Tarix” kafedrasi “tarbiya” fanidan



Download 3,22 Mb.
bet19/112
Sana02.03.2022
Hajmi3,22 Mb.
#479750
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   112
Bog'liq
TARBIYA MAJMUA 2021-2022 yil

4. Elat — kishilarning til, hudud, iqgisodiy va madaniy jihatdan tarixan tarkib topgan millatdt oldingi birligi. E. qabila bilan millat orasidagi etnik birlikning koʻrinishidir. E.ning shakllanishiga bir-biriga yaqin bir necha qabilalarning uyushuvi asos boʻlgan. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning maʼlum bir bosqichida qabilalar orasidagi etnik, xoʻjalik, moddiy va madaniy aloqalarning tobora rivojlanib borishi natijasida bir qancha qabilalar birlashadilar. Natijada etnik birliknpng yangi turi vujudga keladi. Bu E. deyilib, maʼlum tarixiy sharoitda hududiy, iqtisodiy, til va madaniy umumiylik asosida shakllanadi.
E. (asosi "el") atamasi oʻtmishda keng maʼnoda qoʻllanilgan; xalq, davlat, qabila, qabila ittifoqi, maʼlum bir qabila yoki hudud fuqarolarini anglatgan. Turli E.larning hudud jihatidan oʻzaro yaqinlashuvi urugʻ va qabila guruhlaridagi kishilarning qonqarindoshlik aloqalarini kuchaytirgan. E.ning shakllanishi turli tarixiy davrlarda oʻziga xos holda kechgan. Mas, E. Qadimgi Misr, Mesopotamiyada davlat uyushmalarining paydo boʻlishi bilan shakllana boshlagan boʻlsa, Yevropada E.lar (qad. rus, polyak, fransuz va boshqalar) shakllanish jarayoni ilk oʻrta asrlardan boshlangan. Yer sharining qolgan qitʼalarida bu jarayon keyinchalik ham davom etgan. E. til jihatidan oʻzaro yaqin qabilalarning uyushuvi (polyak E.i, slavyan qabilalari — polyak, visdyan, mazovshan va boshqalardan) yoki bir qabilaning boshqasi tomonidan istilo qilinishi natijasida shakllangan etnik komponentlar (fransuz E.i, — gall qabilalari; rim kolonistlari va german qabilalari — franklar, vestgotlar, burgundlar va boshqalar). birining tili umumiy tilga, qolgan qabilalar tillari esa dialekt (sheva) holida saqlangan yoki butunlay yoʻqolib ketgan. Natijada yagona nom, hudud, madaniy va xoʻjalik jihatidan umumiylik yuzaga kelgan. Davlatning paydo boʻlishi bilan E.ning mustahkamlanishiga imkoniyat paydo boʻlgan. Rivojlangan oʻrta asrlarda Yevropa va Osiyoning koʻpgina mamlakatlarida E. toʻla shakllandi. Elat munosabatlarining taraqqiy etishi, iqtisodiy va madaniy aloqalarning kuchayishi bilan E.lar millatga aylandi. Koʻpincha bir millatning shakllanish jarayonida bir necha E. qatnashgan. qadimiy rus millati asosida ukrain va belorus E.lari vujudga kelgan va keyinchalik millat boʻlib tarkib topgan.
Turli obʼyektiv sabablarga koʻra, oʻz rivojlanishidan orqada qolgan koʻpgina E.lar (asosan, kichik E.lar) millatga aylanmasligi ham mumkin. Ular davr oʻtishi bilan iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlangan boshqa E. va millatlar bilan yaqindan hamkorlik qilishga oʻtishi natijasida ilgʻor xalqning maʼnaviyatini, tilini oʻzlashtiradi va oʻsha millatning tarkibiga qoʻshilib ketadi.
Qadimda hozirgi Oʻzbekiston hududlarida va unga tutash mintaqalarda bir necha E.lar vujudga kelgan: baqtriyaliklar, xorazmliklar, sugʻdiylar, qangarlar, fargʻonaliklar. Ammo bu E.lar kishilik jamiyatining maʼlum bir tarixiy taraqqiyoti davomida inqirozga uchrab, ilk oʻrta asrlarda yangi E.lar — turk, uygʻur, oʻgʻuz, tojik va oʻzbek elatlari tashkil topgan. Ushbu E.larning barchasi ham toʻliq E. boʻlib shakllanmadi. Turli ijtimoiy-siyosiy va tarixiy omillar sababli bu E.larning ayrimlari parchalanib ketdi va shakllanishi davom etayotgan E.larning etnogenetik jarayonlariga sezilarli taʼsir oʻtkazdi. Mas, turk, oʻgʻuz, uygʻurlarning parchalanib ketishidan keyingi etnik jihatdan birmuncha oʻzgargan avlodlari oʻzbek E.ining etnogenetik jarayonida qatnashgan.
Xullas, iqtisodiy xoʻjalik, madaniy va etnik jarayonlarning tobora rivojlanishi natijasida bir necha qabilalarning birlashuvi jarayonida vujudga kelgan E. etnik hududiy, iqtisodiy til va etnomadaniy umumiylik asosida shakllangan.
Millat — uzoq davom etgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va etnomadaniy jarayonda, aniq hududiy doirada, til va oʻzlikni anglash birligi asosida shakllangan xalq etnik tari-xining eng yuksak choʻqqisi, oʻziga xos madaniyat, ong va mentalitet zaminida tarkib toptan ijtimoiy birlik shakli. M. kishilarning jips tarixiy birligi, umumiqtisodiy turmush, til, hudud birligi, madaniyat, ong , ruhiyat uygunligi va mushtarakligi demakdir. Ungacha ijtimoiy taraqqiyotning etnos (xalq) shakli ham mavjud boʻlib, xalq atamasi juda keng va tor maʼnoda ishlatiladi. Mas, keng maʼnoda: oʻzbek xalqi, nemis xalqi va boshqa Shuning uchun ijtimoiy fanda xalqlarning kelib chiqish tarixini oʻrganishda etnos bilan bir qatorda etnik birlik atamasi ham ishlatiladi. Chunki u maʼlum bir ijtimoiy tuzumda vujudga kelgan etnik uyushma: anik, bir xalqqa nisbatan ishlatiladigan atama. Fanda xalqning shakllanish jarayoniga nisbatan etnogenez atamasi ishlatiladi. Etnogenetik jarayon esa xalqning uzil-kesil shakllanishi bilan yakunlanadi. Shakllangan xalq oʻz etnik nomiga, hududiy til birligiga, iqtisodiy-xoʻjalik va etnomadaniy birligiga, oʻzlikni anglash birligi va nihoyat siyosiy uyushmasi (davlat)ga ega boʻlishi taqozo etiladi. Shuning uchun xalqning shakllanishi M.ning shakllanishi degan soʻz emas. Chunki etnos shakllanish jarayonida asosan, 3 bosqichni bosib oʻtadi. Uning l-bosqichi — qabila; 2-bosqichi — elat, 3- bosqichi— M.dir. Etnik birlikning bu 3 turi, oʻz navbatida, har xil tarixiy davrlarning ijtimoiy mahsuli hisoblanadi. Ulardan kabila kishilik tarixining ibtidoiy bosqichiga xos etnik birlik, patriarxat urugʻ jamoalarining uyushmasi, qabila aʼzolarining bir-birlari bilan qonqarindoshlik munosabatlarini saqlashi va urugʻlarga boʻlinishi xususiyatlari bilan oʻzidan keyingi tarixiy bosqichdagi etnik birlikdan (elat, yaʼni xalqdan) mazmun va zamon jihatidan farq qiladi. Demak, qabila ilk inson jamiyatining taraqqiy etgan etnik jamoasi boʻlib, uning boshqaruv tizimi qabilaviy demokratiyaning eng yuksak tamoyillari asosida, yaʼni oʻzoʻzini idora qilish urugʻqabila sardorlaridan tashkil topgan maslahat majlisi — oqsoqollar kengashi tomonidan olib boriladi.
Jamiyatdagi iqtisodiy-xoʻjalik, madaniy va etnik alokalarning tobora rivojlanib borishi natijasida bir necha qabilalarning birlashishi yuz beradi. Qabilalarning birlashishi jarayonida etnik birlikning yangi turi vujudga keladi. Bu etnik birlik maʼlum tarixiy sharoitda hududiy, iqtisodiy til va etnomadaniy umumiylik asosida shakllanadi. Shakllangan yangi etnik birlikni ifodalash uchun fanda elat, yaʼni xalq atamasi kabul qilingan. Etnik birlikning elatdan keyingi shakli M. boʻlib, uning shakllanishi elatning shakllanish jarayoni kabi uzok, davom etadigan ijtimoiy voqelik, M. etnik tarixining , elatning eng yuqori.choʻqqisi, kamolot bosqichiki, bu bosqichga koʻtarilgan xalqning tarixan tarkib topgan davlati, birinchidan M. nomi bilan yuritiladi; ikkinchidan uning aniq hududiy chegarasida muomalada boʻlgan umummillat tili davlat tili maqomi darajasiga koʻtariladi; uchinchidan davlat hududining butunligi va chegarasining daxleizligi tan olinadi; toʻrtinchidan M. va unga xos mentalitet shakllangan boʻlib, fuqarolarning oʻzlikni anglash darajasi ularning hayot mazmuniga, kundalik turmush tarziga aylanadi va nihoyat beshinchidan davlat jamiyat tomonidan boshqariladi.
M.ni til, hudud va etnomadaniy jihatdan birlashtiruvchi omillardan biri iqtisodiy negizdir. M.ning iqtisodiy- xoʻjalik birligi asosida til va hudud hamda etnomadaniy birlik paydo boʻladi. M.ning iqtisodiy va siyosiy birlashishi elatlarning yozma adabiy tili va xalq ogʻzaki tilining sheva va lahjalarining yaqinlashishi asosida yagona milliy adabiy tilning paydo boʻlishiga olib keladi. Shevalar oʻrnini milliy til egallaydi. Uning davlat tili maqomi darajasiga koʻtarilishi M. nomi bilan atalgan davlatning mustaqillik belgilaridan nishonadir. M. — mustaqil davlat belgisi. Uning mustahkam zamini — davlat iqtisodiy siyosatining barqarorligi M.ning shakllanish darajasiga va fuqarolarining oʻzligini anglash darajasiga bogʻliq. Bundan oʻzbek M.i istisno emas

Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish