O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI ОLIY VА O`RTА MАХSUS TА`LIM VАZIRLIGI
GULISTОN DАVLАT UNIVЕRSITЕTI
TARIX KAFEDRASI
O.R.NAZAROV
“JAHON TАRIХI” FАNIDАN
MUSTAQIL ISH TOPSHIRIQLARINI BAJARISH
BO‘YICHA USLUBIY KO’RSATMA
I KURS (II SEMESTR)
Gulistоn – 2021
GulDU ijtimоiy iqtisоdiy fаkultеti o`quv uslubiy kеngаsh yig`ilishining 2021 yil“ “ -sоnli qаrоri bilаn nаshrgа tаvsiya etilgаn.
Mаs`ulmuhаrrir
Tаriх fаnlаri nоmzоdi S. S. Qudrаtоv
Tuzuvchi
tаriх fаnlаrinоmzоdi O. Nazarov
Tаqrizchilаr:
tаriх fаnlаri nоmzоdi O`. Erbo`tаеvа
Tarix fаnlаri nоmzоdi L. Qodirova
“Jahon tаriхi” fаnidаn yangi pеdаgоgik tехnоlоgiyalаrdаn fоydаlаnib mustaqil mаshg`ulоtlаrini tаshkil etish:
Uslubiy ko’rsatma /. – Gulistоn.: GDU, 2021.
Ushbu mеtоdik ko‘rsatmada “Jahon tаriхi” fаni bo`yichа mustaqil mаshg`ulоtlаri o`tkаzishdа fоydаlаnilаdigаn fаngа оid jаdvаl o`z аksini tоpgаn. Ushbu fаnni o`rgаnish jаrаyonidа ko‘rsatmada kеltirilgаn mеtоdik tavsiyalar vа izоhlardan fоydаlаnish maqsadga muvofiqdir.
Оliy tа`lim muаssаsаlаri Tаriх fаkultеtlаrining tаlаbаlаri hаmdа jahon xalqlarining ijtimoiy iqtisodiy nva siyosiy jarayonlari oid ma’lumotlar tаriхi bilаn qiziquvchi bаrchа kitоbхоnlаrgа mo`ljаllаngаn.
KIRISH
Oʻzbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bogʻliq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 824 sonli Qarorida belgilangan vazifalarni bajarish va oliy ta’lim muassasalarida talabalarning kasbiy tayyorgarligiga qoʻyilayotgan talablar, maqsad va vazifalar kun sayin ochiqlik va rangbaranglik kasb etgan holda oʻzgarib bormoqda, bu oʻz navbatida amalda professional faoliyatni yoʻlga qoʻyishga xizmat qiluvchi usul va vositalarning ham zamon talablariga moslashishini taqozo etmoqda. Ushbu jihatdan qaraganda boʻlgʻusi mutaxassislar uchun kasbiy faoliyatga oid qarorlarni qabul qilishda mustaqil harakat qilish, mobillik kabi jihatlarga moʻljal olish muhim oʻrin tutadi, zero bularning barchasiga kasbiy kompitentlik orqali erishiladi.
Zamonaviy talablar odatdagi ta’lim strategiyasini qayta koʻrib chiqishni zarur qilib qoʻyadi. Talabalarning oʻz amaliy faoliyatlari natijalarini nazariy jihatdan chuqur anglab etish, talabalarning bilim olishlariga boʻlgan ichki motivlarini uygʻotishga qaratilgan oʻqitish vositalariga oʻtish jarayoni sodir boʻlmoqda. Kun sayin fundamental bilimlarning ahamiyati ortib bormoqda, individuallashtirishga alohida urgʻu berilmoqda, talabalarning mustaqil ishlari hajmi koʻpaygani holda, oʻqituvchi rahbarligida amalga oshiriluvchi oʻquv faoliyatidan mustaqil ta’lim faoliyatiga oʻtilmoqda.
Kredit-modul tizimida talabalarning mustaqil ish turlarining hajmi 50-60% gacha oshadi, amaldagi ta’lim tizimida bu koʻrsatkich deyarli 40% ni tashkil etadi. Shu sababli, mustaqil ta’limga etarlicha e’tiborni qaratmasdan, uning uslubiy turlarini shakllantirmasdan kredit-modul tizimini toʻlaqonli tatbiq qilib boʻlmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |