«Tarix» kafedrasi «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanidan


-mavzu. O’zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/270
Sana10.02.2022
Hajmi2,3 Mb.
#440432
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   270
Bog'liq
3znrz-0wjjz

10-mavzu. O’zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan
islohotlar
Reja
1. Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining mazmun-mohiyati.
2. Maktabgacha ta’lim va umumiy ta’lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar.
3. Oliy ta’lim tizimi va xalqaro hamkorlik.
4. Mustaqillik yillarida ilm-fan sohasida erishilgan yutuqlar
106


Madaniy-ma’naviy rivojlanishning eng muhim poydevori – ta’lim tizimidir.
Chunki zamon talablariga javob beradigan, ilg‘or fan-texnika, texnologiya
yutuqlarini egallab olgan kadrlarni yetishtirmasdan jamiyatni yuksaltirib bo‘lmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida har kim bilim olish huquqiga ega
ekanligi, shu asnoda davlat bepul umumiy ta’limni kafolatlashi belgilab qo’yilgan.
O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi siyosati 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan
«Ta’lim to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy
dasturida o‘z aksini topdi.
O’zbekistonda shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnik va
madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi rivojlanishning ustuvor sohasi deb qonunan e’tirof
etildi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining eng muhim tomoni shundaki, unda
yaxlitlik va tizimli yondashuv mavjud bo’lib, shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz
ta’lim, fan va ishlab chiqarish jarayoni bir-biri bilan yagona tizimga bog’langan.
Dastur mamlakat iqtisodiyotining barcha sohalari va hayoti jabhalari uchun yuqori
malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, milliy va umumbashariy qadriyatlar
asosida ta'lim, fan va ishlab chiqarish, yoshlarning ma'naviy, axloqiy tarbiyasini
samarali birlashtirishni ta'minlash, shuningdek, kadrlar tayyorlash sohasida o'zaro
manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga yo'naltirilgan yagona o‘quv-ilmiy
ishlab chiqarish majmui sifatidagi ta'lim tizimini bosqichma-bosqich
takomillashtirish vazifalarini hal qilishga xizmat qildi.
Ta'lim O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e'lon
qilingan.
Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
- ta'lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik harakterda ekan-ligi;
- ta'limning uzluksizligi va izchilligi;
- umumiy o'rta, shuningdek, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining majburiyligi;
- o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi yo'nalishini: akademik liseyda yoki kasb-hunar
kollejida o'qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
- ta'lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
- davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi;
- ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
- bilimli bo'lishni va iste'dodni rag'batlantirish;
- ta'lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg'unlashtirish.
Jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e'tiqodi, dinga mu-nosabati, ijtimoiy
kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joyi, O’zbekiston Respublikasi
hududida qancha vaqt yashayotganidan qat'i nazar, har kimga bilim olishda teng
huquqlar kafolatlanadi.
Bilim olish huquqi:
- davlat va nodavlat ta'lim muassasalarini rivojlantirish;
- ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta'lim olishni tashkil etish;
- ta'lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul o'qitish, shuningdek,
ta'lim muassasalarida shartnoma asosida to'lov evaziga kasb-hunar o'rgatish;
- barcha turdagi ta'lim muassasalarining bitiruvchilari keyingi bosqichdagi o‘quv
yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega bo'lishi;
107


- oilada yoki o'zi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga ak-kreditasiyadan
o'tgan ta'lim muassasalarida eksternat tartibida at-testasiyadan o'tish huquqini berish
orqali ta'minlanadi.
Boshqa davlatlarning fuqarolari O’zbekiston Respublikasida xalqaro
shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega.
Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo'lmagan shaxs-lar bilim
olishda O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.
Uzluksiz ta'lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta'lim standartlari asosida,
turli darajalardagi ta'lim dasturlarining izchilligi asosida ta'minlanadi va quyidagi
ta'lim turlarini o'z ichiga oladi:
- maktabgacha ta'lim;
- umumiy o'rta ta'lim;
- o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi;
- oliy ta'lim;
- oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim;
- kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
- maktabdan tashqari ta'lim.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil dekabrdagi qarori bilan 1-
oktabr – «O‘qituvchilar va murabbiylar kuni» deb belgilandi hamda bu kun bayram
sifatida dam olish kuni deb e’lon qilindi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
 3 bosqichdagi islohotlar asosida amalga
oshirildi.
I bosqich – 1997–2001-yillarda dasturni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan
huquqiy-me’yoriy, ilmiy-metodik, moliyaviy-moddiy shartsharoitlar yaratildi.
Buning uchun davlat tomonidan qo‘shimcha ravishda 65 milliard so‘m mablag‘ sarf
qilindi.
II bosqich – 2001–2005-yillarni o‘z ichiga olib, milliy dastur keng miqyosda
joriy etildi.
III bosqich – 2005-yildan 2017 yilgacha. Bu bosqichda 
Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi
 natijasida erishilgan natijalar, to‘plangan tajribalar umumlashtirilib, shu
asosda yurtimizda ta’lim tizimi takomillashtirilib borildi. 2009-yildan boshlab,
yurtimizda to‘liq 12 yillik majburiy ta’lim joriy etildi.

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish