Tarix kafedrasi


yilgi Toshkentda ko‘zg‘oloni, uning sabablari va oqibatlari



Download 2,84 Mb.
bet32/157
Sana12.09.2021
Hajmi2,84 Mb.
#172613
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   157
Bog'liq
3-курс Ўзб тарихи

4.2 . 1892 yilgi Toshkentda ko‘zg‘oloni, uning sabablari va oqibatlari
Turkiston xalqlarining Rossiya imperiyasi mustamlaka siyosatiga qarshi olib borgan millliy ozodlik harakatlarining ilk qadamlaridan biri 1892 yil Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olon edi. Sovet davri adabiyotlarida “vabo isyoni” deb nomlanib kelgan Toshkent qo‘zg‘oloniga oid bo‘lgan hujjatlarda keltirilishicha, 1892 yil Toshkentda tarqalgan vabo kasalini Toshkent shahrida, uezdlarda tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ko‘rilgan tadbirlar aholining noroziligiga va ommaviy qo‘zg‘olonga sabab bo‘lgandi deb ko‘rsatiladi. Ma’murlar qo‘zg‘olonning sabablarini mahalliy aholi ichidagi ikki guruhning amal talashib olib borgan harakatlari bilan bog‘lashga ham harakat qildilar. Prof. X.Ziyoevning yozishicha, Toshkentning eski shahar qismida katta oqsoqollik lavozimi 1884 yilda ta’sis etilgan bo‘lib, o‘sha yili Inog‘omxo‘ja Umarxo‘jaev tayinlangan. Inog‘omxo‘ja shahar boshlig‘i bo‘lmish S.R. Putinsevga bo‘ysungan va uning ishonchini qozonib, o‘lka rahbariyatining mukofotlariga bir necha marotaba sazovor bo‘lgan.

Shuningdek, u tub aholi orasida obro‘ga ega bo‘lgan shaxs bo‘lib, shahar aholisidan ikki marotabagina ariza tushgan. Ulardan biri Inog‘omxo‘ja o‘zi fosh qilib surgun qilgan jinoyatchidan va Chimkent uezdidagi bir qozoqdan olingan edi. Bu kishining yozishicha 1891 yilda Inog‘omxo‘ja pista ko‘miri bilan savdo qiluvchilardan pora olgan. Viloyat harbiy boshlig‘i Grodekov bu shikoyatni tekshirib, to‘g‘riligini aniqlamay 1892 yil 21 mayda Inog‘omxo‘jani ishdan chetlatib, o‘rniga Shayxontoxur oqsoqoli Muhammadyoqubni tayinlagan. Natijada Inog‘omxo‘ja va uning tarafdorlari o‘z mavqelarini yo‘qotganlari uchun xalqni Muhammadyoqubga qarshi qayraganlar, vabo kasaliga qarshi ko‘rilgan tadbirlar esa olomonni ko‘chaga olib chiqish uchun bir bahona bo‘lgan. Biroq, agar o‘sha davrlarda Toshkent shahrida hukm surgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlardan

Toshkent qo‘zg‘olonining sabablari ancha chuqurroq bo‘lganini anglab olib mumkin.

1892 yilgi vabo kasali tarqalish miqyosi jihatidan 1872 yildagiga nisbatan kuchli bo‘lmasada, mustamlaka Turkistonda iqtisodiy - ijtimoiy vaziyat ancha keskinlashgan davrda yuz berdi. 1892 yilda Afg‘onistonda tarqalgan vabo kasali o‘sha yili 1 iyunga kelib, Jizzaxda tarqalganligi ma’lum bo‘ladi. Shu munosabat bilan viloyat harbiy gubernatorining farmoni bilan Sirdaryoning chap qirg‘og‘idagi Chinozda, ya’ni Toshkentdan 65-70 km.uzoqlikdagi joyda tibbiyot punkti ochiladi va vaboga chalingan bir nechta kishilar kasalxonaga yotqiziladi. 7 iyunga kelib esa, Toshkentning eski shahar qismida vabo bilan kasallangan kishilar uchray boshlaydi. Rasmiy ma’lumotlarda 7-24 iyun kunlari vaboga 64 kishi chalinib 43 tasi o‘lganligi qayd qilinadi.

Ayni paytda imperiya ma’murlari tomonidan vabo kasali tarqab ketmasligini oldini olish maqsadida shaharga kirish va shahardan chiqish ta’qiqlab qo‘yiladi. Shahardagi mavjud 12 ta eski qabriston yopilib, va’da qilingan 4 ta qabriston o‘rniga shahar chetidan faqat bittasi ochib beriladi. Toshkentning o‘sha vaqtlarda ham hududi katta bo‘lib, umumiy maydoni Moskva va Peterburg egallagan maydonga teng kelar edi. Demak, vafot etganlarni ham butun shahar bo‘ylab uzoq masofaga olib borishga to‘g‘ri kelar edi. Bu ko‘rilgan chora–tadbirlardan tashqari vabodan o‘lgan kishilarning murdasini vrachning ko‘rigidan o‘tkazib, keyin ko‘mish haqidagi qarorlar, vafot etganlar dafn etilishi bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlar haqida oqsoqollar, mullalar, mirshablar, cherkov xizmatchilarini ogohlantirib qo‘yish lozimligi, vafot etganlarni yuvish va ularni ko‘pchilik bilan qabristonga olib borish, murdalarni shahar ichidagi eski mozorlarga emas, uning chekkaroq joyida ochilgan yangi qabristonlarga ko‘mish kabi chora–tadbirlar ham belgilandi. Natijada noiloj qolgan aholi vafot etganlarni shahar ichidagi berkitilgan qabristonlarga yashirincha olib borib ko‘ma boshladilar. Vafot etganlarning shahar chetidagi qarindosh urug‘lari marosimlarda ishtirok eta olmay qoldilar. Yozning issiq kunlarida paxta va boshqa ekinlarga suv qo‘yish, chopiq qilish, ekinzorlar va bog‘lardagi hosilni yig‘ib olish zarur bo‘lsa ham mardikorlar shahar atrofiga chiqarilmadi. Bu esa vabo kasalidan keyin ocharchilik havfi kuchayishi ehtimolini yuzaga keltirdi. Garchand, ko‘rilgan choralar vaboni imkon boricha daf etishga qaratilgan bo‘lsada, lekin ularni amalga oshirishda qator qo‘polliklarga va zo‘ravonliklarga yo‘l qo‘yilgan edi.

Bularning barchasi mustamlakachi ma’murlarning zo‘ravonlikka asoslangan siyosatining ko‘rinishi edi.

Buning ustiga vrach va hamshiralarning yetishmasligi orqasida kishilarning hokimiyat belgilagan jazo choralaridan qo‘rqib, yozning issiq kunlarida murdalarni bir necha kun saqlab turishga majbur bo‘ldilar, buning ustiga ayollarning murdasini erkak vrachlar ko‘zdan kechirdi. General leytenant Terentev o‘zining “Istoriya zavoevanie Sredney Azii” nomli kitobida yozishicha, “vrach va sanitarlar bilan birga yurgan ofitserlar kiyimini kiygan yosh politsiyachilar ham mahalliy aholining uylaridagi ayollar yashaydigan xonalarga kirishgan. Ular tozalikni nazorat kilish bahonasida ota-onalarini huzurida ayollarga va qizlarga nisbatan turli o‘rinsiz qiliqlarni qilishgan”. Mahalliy aholining bu harakatlardan noroziligini esa imperiya ma’murlari “yovvoyi, qoloq kishilarning harakati”, deb ta’rifladi. Shayxontoxur dahasi Talloq masjidi oldida to‘plangan olomonning shahar boshlig‘i Putinsevga yozgan xatida ham quyidagi noroziliklar yaqqol ko‘zga tashlanib qolgan edi. Jumladan, xatda shunday deyiladi “Biz yozgan maktubimizni siz janobi oliylariga yetkazishni katta oqsoqol va mingboshidan iltimos qildik. Biz vafot etayotgan kishilarni shahar chetidagi yangi qabristonga dafn etishni istamaymiz. Bu nihoyatda qiyin ish. Bizning odatimizga ko‘ra tobut qabristongacha qo‘lda ko‘tarib borilmorg‘i kerak. Vafot etgan kishilarni eski qabristonlarda dafn etishga ruxsat berishingizni so‘raymiz”.

Xatning davomida vafot etgan ayollarning murdalarini erkak vrachlar ko‘rishi, murdani yuvish man etilishi, dafn etish bilan bog‘liq bo‘lgan qator marosimlar ta’qiqlanishi shariatga to‘g‘ri kelmasligi ko‘rsatilgan. Xatning oxirida yana shunday so‘zlar yozilgan edi. “Bizning barcha talablarimizni janob gubernatorga yetkazishingizni, qalbimizni gunohdan xalos qilishingizni so‘raymiz. Biz hamma vaqt sizning boshqaruvingizdan xursand bo‘lganmiz, sizga salomatlik istab ibodat qilganmiz. Takliflarimizni inobatga olib shahar aholisini tinchlantirasiz degan umidamiz”. Lekin bu maktub Qurbon Xayit kuni ko‘proq imzo to‘plash maqsadida shahar boshlig‘iga jo‘natilmaydi va qo‘zg‘olon bostirilgandan so‘ng uning ishtirokchilari ustidan ochilgan jinoiy ishga tikib qo‘yiladi.

Xullas, hukumatning vaboga qarshi choralari zulm va adolatsizlikdan sabr-kosasi to‘lib toshgan shaharliklarni bosh ko‘tarishiga turtki bo‘ldi. Bular barchasi zo‘ravonlikka o‘rganib qolgan mustamlaka ma’murlar siyosati natijasida kelib chiqqan edi.

1892 yil 20 iyunda shaharning Sebzor dahasidagi Xonaqo masjidida to‘plangan kishilar oralaridan 3 nafar vakilni saylab o‘z noroziliklarini shahar boshlig‘iga ma’lum qilishni topshiradilar. Ular o‘z norozilik xatlarida murdalarni yangi mozorlarga dafn etishga qarshiligini va eski mozorlardan foydalanishni davom ettirishni shahar boshlig‘iga ma’lum qilishni mingboshidan va katta oqsoqoldan so‘raganliklarini bayon etadilar. 23 iyun Hayit bayramining birinchi kunida shaharning Jome masjidida ertalab soat 5 da nomoz o‘qilgandan keyin shahar xokimi S. R. Putinsev kelib xalqqa murojaat qilib, vaboga qarshi ko‘rilayotgan choralar xususida noto‘g‘ri fikrlar yurganini, vaboni oldini olish uchun katta mablag‘lar sarflanayotganligini, ko‘rilayotgan choralar vaboni tarqalib ketmasligi va xalqni foydasi uchun qilinayotganligini aytib o‘tadi va so‘zining yakunida agar rus hukumatining niyati yomon bo‘lganda 27 yil avval o‘lkani bosib olayotgan vaqtda barcha yerli xalqni kirib tashlashi mumkinligini aytadi. Uning yonida turgan Shayxontoxur qozisi Sharifxo‘ja vaboga qarshi qanday choralar ko‘rilayotganligini barcha mish-mishlar noto‘g‘ri ekanligini aytib o‘tadi. Aholi hech bir e’tirozsiz ularing so‘zini tinglaydi.

Biroq, shahar chetiga chiqib ishlay olmayotgan mardikorlardan tortib, Inog‘omxo‘ja tarafdorlari va umuman podsho ma’murlari siyosatini qo‘llab quvvatlayotgan Muhammadxo‘jadan o‘ch olish maqsadida xalq ko‘tariladi. Buning ustiga 23 iyunda yana bir kishi vafot etadi va mirshab Axmadxo‘ja katta oqsaqol Muhammadyoqubga vafot etganlar vrach ko‘rigidan o‘tmasdan dafn etildi, degan ma’lumotni beradi. Shu vaqt orasida olomon ichida bosh oqsaqolning buyrug‘iga binoan murdalarni vrach tekshirishi uchun qabrdan kavlab olinadi degan mishmish ham tarqaydi. Bu xalqning g‘azabini uyg‘otib, qo‘zg‘olon tezlashib, Sebzor dahasida boshlanib ketadi. Olomon avval Muhammadyoqubning uyiga boradi, u yerdan uni topa olmagach, shahar mahkamasi tomon yo‘l oladi. Huddi shu vaqtda Muhammadyoqub Putinsevga shaharda vafot etganlarni vrach ruhsatisiz umumiy qabristonga ko‘milgani haqida ma’lumot berib turardi. Putinsev esa bu haqida akt tuzishni buyurib, Muhammadyoqub va mirshablar bilan ko‘chaga chiqadi va xalq bilan uchrashish maqsadida izvoshga o‘tirib Voronsov xiyobonida uchrashadi.

Xalq Putinsevga qarab katta oqsoqol ustidan arz qilishga kelayotganini aytadi, oqsoqol esa qamchisini ko‘tarib xalqqa do‘q qilgan vaqtda xalq uni toshbo‘ron qila boshlaydi, u qo‘rqib ketib yangi shaharga qochadi va otini ko‘chada qoldirib shahar boshlig‘i boshqarmasi kotibining uyida yashirinadi. Putinsev xalqdan Muhammadyoqubning aybi nima deb so‘raganda, olomon unga “oqsoqol murdalarni dafn qilishga ruxsat bermayotir, ariqlardagi suvlarni zaharlashda vrachlarga ko‘mak berayapdi”, deb javob beradilar va oqsoqolni topib berishini, agar topib bermasa, uni ham o‘ldirishlarini aytib o‘tadilar. Olomonni ichida yiqilib, bir muddatga xushidan ketgan Putinsev ko‘zini ochganda uning tepasida turgan qo‘zg‘olonchilar undan “vrachlar darhol shahardan chiqib ketishlarini, suvlarni zaharlamaslik, hamda murdalarni dafn etishga ruxsat berish haqida tilxat berishini talab qiladilar”. Shunda olomon unga hujum qilmoqchi bo‘lganda mahalliy aholidan to‘rt kishi uni himoyalar, mahkama xonasiga kiritib qo‘yadilar. Bu xonaga tashqaridan toshlar otilganda Putinsevning biqiniga tegadi, u xonadan ayvonchaga chiqib, olomonni tinchitishga harakat qilib turganda soldatlar va mahkama atrofida yashaydigan ruslar yetib keladilar.

Yetib kelganlar olomonni O‘rda bozorigacha quvib boradilar. A.I.Dobrosmislovning yozishicha, qo‘zg‘olonchilar mahkamadan quvib chiqarilgandan keyin orqasidan soldatlar va yangi shaharning aholisi quvlagan. Qo‘lga tushganlarni shafqatsizlarcha kaltaklaganlar. Oxirida ular qo‘zg‘olonchilarni Anhor bo‘yida ushlab, baland joydan suvga itaradilar. Ayrim kishilar esa kaltaklanishdan qo‘rqib o‘zlarini suvga otadilar. Ana shu qirg‘in vaqtida qancha kishi xalok bo‘lganligi haqida aniq ma’lumot yo‘q. Ertasi kuni anhordan 80 nafar kishining murdasi topilgan. O‘lgan va yaralanganlarni to‘polon bo‘lgan joylardan tezda olib ketilganligi sababli g‘alayon vaqtida nechta kishi vafot etganligi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.

To‘polonlar bo‘layotgan vaqtda shaharga viloyat harbiy gubenatori S.Putinsev va boshqa shahar kattalari soldatlar bilan Eski Jo‘va bozoriga keladilar. Bu yerda soldatlar Jome’ masjidi bilan Xo‘ja Axror madrasasi o‘rtasidagi ko‘chaga joylashishlarini buyuradi. Bu ko‘chaga xalq olomoni yaqinlashayotgani haqida xabar kelgan edi. Darhaqiqat bu yerga olomon o‘sha ko‘chalardan yaqinlashib keladi. S.Putinsev bu yerda soldatlar borligini aytib olomonga tarqalishlarini buyuradi, shunda bir yigit “bizni zaharlayotganlarida biz qanday qilib ketamiz”, deb javob qaytaradi. S.Putinsev uni tanib olib, askarlarga ushlashni buyuradi. Askar bu yigitni ushlab olganida olomon chekina boshlaydi, Shunda qo‘lga olingan yigit olomonga qarab “musulmonlar meni yolg‘iz tashlab qayoqqa chekinayapsizlar”, deb baqiradi. Shunda olmonni ko‘pchiligi orqaga qaytib, askarlarga tosh otib, ushlangan yigitni ozod qilish maqsadida askarlarga tashlanadilar. Bu vaqtda gubernator va komandir Fedorov askarlarning orqasida turib, “tayyorlaning” deb buyruq beradi, yigit esa ro‘paradagi ko‘chaga qochishga ulguradi. Xuddi shu vaqtda askarlar olmonga qarshi o‘q uzadilar va olomon qocha boshlaydi, 5 nafar kishi yiqiladi. Ikkinchi marotaba ham o‘q uzilganda hammasi bo‘lib yerda 7 yoki 9 nafar kishi yotardi. Harbiy gubernatorning bir necha marotaba tarqalinglar deb baqirishiga olomon ichidan bir-ikki kishi chiqib, qo‘llarini ko‘ksiga urib, “biz ruslardan qo‘rqmaymiz” deb javob beradi.

Shu ravishda olomon vaxshiylarcha o‘qqa tutiladi, ikkinchi marotaba o‘q otilganidan so‘ng harbiy gubernatorni buyrug‘i bilan o‘q otish to‘xtatiladi. Olomon qochadi va keyin o‘n nafar kishi o‘lganligi ma’lum bo‘ladi.

Qo‘zg‘olonni bostirish vaqtida mahalliy aholidan kishilar o‘lgan bo‘lsada, imperiya ma’murlari o‘zlari tomonidan talofatni bo‘rttirib ko‘rsatadi. Mahalliy aholidan kimlar halok bo‘lgani va ularning bola chaqalari haqida hech kim qayg‘urib ham o‘tirmadi. Grodekov o‘zining Turkiston general – guberanatoriga yozgan maktubida ruslarni bo‘lajak xavflardan saqlash va qo‘zg‘olon ko‘targani uchun bir butun shahar aholisini jazolash maqsadida O‘rdadan Eski Jo‘vaga va Jome’ masjidigacha ulanadigan ikkita katta ko‘chani ular ixtiyoriga berishni so‘raydi va Eski shaharni boshqarish rus amaldorlarining qo‘liga o‘tkaziladi. Endilikda katta oqsoqollik lavozimiga mahalliy aholidan qo‘yilmaydigan bo‘ladi. Grodekov imkoni boricha qo‘zg‘olonning sababini mahalliy yuqori tabaqa vakillariga yo‘yish va imkoni boricha ularni ko‘p qamash va jazolash uchun hech narsadan toymaydi. Ammo Sirdaryo viloyat prokurori I.Ye.Reyenbat Grodekovni qonunni buzishda ayblab, uning o‘ziga va general – gubernatorga tushuntirish xatlarini bir necha marotaba yozdirib oladi. U qo‘zg‘olonga daxldor bo‘lmagan kishilarni xibsga ololmasligini yoki ushlab turolmasligini bayon qilib, o‘z fikrida qattiq turib oladi. Ammo Grodekov buyrug‘i bilan shaharning bir necha savdogarlari, xususan Boqijon Holmuhammad va Badalmuhammad degan kishilar qamaladilar. Biroq, ma’lumotlar yetarli bo‘lmaganligi sababli ular ozod etiladilar, Grodekov bunga qarshi chiqadi va “bir necha o‘n kishi, ikki- uch eshon va Inog‘omxo‘ja jazolansalar biz dunyo oldida sharmanda bo‘lamiz”, deb aytsada hatto Inog‘omxo‘janing aybini topish uchun bir necha kishi so‘roq qilinganda ham uni ayblovchi ma’lumotlar topa olmaydilar. Shunga qaramasdan ma’muriyat Inog‘omxo‘jani qo‘zg‘olonni bosh aybdori sifatida qattiq taqibga oladi.



  1. yil 15 dekabrda harbiy sud hukmi e’lon qilinadi. Unga ko‘ra 8 nafar kishi osib o‘ldirishga hukm qilinadi. Inog‘omxo‘ja 4 yilga Irkutskga surgun qilinadi. Bu muddatdan keyin u Sibir va boshqa guberniyalarda 12 yil yashashi kerak edi. Umumlashganda surgun 16 yilni tashkil etar edi. Ayni paytda u imperiya ma’murlari tomonidan taqdirlangan kichik kumush va bir kichik oltin medallari va boshqa mukofotlari bekor qilinadi.

Shaharning ikkinchi eng nufuzli kishilaridan biri Muhammad Sharif mulla Abdulhalilov esa 4 yil muddat bilan Astraxan guberniyasiga surgun etiladi. Uning katta kumush, ikkita katta va bir kichik oltin medallari va boshqa mukofotlari bekor qilinadi hamda mol–mulki musodara etiladi. Undan tashqari 26 nafar kishi turli muddat bilan qamoq jazosiga hukm qilinadi.

1893 yil 16 martda shaxsan imperatorning roziligi asosda qo‘zg‘olonni oldini olomaganliklari uchun Grodekov va Putinsevlar lavozimlaridan olindi. Putinsev o‘rniga Toshkent uezdi boshlig‘i polkovnik Tveritinov tayinlanadi.

Garchand qo‘zg‘olon bostirilgan bo‘lsa-da, lekin u mahalliy xalqning imperiya hukumatining mustamlakachilik siyosati va milliy zulmiga qarshi qaratilgan kurashi sifatida o‘chmas iz qoldirdi. Shu bois u o‘lkadagi keyingi milliy-ozodlik harakatlarining yuzaga kelishiga ham ta’sir ko‘rsatdi.


Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish