Axborot manbalari
http://www.ziyonet.uz
http://www.edu.uz
http://www.google.uz
http://www.history.uz
http://www.archeologiya.ru
http://www.archeo.ru
http://www.book.ru
http://www.iprbookshop.ru
http://ibooks.ru
http://www.biblio-online.ru
MA’RUZA MATNLARI
1-MAVZU: Tarbiya insonni komillikkka eltuvchi ilm sifatida. (2 soat)
Reja.
Tarbiya tushunchasi. Tarbiyaning shakllari.
Muqaddas diniy kitoblar “Avesto”, “Injil” va “Qur’onda odob-ahloq va tarbiya masalalari.
Qadimgi Afsona va satirlarning tarbiyaviy ahamiyati.
Qadimgi SHarqda tarbiyaga oid yozilgan kitoblar. Ushbu sohada faoliyat yuritgan olimlar faoliyati haqida.
1. Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi. T. insonning insonligini taʼminlaydigan eng qad. va abadiy qadriyatdir. T.siz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar T. tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi.
Pedagogik adabiyotlarda "T." atamasi keng va tor maʼnolarda ishlatiladi. Keng maʼnoda T. inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarish.i va ijtimoiy, madaniy, maʼrifiy hayotida faol ishtirokini taʼminlashga karatilgan barcha taʼsirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yigindisini anglatadi. Bunday tushunishda T. faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi goyalari, adabiyot, sanʼat, kino, radio, televideniye va boshqalarni ham oʻz ichiga oladi. Shuningdek, keng maʼnodagi T. tushunchasi ichiga taʼlim va maʼlumot olish ham kiradi.
Tor maʼnoda T. shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, maʼnaviyaxloqiy qiyofasi, estetik didi oʻstirilishiga yoʻnaltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga oshiradi. Taʼlim va maʼlumot olish tor maʼnodagi T. ichiga kirmaydi. Lekin har qanday T. taʼlim bilan chambarchas bogʻliq holdagina mavjud boʻladi. Chunki taʼlim va maʼlumot olish jarayonida shaxsning fakat bilimi koʻpayibgina qolmay, balki axloqiymaʼnaviy sifatlari qaror topishi ham tezlashadi.
T. har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodning , umuman, jamiyat aʼzolarining T.si bilan yetarlicha shugʻullanmagan mamlakat turgʻunlik va inqirozga mahkumdir. Negaki, oʻsishi va rivojlanishi uchun har qanday jamiyatda ham moddiy va maʼnaviy boyliklar ishlab chiqarish. toʻxtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun yosh avlod moddiy va maʼnaviy boyliklar yetishtirishni ajdodlari darajasida, ulardan ham yaxshiroq ishlab chiqara bilishlari kerak. Yosh avlodda ana shunday moddiy va maʼnaviy qobiliyatlarni shakllantira bilish uchun esa, jamiyat uzluksiz ravishda samarali faoliyat koʻrsatadigan tarbiyaviy intlar tizimiga ega boʻlishi lozim.
T. jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha izoxdab kelingan. Shoʻro zamonida hukmron kommunistik mafkura T.ga sinfiy va partiyaviy hodisa sifatida yondashishni talab etgan. Shuning uchun ham sinfiy jamiyatda T. faqat sinfiy xususiyatga ega boʻladi va turli sinflarning T.si bir-biriga qaramaqarshi turadi degan qarash qaror topgan. Holbuki, dunyo ilmi, ayniqsa, Sharq tarbiyashunosligi va oʻzbek xalq ped.si tajribasi T.ning sinfiy koʻrinishga ega emasligini isbot etdi. Shuningdek, kommunistik mafkura tazyiki tufayli T.da ijtimoiy muassasalarning oʻrniga ortiqcha baho berildi, bu jarayonda irsiy va biologik xususiyatlar deyarli xisobga olinmadi.
Shoʻrolar ped.sida T. orkali xar kanday odamni istagan ijtimoiy kiyofaga solish mumkin degan karash hukmron boʻlganligi uchun ham uning shaxsni shakllantirishdagi oʻrniga oshiqcha baho berildi. Tarbiyalanuvchi shaxsining T.ga berilish yoki berilmaslik xususiyatlarining hisobga olinmasligi tarbiyaviy tadbirlarga maxliyo boʻlishdek pedagogik xatolikka olib keldi. Buning natijasida T. maqsadsiz boʻlib qoldi, tarbiyalanuvchilarga alohida shaxs sifatida emas, istalgan ijtimoiy yoʻnalishga solinishi mumkin boʻlgan qiyofasiz tuda, olomon tarzida qarash karor topdi, Bu hol T.ning samarasizligiga olib keldi. Chunki T.ning asosiy obʼyekta boʻlmish shaxs va uning oʻziga xoslik jihatlari unutilgan edi. Shoʻro pedagogik tizimidagi kamchiliklarning ildizi, asosan, mana shu yondashuv tarziga borib takaladi.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, T. va unga bogʻliqjarayonlarga yangi hamda sogʻlom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. Uni izohlashda gʻayriilmiy sinfiypartiyaviy yondashuvdan voz kechildi. T.ning milliyligiga alohida eʼtibor karatilmoqda. Buning uchun xalq ped.si boyliklari, oʻzbek mutafakkirlarining pedagogik qarashlari sinchkovlik bilan oʻrganilayotir. Natijada, Oʻzbekiston ped. fani va amaliyotida oila T.sining ham, ijtimoiy T.ning ham oʻziga xos oʻrni borligi tan olina boshlandi. Shuningdek, T.da irsiy va biologik omillar ham hisobga olinadigan boʻldi. Ayni vaqtda, shaxsning shakllanishida T.ning oʻrniga keragidan ortiq baho berish ham barham topdi. Bu hol T.ga doyr hodisa va holatlarni toʻgʻri izohlash, tarbiyaviy tadbirlar tizimini toʻgʻri tayin etish imkonini berdi.
2. Axloq – kishilarning bir-birlariga, oilaga, jamiyatga boʻlgan munosabatlarida namoyon boʻladigan xatti-harakatlari, xulq-atvorlari, odoblari majmui. Huquqdan farqli ravishda axloq talablarini bajarish-bajarmaslik maʼnaviy taʼsir koʻrsatish shakllari (jamoatchilik tomonidan baho berish, qilingan ishni maʼqullash yoki qoralash) bilan belgilanadi. Axloqni etika fani oʻrganadi.
Insoniyat taraqqiyotida axloq muhim oʻrin tutadi. Sharqning buyuk mutafakkirlari insonni axloqiy kamol toptirish, uni har tomonlama rivojlantirish, maʼnaviy qiyofasini shakllantirish jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri, deb qarashgan. Inson axloqiy, umuman maʼnaviy va maʼrifiy jihatdan kamol topishi jarayonida turli tarixiy bosqichlardan – johillik, nodonlikdan ilmga, yovuzlikdan ezgulikka, vahshiylikdan insoniylikka oʻtarkan, jamiyat ham shu tariqa rivojlanadi. Ikki muqobil ibtido – yovuzlik va ezgulik, jaholat va kamolatning oʻzaro kurashi inson va jamiyat taraqqiyotini belgilagan, inson aql-zakovat sohibi sifatida oʻzini anglashiga olib kelgan. Bu ikki muqobil kuch kurashi jamiyatdagi mavjud ijtimoiy munosabatlarda ifodalansa, insonga nisbatan uning ichki olamiga xos nafs bilan qalb, aql bilan aqlsizlik oʻrtasidagi kurashda ifodalanadi. Axloq muayyan jamiyat va davrda oʻzgarishlarga uchrashi, rivojlanishi, soʻnishi mumkin. Har bir xalqning yoki millatning oʻziga xos axloqi bilan bir qatorda, umumbashariy axloq meʼyorlari ham bor. Bunday axloq meʼyorlari jamiyatning umumiy taraqqiyotiga samarali taʼsir koʻrsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |