III. Xulosa……………………………………………………………….80-84
IV.
Foydalanilgan manbalar va adabiyotlar………………………..85-88
3
KIRISH
Tarix fani murabbiylik, yaratuvchanlik, yo`naltiruvchilik va insoni
istiqbolga da`vat eadigan kuchdir. Mazkur fan inson taraqqiyotiga kuchli ta`sir
o`tkazadi, milliy istiqbol mafkurasini shakllantiradi. Ayniqsa, uning xalq tarixi,
uning rivojlanish bosqichlarini nechog`lik o`rganish, undan saboq chiqarish,
yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashdagi o`rni nihoyatda beqiyosdir. Shu
sabab hali o`tgan asrning 90-yillari boshlarida yangi yosh davlatimiz oldida
mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, o`z taraqqiyot yolini belgilab olish,
bu yo`lda yoshlarimizni ulug` ajdodlarimiz ilmiy – ma’naviy qadriyatlarimiz
asosida tarbiyalsh vazifasi ko`ndalak bo`lib turganida biz aynan shu fan kuchi
va ta`siridan foydalandik. O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi
qonuni “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda «Davlat ta'lim standartlari»
talablariga muvofiq barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalashga
qaratilgan ijtimoiy harakat muvaffaqiyatini taminlashga erishdik.
Bugunda faxr bilan aytishimiz mumkinki, mamlakatimizda milliy mafkuraga
asoslangan tamomila yangi ta`lim tizimi yuzaga keldi va u dunyoda rasman
e`tirof etilmoqda. Darhaqiqat, Toshkent shahrida o’tkazilgan xalqaro konferensiya,
unda Prezident Islom Karimovning “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan
avlodni tarbiyalash–mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya
qilishning eng muhim sharti” mavzusidagi nutqi O’zbekistonning boy intellektual
salohiyatini yana bir bor jahonga namoyon etdi.
-
“Inson kapitaliga yo’naltirilayotgan
invistitsiya va qo’yilmalarning o’sishini, hozirgi zamonda demokratik taraqqiyot,
modernizatsiya va yangilanish borasida belgilangan maqsadlarga erishishda eng
muhim qadriyat va hal qiluvchi kuch bo’lgan bilimli va intellektual rivojlangan
avlodni tarbiyalash vazifasini doimo o’zining asosiy ustvor yo’nalishlari qatoriga
qo’yadigan davlatgina o’zini namoyon eta olishi mumkin”
1
–degan fikrlari bilan
mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilish, kelajak avlod tarbiyasiga
1
“Bilimli va aql-zakovatli yetuk avlodni tayyorlash mamlakatni barqaror rivojlantirish va
modernizatsiyalashning muhim sharti” Toshkent. Xalqaro konferensiya materiallari.2012 yil,
16-17 fevral.
4
qaratilayotgan e’tibor va olib borilayotgan islohotlarning maqsadi hamda uning
ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy jihatlari haqida batavsil tushunchaga ega bo’lishimiz
mumkin.
Ayni paytda yurtimizda ta`lim tizimi tarixi va uning ravnaqi, istiqboli
keng o`rganilmoqda, to`plangan tajribalar ommalashtirilmoqda. Prezidentimiz, I.
A Karimov takidlanganidek, «agar biz haqiqatdan ham qashshoqlik va qoloqlik
kishanlaridan qutulmoqchi bo`lsak, yoshlarni tayyorlash bilan jiddiy
shug`ullanishimiz, zamonaviy kasblarni egallashda ularga yordam berishimiz
kerak»
1
. Shu nuqtai nazardan qaraganda, davlatimiz tomonidan ijtimoiy
rivojlanishga 2011 yildan boshlab, Davlat byudjetidan barcha xarajatlarning 60%
ajratilmoqda. 2013 yilda esa bu ko`rsatkich yanada oshishi ko`zda tutilgan.
2
Buni natijasi o`laroq, joriy yilning 1 sentyabr holatiga mamlakatimizda 9765 ta
umumiy o`rta ta`lim maktablari faoliyat ko`rsatib, ularda 4 468 101
o`quvchilar ta`lim tarbiya olishmoqda. O`quvchilarning 2 303 962 nafari o`g`il
bolalarni, 2 164 139 nafari qiz bolalarni tashkil etadi
3
.
Prezidentimizning “Farzandlarimizni mustaqil va keng fikirlash qobiliyatiga
ega bo`lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish – ta’lim –
tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo`lishi kerak”, “buzish yo`lidan
emas, tuzish, barpo etish, borini asrab – avaylash, yo`g`ini yaratish yo`lidan
borishimiz zarur”, degan ko`rsatmalari, milliy taraqqiyotning “o`zbek modeli”
deb e’tirof etilgan tamoyillari bu borada muhim dasturilamal bo`ldi.
Mamlakatimizda Prezident I. Karimov tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilgan
kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab ta`liminini rivojlantirish davlat
umummilliy dasturi tufayli bugun mamlakatimiz o`quv maskanlarida shart-
sharoit tubdan yaxshilandi. Maktablarda ta`lim sifatining oshirilishi, tarbiya
berishning o`ziga xos usullaridan keng foydalanilayotgani, yoshlarimizning
1
Karimov I.A.Barkamol avlod –O`zbekiston taraqqiyotining poydevori.T.“Sharq”.1997.42 –bet.
2
Berdibekov P. K. //Hukumat qarorlarini amalgam oshirishda ta`lim tizimidagi islohatlar//.
Uzliksiz ta`lim . Jurnal. 2011 yil, 6-son. 60-bet.
3
Ta`lim taraqqiyoti. Jurnal. //Ta`lim taraqqiyoti yangiliklari//. 2013 yil, 5-son, 108 bet
5
iqtidor va salohiyati yuzaga chiqarilayotgani sohadagi izchil islohatlar
mevasidir.
Shuningdek, istiqlolimizni ichki va tashqi xurujlardan asrab – avaylash,
yangi jamiyatning yangi, yuksak ma’niyaviyatli, mustaqil fikirlashga qodir,
millat tarixini yaxshi biladigan yoshlarni tarbiyalash biz uchun kechiktirib
bo`lmaydigan vazifa bo`lib turar edi. Zero, matonatli yoshlarni kamol toptirish,
istiqlol mafkurasini yoshlar ongiga va qalbiga singdirish va buni ta’lim –
tarbiyaning turli shakillari orqali amalga oshirilishi zaruriyat bo`lib qoldi. Yosh
mutaxassis ma’naviyatiga katta e’tibor qaratildi. Yurtboshimiz tabkidlaganlaridek,
“Insoniyat tarixi - ma’naviyat – insonning, xaqning, jamiyat va davlatning buyuk
boyligi va kuch–qudrat manbai ekanini, bu hayotda ma`naviyatsiz hech qachon
odamiylik va mehr oqibat, baxt va saodat bo`lmasligini tasdiqlaydi
1
.
Ta’lim - tarbiyaga alohida ahamiyat berish - bu kelajak haqida qayg`urish
demakdir. “Ma’naviyatga ta`sir etadigan yana bir muhim hayotiy omil – bu
ta’lim – tarbiya tizimi bilan chambarchars bog`liqdir”
2
. Endilikda har qaysi
davlat, har qaysi millat, birinchi navbatda o`zining yuksak madaniyati va
ma’naviyati bilan kuchlidir. «Kuch – bilim va tafakkurda»
3
deb takidlaydilar,
Prezidentimiz I. A. Karimov.
1997 yilda qabul qilingan “Ta’lim to`g`risida” gi Qonun va “Kadrlar
tayyorlash milliy das0turi” asosida jamiyatimizda ta’limni tubdan isloh qilish
tadbirlarini amalga oshirish boshlandi.Birinchi bosqichda (1997-2001yillar)
pedagog va ilmiy kadrlar tayyorlash va ular malakasini oshirish, yangi o`quv
davlat standartlarini yaratish, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi moddiy texnika
bazasini vujudga keltirish birlamchi vazifa bo`lgan bo`lsa, ikkinchi bosqichda
(2001-2005 yillar) majburiy umumiy o`rta va o`rta maxsus, kasb- hunar
ta`limiga, shuningdek, o`quvchilarning qobiliyati, qiziqishi va ozlashtirish
imkoniyatiga qarab tabaqalashtirilgan ta`imga o`tish amalga oshirildi. Keyingi
1
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T. «Ma’naviyat», 2008., 29-bet
2
Shu yerda: 60 – bet.
3
Karimov I. A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni - xalq, millatni, millat qilishga xizmat etsin. T.
“O`zbekiston”. 1998. 24 – bet.
6
bosqich esa kadrlar tayyorlash tizimini mamlakatni ijtimoiy - iqtisodiy
rivojlantirish istiqbollariga, Prezident Islom Karimovning nutq va ma`ruzalarida
qo`yilgan yangi vazifalarga mos ravishda takomillashtirish davom etmoqda.
Binobarin, bugunda faxr bilan aytishimiz mumkinki, mamlakatimizda
milliy mafkuraga asoslangan tamomila yangi ta`lim tizimi yuzaga keldi va u
dunyoda rasman e`tirof etilmoqda.
Mustaqillikning ilk kunlaridan qabul qilingan qonun va qarorlar o`z
samarasini berib kelmoqda. O`zbekistonda ta’lim tizimi islohati jumladan,
umumta`lim maktablari rivojlanishida ham o`zining ijobiy o`zgarishlarini
namoyon etmoqda. Jahon mamlakatlari tajribalarini keng ko`lamda o`rganish,
yangiliklar va yutuqlarni ta’lim tizimiga joriy etish, bularning hammasi bu
tizim faoliyatini yanada rivojlantirishga ko`maklashmoqda. Ayniqsa, yurtimizda
juda ko`plab ta’lim maskanlari bunyod etildi. Bugunda uzliksiz ta`lim tizimini
bo`g`ini - xalq ta`limi sohasida 9765 ta maktab, 4962 ta maktabgacha ta`lim
muassasasi, 211 ta “Barkamol avlod” bolalar markazi, 299 ta musiqa va san`at
maktabi, 445 ta bolalar va o`smirlar sport maktabi, 27 ta Mehribonlik uyi, 16
ta pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
faoliyat ko`rsatayotir”
1
. Jumladan, birgina Navoiy viloyatida 356 ta umumta’lim
maktabi, 4 akademik litsey va 47 ta o`rta maxsus, kasb-hunar kollejlari mavjud
bo’lib, unda 130 ta’lim yo’nalishlari kesimida 55806 nafar o’quvchi yoshlar kasb-
hunar sirlarini o’rganishmoqda. Ularga 4813 nafar pedagog, muhandis pedagog va
ishlab chiqarish ta’limi ustalari kasb - hunar sirlarini o’rgatib kelishmoqda
2
.
Shuningdek, ta`lim tizimi faoliyati tarixini o`rganish, ilmiy tadqiqot qilish,
o`qitishning yangi uslub va metodlarini dars jarayoniga joriy qilish yutuq va
undagi kamchiliklar, muammolar haqida tegishli xulosalar chiqarish muhim
ahamiyat kasb etadi.
Ayni paytda mazkur masala to`g`risida o`z fikr mulohazalarni aytish
vaqti keldi deb, o`ylaymiz. Fikrimizcha, O`zbekistonda ta’lim tizimi, jumladan,
1
“Xalq so`zi” gazetasi. //Ta`lim va ustivor yo`nalishlar//. 2013 yil, 6 – sentyabr.
2
Navoiy viloyati xalq ta`limi boshqarmasi joriy arxivi.
7
umumta`lim muassasalari faoliyatida ijobiy o`zgarishlarni ommalashtirish,
tegishli xulosalar chiqarish tarixchilarimiz tomonidan tadqiq etilishi zarur
bo`lgan dolzarb muammolar sirasiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |