Tarix kafedrasi


yilgi Andijon qo‘zg‘oloni



Download 2,84 Mb.
bet33/157
Sana12.09.2021
Hajmi2,84 Mb.
#172613
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   157
Bog'liq
3-курс Ўзб тарихи

4.3 . 1898 yilgi Andijon qo‘zg‘oloni

Rossiya imperiyasining Turkistondagi mustamlaka siyosatini yanada oshirishiga sabab bo‘lgan voqea bu 1898 yildagi Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni bo‘ldi. Imperiya ma’murlari xalq ommasining norozlik harakatlarini kuchayib ketishidan cho‘chir, bunga o‘lkada sodir bo‘lgan bir necha qo‘zg‘olon va g‘alayonlar sabab bo‘lgan edi. Ayniqsa, vaqf yerlarining qisqartirilganligi sababli musulmon ruxoniylarini va musulmon o‘quv yurtlarining vakillarini alohida nazorat ostida ushlab turish zarur hisoblanardi. Shuni aytib o‘tish lozimki, jamiyat ma’naviy hayotning asosiy yo‘naltiruvchi kuchi bo‘lmish islom dinining kamsitilishi va uning moddiy asoslarini chegaralab qo‘yilishi, nomoz vaqtida rus imperatori nomiga xutbani majburiy suratda o‘qitilishi din peshvolarini ham bosh ko‘tarishga olib keldi. Bu xususda Andijon qo‘zg‘olonining jonli guvohi Fozilbek Otabek o‘g‘li shunday yozadi: «Madrasa vaqflarini boni, vaqf qiluvchi vaqflarning avlodlariga buyruq berib, sotib yemoqlariga farmoyish qilib va musulmonlarning juma nomozlarida (xutbalarida) podshox

(imperator)ning nomini qo‘yib o‘qimoq, Qur’onning «val mushrikin» degan joylaridan «mushrikni» iboratlarini chiqarmoq kabi behuda ishlarni amr qildilar. Shahar hokimlari, qozi va amaldorlar ham maktabdorlarni chaqirib oq podshohning nomini jami odamlarga bildirib, masjidlardan, nomozlarda duo kildilar. Musulmonlarni nihoyat ezib, qisib, xatto ko‘chadan yo pristuf o‘tib qolsa, yo beixtiyor ko‘rmay qolg‘on va o‘rnidan turmagan musulmonlar bo‘lsa, qaytib kelib urib, qamar edilar. Mana shunday qattiqlik kunlarda qolgandan keyin xalq orasida bu zulmlarga qarshi qo‘zg‘olonchilik ruhi paydo bo‘lib qoldi”.

Ayni paytda iqtisodiy hayot chuqur inqirozga uchrab qashshoqlik tobora keng quloch yoymokda edi. Andijon atrofida yashovchi podsho hukumatining mustamlakachilik siyosati tufayli yaylovlar va ekin maydonlarining talay kismidan maxrum etilgan kirg‘izlar orasida ham norozilik kuchayib kelayotgan edi. Mana shunday og‘ir sharoitda Muxammad Ali xalfa Sobir o‘g‘li siyosiy maydonda paydo bo‘ldi. U 1856 yilda Marg‘ilon shahariga qarashli Shoxidon qishlog‘ida o‘rta hol oilada tug‘ilgan. Uning otasi beshik, belanchak, paxtaning chigitidan ajratadigan chig‘iriq va yik, (yoki duk) tayyorlash bilan shug‘ullangan. Muxammad Ali yoshligidan mehnatsevar shaxs sifatida tanilib, otasining kasbini davom ettirgan. Ayni paytda dehkonchilik va paxsachilik bilan shug‘ullangan. U 1866 yilda ota - onasi bilan Mingtepaga kelib o‘rnashadi. Bu yerda Sultonxon To‘ra Eshonga murid bo‘lib, uning xizmatini o‘tash bilan birga ta’lim-tarbiyasini ham oladi. Pirovardida Sultonxon To‘raning muhri bosilgan xati, ya’ni, hujjati bo‘yicha Muxammad Ali Eshon maqomiga sazovar bo‘ladi. Tez orada o‘zbek, tojik, qirg‘izlardan iborat muridlari ko‘payib ularning soni o‘n ming kishigacha boradi.

Muxammad Ali Eshon Mingtepada maktab, madrasa va ikkita masjid qurdiradi, Mingtepaga yaqin joyda «Eshonchek» nomli yangi qishloqni bunyod ettiradi. Yon atrofdagi qishloqlarda ham uni xurmat qiluvchilar ko‘p bo‘lib, ayniqsa qirg‘izlar orasida uning mavqei baland bo‘lib, ular orasidagi yuqori tabaqa vakillari Muxammad Ali xalfa bilan doimo maslahatlashib turardilar. Prof. X.Ziyoevning yozishicha qirg‘izlar jonlaridan to‘yib “mujiklardan diqqat bo‘lganliklarini ular ustiga xujum qilishga ruhsat ham so‘rab “g‘azotga ijozat bering”, deb kelganlarida Eshon: «Birodarlar! Hali vaqt emas, andak fursat bor, hammamiz birdan hujum kilamiz, oxiri bu Nikolay zulmi ostida qolmaymiz, bir oz fursat bor. Tafakkur qilib turinglar! Man o‘zim bosh bo‘lib xamma birodarlarni, balki tamom shahar xalqini o‘zimizga yer qilib, keyin ishni bir yo‘la boshlaymiz», deb ularni qaytaradi. 1897 yilda xam Ketmontepa va Kugartda 1000 kishidan iborat qirg‘izlar to‘planib, qo‘zg‘olon ko‘tarishga ruxsat berilishini so‘rab, Muhammad Ali Eshonga kishi yuboradilar.

1897 yilda Muxammad Ali Eshon Farg‘ona viloyatidagi nufuzli kishilarga, xususan Andijon shahridagi Jome’ madrasani qurayotgan Muxammad Aliboy Xolmirzaboy o‘g‘liga, Sa’miy Oxun va Xoliqberdi Oxun muddarislarga, O‘sh shahridagi Qurbonjon dodhox va Qamchinbekning farzandlariga, Yoqub Oxun a’lamga, Marg‘ilondagi Muxammad Yusufjon Eshon va Sayid Axmadxo‘jalarga Namanganda Yax’yoxon To‘ra va Kodirxo‘ja va boshqa kimsalarga maxfiy xatlar yuborib, mustamlaka ma’muriyatga qarshi kurashishga da’vat etuvchi, Ali Eshonning muhri bosilgan «chaqiriq qog‘oz»lari tarqatiladi. Yana 100 ta «chaqiriq qog‘ozi» Norin va Qoradaryo oralig‘idagi qirg‘iz volostlariga tarqatiladi.

Muhammad Ali eshon va uning safdoshlarini rejasi bo‘yicha qo‘zg‘olon bir vaqtda Andijon, Marg‘ilon, O‘shda ko‘tarilishi, u yerdagi harbiy garnizonlarga zarba berilishi lozim edi. So‘ngra Toshkent, Chimkent, Samarqand va boshqa joylarda podsho hukumatining hukmronligini qo‘porib tashlash lozim edi. Nihoyat 1898 yil 17 may kunlari Eshonning Mingepadagi Honaqoxi odam bilan to‘lib ketadi. Ketmontepa va Kugart atrofidan keladigan odamlar yoshlarni yuborib, kattalari yana odam to‘plashga qoladilar. Shu orada besh yuzga yaqin kishi eshonni olib chiqib, oq kigizga solib, ko‘tarib, takbir aytishib, g‘alva qilib yuboradilar. Eshonni otiga mindirib, qo‘liga ilingan narsa bilan qurollangan aholi Andijon tomonga yuradilar.

Qo‘zg‘olonchilar yo‘l-yo‘lakay ayrim mahalliy amaldorlarni jazolashga harakat qiladilar. Qutchi, Bargon, Qora - Qo‘rg‘on, Oqchi, Kulla, Chekaul, Xonaqand, Robot, Darxon, Sarikuy, Naydin, Ko‘kcha va Donga singari qishloqlarni bosib o‘tadilar. Qo‘zg‘olonda Mingtepa, Kulin, Asaka, Qoratepa, Quva, Shaxrixon, Navqat, Oqburun, Buloqboshi, Aravon, Segazin, Ichkilin, Yozyovon, Yakkatut, Ko‘gart, Susamir, Kengko‘l-Qoragir va Haqan singari joylarning aholisi qatnashadi. Ularga Mullar Qosim Mulla Soyibov boshchiligida Kulin volostidagi Qoraqo‘rg‘on qishlog‘ini aholisi ham qo‘shiladi. Qo‘zg‘olonchilar Andijonga yaqinlashganida shahardan boy savdogar Aliboy boyvachcha tomonidan yuborilgan 200 kishi ham kelib qo‘shiladi.

1000 piyoda va 1000 otliq kishilarni o‘z ichiga olgan qo‘zg‘olonchilar tun bo‘yi yurib Andijon shahrining Chokand degan joyiga keladilar. Qo‘zg‘olonchilar Chokandda bir oz to‘xtab, keyin yangi shaharning shimol tarafi bilan yurib, ko‘chada turgan bir qorovulni ushlab olib: “Bizni soldatlar yotadigan joyga olib borasan”, deb buyuradilar. Qorovul soldatlarning yotadigan joylariga boshlab borib, o‘zi qochib ketadi. Qo‘zg‘olonchilarni birinchi bo‘lib rotaning oddiy askari Tyutin ko‘radi va qattiq baqirib yuboradi. 3–vzvodda lampa yorug‘ida kitob o‘qib o‘tirgan unter–ofitser Sepanov ham baqirib yuboradi. Shu vaqt uyg‘oq bo‘lgan 20Turkiston asosiy muntazam bataloni podporuchigi, Marg‘ilonga shaxsiy ishi bilan ketgan 5-rota konmandiri o‘rniga qolgan ikki rota baraklari orasidagi alohida xonada yotgan Karseladze tashqaridagi shovqinni eshitib, yostig‘i ostidagi to‘pponchani olib, yugurib chiqadi. U 4-rota mahalliy otliqlar tomonidan qurshab olinganligini ko‘rib, ularga to‘rt marta o‘q uzib, 5-rota baragiga yuguradi. Qo‘zg‘olonchilar otdan tushib, o‘zlarini uxlab yotgan soldatlar ustiga tashlab, to‘polon boshlangan vaqtda ikkinchi barakdagilar uyg‘onib, birlari qochib, birlari miltiqlaridan ota boshlaydilar, qo‘zg‘olonchilar dushman o‘qlariga chiday olmay turli tomonga qocha boshlaganlarida harbiy qism askarlari ularni shafqatsizlarcha ota boshlaydi. Muhammadali Eshon ham qochishga muvaffaq bo‘ladi.

Shundan keyin mahalliy kishilar o‘lgan va yarador bo‘lgan sheriklarini olib, juda tez chekinishadi. Askarlar esa patron yetishmaganligi sababli ularni ta’qib qila olmaydilar.

Qo‘zg‘olonchilar chekingandan so‘ng Andijon harbiy gornizoni boshlig‘i Mixaylov qal’aga yigirma uch ming patron olib keltiradi, shifoxonadagi bemorlar safga turg‘azilib, yaradorlar qal’aga olib boriladi, oltmish kishilik gonizon ham o‘sha yerga joylashadi. Andijon harbiy boshlig‘i talabiga binoan O‘sh shahridagi 4-muntazam batalon rotasi ham yetib keladi. Yangi kelgan qo‘shinlar shaharning turli joylariga tarqatildi. Lager yoniga postlar qo‘yiladi, shaharni ham tomondan qo‘riqlash yo‘lga qo‘yiladi. Merganlar vokzallar va unga tutash joylarga qo‘yiladi.

Chekingan mahalliy kishilar turli tomonga qochganligi, otliq askarlarning yo‘qligi qo‘zg‘olonchilarni quvlash va ushlash imkonini bermaydi. Tong yorishgach, 18 may saharda qo‘zg‘olonchilarni ushlash va qamash boshlanib ketadi. Bu holat podsho qo‘zg‘olonning asosiy tashkilotchilarini ushlab qamashni to‘xtatish haqida maxsus ko‘rsatmasi berilganga qadar davom etadi. Dastlab yarador bo‘lib lager atrofida qolib ketganlar, otliq harbiylar ta’qib qilishidan qo‘rqib, ariqlar ichiga, devorlar ortiga yashiringan aksariyati qonga belangan kishilar ushlanadi, Keyin odamlarni shahardagi mahallalardan, atrofdagi qishloqlardan tutib kela boshlaydilar.

Eshonni qochgani ma’lum bo‘lgach, uni ushlash uchun Isboskan uchastka noibi shtabs – kapitan Og‘abekov boshliq o‘n askar yo‘lga tushadi. 19 may kuni Eshon bir necha hamrohi bilan Chorvoq yonidagi Toshko‘prikda shtabs – kapitan Og‘abekov tomonidan qo‘lga olinadi. Undan keyin Eshonning turli yo‘llardan qochgan yaqinlari ham qo‘lga olinadi. Boshlangan tergov jarayonida qo‘zg‘olonda ishtirok etganlar so‘roq qilinib, guvohlar eshitilgandan so‘ng hukm o‘qiladi. Unga ko‘ra Muxamadali Eshon, G‘oyibnazar Ortiqxo‘ja o‘g‘li, Subhonqul Arabboev, Rustamek Sotiboldibek o‘g‘li, Mirzaxamdam Usmonboev, Bo‘taboy G‘aynaboevlar oliy hokimiyatga qarshi til biriktirib qo‘zg‘olon qilishda ayblanib, barcha mol – mulkidan mahrum etish va o‘lim jazosiga mahkum etish haqida hukm o‘qidi.

Chor ma’murlari Andijon qo‘zg‘olonidan keyin mahalliy aholini “ta’zirini berib qo‘yish” uchun jazoni oshkora amalga oshirishni rejalashtirdi. Andijonga Farg‘ona viloyatining barcha tumanlaridan vakillar taklif etildi. Har bir xonadondan hech bo‘lmaganda bittadan vakil bo‘lishi uchun 12 iyun kuni ertalab mirshablar eski mahallalardan aholini haydab, Tolzor yonidagi yangi qurilgan dor yoniga boshlab keladilar. Hammasi bo‘lib sakkiz ming kishi to‘planadi.

Maydonga harbiylar kelib saf tortishgach, ularning ortidan harbiy dala sudining raisi Terentev, Turkiston harbiy okrugining harbiy prokurori Dolinskiy, harbiy dala sudining vaqtinchalik a’zolari, Farg‘ona viloyati va Andijon shahrining amaldorlari ot aravalarda kelib o‘zlariga belgilangan joylarni egallaydilar.

Qo‘zg‘olonchilar tushgan arava kelib to‘xtab, ular tushirilgandan so‘ng harbiy dala sudi raisi, general–mayon Terentev hukmni o‘qib eshittiradi.

Xukm bajarilgach, to‘planganlarga tarqalishga ruxsat beriladi.

Qo‘zg‘olonni faqat Andijon, Marg‘ilon va O‘sh uezdlari xalqi emas, Namangan uezdi, Yettisuv viloyati xalqi ham qo‘llab–quvvatlagan edi. Qo‘zg‘olon ishtirokchilari qo‘lga olinayotgan vaqtda Avliyootadagi harakatga boshchilik qilgan Shodibek xalfa ismli kishini 23 nafar sherigi bilan, Namangan uezdidan 29 nafar qo‘zg‘olonchilarni ushlaydilar.

Umuman, ikki ming kishi hibsga olinib, ularni orasida o‘zbeklar, tojiklar, qirg‘izlar, qoraqalpoqlar va uyg‘urlar bor edi. Maxbuslarning talaygina qismi kaltaklash va miltiq qo‘ndoqlari bilan urish orqali ham o‘ladi. Eshon qamalgan kundan 9 kun o‘tib esa sudsiz 15 nafar kishi osib o‘ldiriladi.

Mingtepa, Tojik, Qashqar qishloqlari esa uch kun davomida to‘pga tutiladi. Mingtepa qishlog‘ining o‘zidan 750 oila Xakan volostiga qarashli Guliston va Darxon qishloqlaridan 3 mingga yaqin oila haydab chiqariladi. Shundan keyin ham Andijon qo‘zg‘oloni qatnashchilarini ushlab qamoqqa olish uzoq davom etadi. Farg‘ona, O‘sh, Qo‘qon shaharlaridan ham kishilar qamoqqa olinadi. Qamoqqa olinganlar shu darajada ko‘p bo‘lgandiki, tergov boshlanib so‘roq qilish uchun vaqtda bois Korolkov Toshkentdan qo‘shimcha harbiy tergovchilarni chaqiradi.




Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish