taraqqiyotining ana shu davrlar bilan bog‘lab, birgalikda qiyosiy o‘rganishdir. Tarix o‘qitishni milliy asosga qurish umuman tarixiy bilimlar mazmunini boyitish, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Tarix ta’limini islox qilishda O‘zbekiston Respublika Oliy Majlisining 9 sessiyasida ko‘rilgan masalalar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. CHunki bu anjuman majlisda "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonun "Milliy dastur" qabul qilindi. Bu esa mamlakatimizdagi maktablar tizimini islox qilshni amalga oshirish uchun asosiy bosqich bo‘ldi..
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida akademik litseylar va kasb-xunar kollejlari tarmog‘ini yaratish va rivojlantirish, ularni respublika xududida makbul joylashtirish xaqida aloxida to‘xtab o‘tildi. Akademik litseylar haqida aloxida qaror qabul qilindi. Bularni hammasi maktabda o‘qitiladigan tarix ta’limi tizimini o‘zgartirishga asos bo‘ldi.
1997-1998 o‘quv yilidan boshlab respublikamiz maktablarida o‘quvchilarga tarixning izchillik prinsipi asosida bilim berila boshlandi.
Maktab tarix kursining izchillik printsipi o‘quvchilarga Vatanimiz va jahon mamlakatlari tarixi taraqqiyotining asosiy bosqichlarini milliy asosga qurib o‘qitish umuman tarixiy bilimlar mazmunini boyitish, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Maktab isloxati asosida umum ta’lim maktablarda tarix kurslari hammasi bo‘lib 442 soat davomida quyidagi tartibda o‘qitiladi.
5-sinflarda tarix fan asoslari sifatida emas, hikoyalar tarzida o‘rganilishi ko‘zda tutilgan. Bunda o‘tmishimizda to‘plangan uslubiy tajribalarning ijobiy jihatlariga tayanadi. Unga 68 soat ajratilgan.
6-sinfda tarix fan asoslari sifatida o‘rganila boshlanib, uning qamroviga insoniyatning ilk shakllanish bosqichidan 5 asr oxirigacha bo‘lgan davri o‘qitilib, unga 68 soat ajratilgan.
7-sinfda O‘zbekiston tarixining o‘rta asrlar ya’ni,(ilk o‘rta asrlardan- Temuriylar davri inqirozigacha ) 5-15 asr oxiri tarixi o‘qitiladi. Unga 51 soat ajratilgan.
7-sinfda jahon tarixining ikkinchi qismi O‘rta asrlar davri 51 soatda o‘rganiladi.
8-sinfda O‘zbekiston tarixi darsida SHayboniylar davlati tashkil topishidan-19 asrning birinchi yarimigacha bo‘lgan davri o‘qitiladi. Bu davrni o‘rganishga 51 soat ajratilgan.
SHu sinfda Jahon tarixining yangi davri 17 asrdan -19 asrning 60 yillarigacha bo‘lgan davri o‘qitilib, unga 51 soat berilgan.
9-sinfda O‘zbekiston tarixi fani 19 asr o‘rtalaridan-XX asrning 1918 yiliga qadar O‘zbekistonning tarixiy davrini qamrab olgan. Unga 51 soat ajratilgan. SHuningdek bu kursda Jahon tarixining yangi davri (ikkinchi qismi) 19 asr oxirlaridan-20 asrning 1918 yilga qadar bo‘lgan davri o‘qitiladi. Unga 51 soat berilgan.
5-9 sinflarda O‘zbekiston tarixi va jahon mamlakatlari tarixi o‘rganish ko‘zda tutiladi.
SHunday qilib o‘quvchilarning O‘zbekiston tarixidan olgan bilim va kunikmalari jahon xalqlari tarixini chuqur va puxta o‘rganish uchun asosiy baza bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekiston xalqlari tarixiy taraqqiyoti bilan jahon xalqlari tarixiy taraqqiyotini qiyosiy o‘qitish-o‘rganishni tashkil qilish o‘quvchilarning umuminsoniy qadriyatlarini, ularning ahamiyatini chuqurroq tasavvur etishga, O‘zbekiston xalqlarining, umumbashariy qadriyatlarga qushgan buyuk xissalarini chuqur anglab olishlariga kumaklashadi.
Maktabda tarix o‘qitishning milliy asosga kurish tarix uchun ajratilgan dars soatlaridan oqilona foydalanish, O‘zbekistop xalqlari tarixini o‘rganishga ko‘p vaqt ajratish, uni mustaqil dastur va dasrliklar asosida o‘qitish imkonini beradi. Ishlab chiqilgan va hozirgi kunda maktablarda o‘qitilayotgan tarix ta’limi yangi kontseptsiyasi bo‘yicha 5- sinfda O‘zbekiston tarixi bilan jahon tarixidan hikoyalar kursi o‘qitiladi. 8-9- sinflarda O‘zbekiston xalqlari bilan jahon xalqlarining ma’lum davrlaridan tarixiy taraqqiyoti birgalikda qiyosiy o‘rganiladi, maktabda tarix o‘qitishning ta’lim-tarbiyaviy vazifasi Mustaqil davlatimizning oldiga qo‘ygan maqsad va vazifasidan kelib chiqadi.
Tarixni o‘qitish va o‘rganishga yangicha yondoshish, ko‘p yillik maktab tajribasiga hamda ilmiy-tadqiqot xulosalariga asoslangan bu haqiqatni, pedagogik-didaktikaning ilmiy prinsiplarini amalga tadbiq etish, hozirga qadar tarix o‘qitish (1990 yillarga qadar) soxasida yo‘l quyib kelingan xato va kamchiliklarning asl mohiyatini tezroq anglab olish, ulardan tegishli xulosa chiqarish, qayta takrorlamaslik, bugungi va kelajakdagi vazifalarni to‘g‘ri belgilab olishga ko‘maklashadi. SHundagina tarix o‘qitish oldiga quyilgan vazifalar muvaffaqiyatli amalga oshiriladi, Mustaqil respublikamiz xalqlarining manfaati, ularning ma’naviy barkamolligi uchun xizmat qiladi.
Maktab tarix ta’limi mazmunini ma’muriy-buyruqbozlik usuliga asoslangan davlat siyosati va mafkura zo‘ravonligi iskanjasidan tozalash, o‘qitishning xayotiy, ta’limi-tarbiyaviy ehtiyojlaridan ajralib qolishiga barham berish, ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish, demokratiyalash, tarix o‘qitishning ma’lum bo‘lgan tartibidan voz kechish, el-yurt, jonajon vatan o‘z tarixini o‘rganishga qiziqishni oshiradi, mehr-muhabbat uyg‘otadi, tarix fanini bilish-tushunish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Tarix o‘qitishni milliy asosga qurish o‘quvchilarning o‘zligini anglash, ularni milliy iftixor va ayni paytda baynalminal ruxda tarbiyalash uchun ham xizmat qiladi.
Tarix xalq ma’naviyatining asosidir. Idrok qila olish uchun mustaqillik davri tarixini chuqur bilish har bir fuqaro uchun ham qarz, ham farzdir. SHunday qilib, Mustaqillik tarixi millat uchun jangovor qurol vazifasini o‘tashi muqarrardir.
Maktab tarix kursining ta’limiy vazifasi quyidagilardan iborat.
1.O‘quvchilar tarixiy jarayonni va tarixiy rivojlanishning hamma bosqichlaridagi ijtimoiy hayotning turli tomonlarini xarakterlab beruvchi muhim tarixiy faktlarni puxta olishlari zarur.
2.Tarixiy faktlarni o‘zlashtirish natijasida o‘quvchilar tarixdagi asosiy vokealarni, ular urtasidagi o‘zaro bog‘liklikni hamda ularning rivojlanib borishini aks ettiruvchi konkret tarixiy tasavvurlar sistemasini xosil qilishlari lozim.
3.O‘quvchilar maktab tarix kursidagi muxim tarixiy tushunchalarni puxta o‘zlashtirishi, jamiyatning ijtimoiy rivojlanishi qonuniyatlarini mukammal tushunib etishi, tarixni o‘z yoshiga qarab ilmiy asosda tushunishi lozim.
4.O‘quvchilar tarix kursidan olgan bilim va malakalarini yangi tarixiy materiallari o‘rganishda, o‘tmish va hozirgi zamon voqealarini tushunishda kundalik ijtimoiy ishlarda hayotda qo‘llasha bilishlari lozim.
5.O‘quvchilar tarixiy material bilan har xil tekstlar, xarita, illyustratsiyalar bilan ishlay bilish, reja tuza olishi, matn ola bilishi, ma’ruza yoza olishi, tarixiy materiallarni sistemali va asosli ravishda bayon qila bilishi, ayrim tarixiy mavzularda axborot bera olish, dokladlar qila bilishi lozim.
O‘quvchilar asosiy tarixiy faktlarni yaxshi o‘zlashtirmay va ular to‘grisida aniq tasavvur hosil qilmay turib, puxta bilimga ega bo‘lishlari qiyin.
SHuning uchun ham o‘quvchilar bilimini asosiy tarixiy faktlar bilan boyitib chuqurlashtirib borish maktabda tarix o‘qitishning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Muammoli darslarni tashkil etish va o‘qitishning muammoli metodlari orqali qo‘yidagi mavzularni samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar:
1.Muammoli izlanish xarakterdagi suhbat metodi asosida (Mavzu: “Turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi harakatlar”)
Muammo mavzusi
|
Iqtisodiy omillari
|
Ijtimoiy-siyosiy omillari
|
Harakatning engilish sabablari
|
xulosa
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |