TALABALAR MUSTAQIL ISHINI BAJARISH UCHUN ASOSIY KO’NIKMA VA TAVSIYALAR
Mustaqil TMI – o’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar bo’yicha, uning uslubiy ko’magida, ammo bevosita ishtirokisiz (talabaning yetakchilik o’rnini inkor qilmagan holda, o’qituvchining qisman ishtiroki ham mumkin) auditoriyadan tashqarida bajariluvchi rejali tavsifga ega bo’lgan talabaning o’quv, o’quv-tadqiqot va ilmiy-tadqiqot faoliyatidir. Ta’limining mazmuni va hajmi
TMI asosida quyidagi tamoyillar yotadi:
1. Ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish;
2. Maqsadli rejalashtirish;
3. Shaxsli-faoliyatli yondashuv.
Yaxshi tashkil qilingan TMI quyidagi rejalashtirilgan natijalar olish imkonini beradi:
Bilimlarni o’zlashtirish - bo’lg’usi mutaxassisning kasbiy ko’nikmalari, malaka va kompitentsiyalarini shakllantirish;
Nazariy bilimlarni amaliy yo’l bilan mustahkamlash;
O’zini-o’zi o’qitishga bo’lgan ehtiyojni tarbiyalash;
Shaxsning bilim va ijodiy qobiliyatlarini yuqori darajada rivojlantirish;
Ilmiy-tadqiqot ishiga ishtiyoq uyg’otish
Oliy ta’lim muassasasida mustaqil ishning ikki turi: auditoriyada bajari-ladigan va auditoriyadan tashqarida bajariladigan mustaqil ishlar farqlanadi.
Auditoriyada bajariladigan talabaning mustaqil ishlari bevosita o’qituvchi rahbarligida va uning topshiriqlari asosida bajariladi.
Ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalarni, o’qitishning inter faol usullarini qo’llash talaba tomondan mustaqil tanlanadi. Talabalarning mustaqil ta’limni tashkil etish tizimli tarzda, ya’ni uzluksiz va uzviy ravishda amalga oshiriladi. Talaba olgan nazariy bilimini mustahkamlash, shu bilan birga navbatdagi yangi mavzuni puxta o’zlashtirishi uchun mustaqil ravishda tayyorgarlik ko’rishi kerak.
MUSTAQIL TA’LIM QUYIDAGI ShAKLLARDATAShKIL ETISH MAZMUNI:
-mavularni normativ-huquqiy hujjatlar va o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil o’zlashtirish;
-mavzular bo’yicha referat tayyorlash;
-seminar va amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rish;
-ilmiy maqola va tezislarni tayyorlash;
-fanning dolzarb muammolarini qamrab oluvchi loyihalar tayyorlash;
-nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash;
-amaliyotdagi mavjud muammolarning echimini topish;
-o’rganilyotgan mavzu bo’yicha asosiy ilmiy adabiyotlarga annotatsiya yozish va boshqalar.
Izox: Mustaqil ish mavzulari fanning bo‘limlari bo’yicha ishchi dasturi shakllantirilayotganda mashg‘ulotlari uchun ajratilgan soatlar xajmiga mos holda foydalanish tavsiya etiladi.
Ishchi o’quv dasturining mustaqil ta’limga oid bo’lim va mavzulari
|
Mustaqil ta’limga oid topshiriq va tavsiyalar
|
Bajarilishmuddatlari
|
Hajmi (soatda)
|
Qadimgi Yunoniston aholisining etnik tarkibi
|
Bolqon yarim oroli va Egey dengizi bo`ylarida yashagan qadimgi grek qabilalari umumiy qo`shiluvidan Qadimgi grek xalqini shakllanish jarayonlari o`rganiladi.
|
1-2-hafta
|
5
|
Qadimgi Yunoniston tarixi davrlari, davrlashtirish muammolari
|
Grek dunyosini davrlashtirishda 5 – bosqichdan iborat bo`lgan siyosiy davrni atroflicha tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etishini talabalar umumlashtirgan holda ijodiy ish tayyorlashlari kerak.
|
4-5-hafta
|
5
|
Qadimgi Rim tarixi manbalari
|
Mazkur o`lka tarixini o`rganishda Plutarh, Appian Dion Kassiy, Tatsit va boshqalarning ma`lumotlarini tahlil qilish orqali tezislar tayyorlashlari lozim.
|
6-7-hafta
|
5
|
Er. av. I asrda Rimda sinfiy-toifaviy munosabatlar
|
Avgustning vafotidan so`ng, Klavdiy, Neron va boshqalarning Rimning siyosiy xayotida tutgan o`rnini talabalar mustaqil va ijodiy fikrlash orqali mazkur davrga baho berishlari lozim
|
8-9-hafta
|
5
|
Gay Mariy islohoti va uning oqibatlari.
|
Rim dunyosida mazkur islohotning siyosiy ahamiyatini atroflicha tahlil etish ko`zda tutiladi.
|
10-11-hafta
|
5
|
Qadimgi Rim tarixi bo’yicha yozma manbalar
|
Antik davr tarixchilarining din, huquq, adabiyot, ta`lim va fanga oid ko`plab manbalarni tahlil etishlari va to`plangan ma`lumotlar natijasida ijodiy ish tayyorlashlari lozim
|
12-hafta
|
5
|
Oraliq nazoratga tayyorgarlik ko`rish
|
|
|
20
|
Seminar mashg`ulotlariga tayyorgarlik ko`rish
|
|
|
20
|
Jami
|
|
|
90soat
|
Do'stlaringiz bilan baham: |