«Tarix» kafedrasi «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanidan



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/270
Sana10.02.2022
Hajmi2,3 Mb.
#440432
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   270
Bog'liq
3znrz-0wjjz

umumiy ta’lim
quyidagi bosqichlar bo‘yicha
amalga oshirila boshlandi.
I bosqich – boshlang‘ich ta’lim (1–4 sinf);
II bosqich – asosiy (tayanch) maktab (4–9 sinf);
III bosqich – yuqori o‘rta maktab (10–11 sinf);
«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun asosidagi ta’lim shakllari 9 yillik umumiy o‘rta
ta’lim savodxonlik asoslarini, umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan bilim va
ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Bolalar birinchi sinfga 6–7 yoshdan qabul
qilinadi. Umumiy o‘rta ta’lim kerakli bilimlar hajmiga asos solish, mustaqil fikrlash,
tashkilotchilik qobiliyatlari va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantirish, dastlabki
kasbiy yo‘nalish va navbatdagi ta’lim bosqichini tanlashga zamin yaratish asosiy
maqsad qilib qo’yilgan edi.
1990-2010 yillarda umumta'lim maktablari o‘quvchilari soni (1-9 sinf) 4053,0
ming kishidan 4676,1 ming kishiga o'sdi. 7 (6) yoshgacha bo'lgan bolalarning maktab
ta'limi qamrab olinganligi darajasi shu davrda 92,1% dan 99,3%ga, darsliklar bilan
ta'minlanish darajasi 55,4%dan 100%ga, kompiyuter o‘quv xonalari bilan
ta'minlanish, mak-tablar sonidan foiz nisbatida 2,4%dan 68,2%ga o'sdi.
Shu davr mobaynida 300 ga yaqin yangi turdagi ta’lim muassasalari ochildi.
Oliy o‘quv yurtlari qoshida 46 ta litsey tashkil etildi, 800 ga yaqin o‘quvchi chet
ellarda ta’lim oldi, ko‘pgina o‘qituvchilar xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini
o‘rganish maqsadida chet mamlakatlarga borib qaytdi. O‘rta maxsus ta’lim sohasida
109


viloyatlarda, joylarda biznes maktabi, kichik va o‘rta maktab uchun kasb-hunar
kurslarining ochilishi, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda, yangi
mutaxassislik (fermer, soliq va bojxona xodimi, audit va hokazo)lar kiritildi.Unga
binoan, yurtimizda 1997-yildan boshlab hozirga qadar 1400 dan ortiq kasb-hunar
kolleji, 200 ga yaqin akademik litsey bunyod etildi. Ular sohalar bo‘yicha mutasaddi
tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalariga ham biriktirilishi tufayli bu bosqichda
o‘quv jarayoni samarali tashkil etilib, kollej bitiruvchilarini ish bilan ta’minlanishiga
e’tibor qaratilganiga qaramay, bu borada qoniqarli natijaga erishilmadi.
Prezidentning 2004-yildagi farmoni asosida 2004–2009-yillarda maktab
ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi qabul qilindi. Dastur doirasida
yangi maktablar qurildi, boshqalari kapital ta’mirlandi; aniq va tabiiy fanlardan o‘quv
laboratoriyalar zarur uskunalar bilan jihozlandi. Umumiy o‘rta, umuman, ta’limning
barcha bosqichlarida yangi o‘quv dasturlari, davlat ta’lim standartlari yaratildi.
Maktab darsliklari tamomila yangilandi hamda fan va amaliyot yutuqlari bilan
boyitish bo‘yicha takomillashtirib borildi. Multimedia o‘quv adabiyotlari ham
yaratilishi yo‘lga qo‘yildi. Respublikada 10 mingga yaqin maktablar ishlab turibdi.
2004-2010 yillarda maktab ta'limini rivojlantirish umummilliy davlat dasturi
amalga oshirildi. Buning natijasida 7800 dan ziyod umumta'lim maktabi yangitdan
qurildi, ta'mirlandi va rekonstruksiya qilindi, ularning umumiy soni esa 9860 taga
etdi. 8 mingdan ortiq ta'lim muassasasi kapital ta'mirlandi, gaz va suv bilan
ta'minlandi, markazlashtirilgan kanalizasiya tarmoqlariga ulandi .
2011 yilda eng zamonaviy o‘quv va laboratoriya jihozlari bilan ta'minlangan,
46300 o‘quvchiga mo'ljallangan 166 ta yangi maktab qurildi va rekosntruksiya
qilindi, 151 ta maktab kapital ta'mirlandi. 852 ta maktabda zamonaviy o‘quv
kompiyuter sinflari tashkil etildi. 9400 dan ziyod umumta'lim maktabi yoki jami
maktablarning 96%i ZiyoNET elektron axborot tarmog'iga ulangan .
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy
tamoyillari, ta’lim tizimi, uning boshqaruv tarkibi, pedagog hodimlarning burch va
mas’uliyatlari aniq belgilab berildi. Mustaqillikning dastlabki yillarida 10 mingdan
ortiq xalq ta’limi xodimiga davlat uylari, 22 mingdan ortiq xodimga esa tashkilot va
muassasalar tasarrufidagi uylar bepul xususiylashtirilib berildi. 50 mingdan ortiq
pedagog xodimga shaxsiy qurilish uchun yer maydonlari ajratildi. Qishloqlarda
istiqomat qiladigan pedagog xodimlarning hammasi kommunal xizmat uchun
to‘lovlardan ozod etilgan bo‘lsalar, shaharliklar uning 50 foizi miqdorida to‘lab
bordilar. Keyinchalik kommunal xizmat bo‘yicha bu imtiyozlar oylik maoshlariga
qo‘shib beriladigan kompensatsiya bilan almashtirildi.
2017-yil umumta’lim va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimida tub islohotlar
yili bo‘ldi. Xalq qabulxonalari va Prezidentning virtual qabulxonasiga tushgan taklif
va mulohazalar, shuningdek, respublika maktablaridagi bitiruvchilarning ota-onalari
o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalaridan kelib chiqib, Prezident Shavkat
Mirziyoyev tashabbusi bilan 9+3, ya’ni 12-yillik majburiy ta’limdan 11-yillik
ta’limga qaytildi.
2017-yilning o‘zida 10-sinf o‘quvchilari uchun 9 mln. nusxa darsliklar chop
etildi va 10 mingga yaqin umumta’lim maktabida 11-yillik ta’limga o‘tilgan holda
o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
110


Mamlakatimizda maktab o‘quvchilarining «Umid nihollari» , kollej va lisey
o‘quvchilarining «Barkamol avlod» hamda talabalar Universiadasining har yillik
musobaqalarining jahonda o'xshashi bo'lmagan uch bosqichli tizimi yaratilgan.
Barcha o‘quv muassasalarida, shu jumladan, qishloqlarda ham xalqaro mezonlar
bo'yicha jihozlangan sport zallari, sport majmualari mavjud. 
Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi
 joriy etilgan yilda mamlakatimizdagi maktab o‘quvchilari tomonidan
xalqaro fan olimpiadalari tomonidan 152 ta medali, shu jumladan, 29 ta Oltin medali
qo'lga kiritildi. O’zbekiston Oliy o‘quv yurtlarining ko'plab talabalari turli fanlar
bo'yicha xalqaro olimpiadalarning g'oliblaridir. Bizning yosh musiqachilarimiz va
rassomlarimiz orasida turli nufuzli xalqaro tanlovlar sovrindorlarining soni ortib
bormoqda. Olimpiada o'yinlarida jahon va mintaqa chempionatlarida, boshqa
musobaqalarda yosh o'zbek sportchilarining g'alabalari Vatanimiz dong'ini butun
dunyoga taratmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Iqtidorli yoshlarni
aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish
chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga muvofiq fan olimpiadalari g'oliblarini
rag'batlantirishning yangi tizimi joriy etildi. Olimpiadada g'oliblikni qo'lga kiritgan
o‘quvchilar va ularning o'qituvchilari bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Shuningdek, quyidagi fanlar bo'yicha olimpiada g'oliblari davlat OTMlariga test
sinovisiz va qo'shimcha imtihonsiz imtiyozli qabul qilinishi ham belgilab qo'yildi:
1. Xalqaro matematika olimpiadasi – International Mathematical Olympiad
(IMO)
2. Xalqaro fizika olimpiadasi – International Physics Olympiad (IPhO)
3. Xalqaro kimyo olimpiadasi – International Chemistry Olympiad (IChO)
4. Xalqaro biologiya olimpiadasi – International Biology Olympiad (IBO)
5. Xalqaro informatika olimpiadasi – International Olympiad in Informatics
(IOI).
2019 yilda O’zbekiston terma jamoasi Xalqaro olimpiadalarda jami 8 ta medalni
qo'lga kiritdi. Jumladan, 11-22 iyuli kunlari Buyuk Britaniyaning Bat shahrida bo'lib
o'tgan 60-Xalqaro matematika olimpiadasida (IMO) O’zbekiston jamoasi 1 ta bronza
medali (2018 yilda medal olinmagan) va 3 ta diplom, 14-21 iyuli kunlari
Vengriyaning Seged shahrida bo'lib o'tgan 30-Xalqaro biologiya olimpiadasida (IBO)
O’zbekiston jamoasi 3 ta bronza medali (2018 yilda medal olinmagan), 21-30 iyuli
kunlari Fransiyaning Parij shahrida bo'lib o'tgan 51-Xalqaro kimyo olimpiadasida
(IChO) O’zbekiston jamoasi 2 ta kumush va 2 ta bronza medali (2018 yilda 2 ta
bronza medali) sohibi bo'ldi.
2020 yilgi natijalarga ko'ra, Yaponiya tomonidan tashkil qilingan IBO2020
Challenge — Xalqaro biologiya olimpiadasida 52 ta davlatdan 262 nafar ishtirokchi
qatnashdi. Masofaviy tarzda o'tkazilgan ushbu olimpiada natijalariga ko'ra,
O’zbekiston terma jamoasi a'zosi mamlakat tarixida ilk bor biologiya yo'nalishida
oltin medalni qo'lga kiritdi.Shu bilan bir qatorda, olimpiadada 2 ta kumush medali
ham O’zbekistonlik akademik lisey o‘quvchilari tomonidan egallandi.
Shuningdek, O’zbekistonda tashkil etilayotgan prezident maktablari yangi avlod
kadrlarini tarbiyalashda muhim asos bo'lishi kutilmoqda. Chunki bu o‘quv maskanlari
iqtidorli bolalarni aniqlash, ilg'or texnologiyalarni qo'llagan holda ularga saboq berish
va tarbiyalash bo'yicha yaxlit tizim bo'ladi. Prezident maktabida o‘quv jarayoni
111


tubdan yangi texnologiyalar asosida tashkil etilgan bo'lib, Kembrij universiteti bilan
hamkorlikda ishlab chiqilgan o‘quv rejalar va dasturlar bo'yicha ingliz tilida amalga
oshiriladi. Prezident maktablarida “STEAM” fanlar – tabiiy fanlar, texnologiya,
texnik ijodiyot, san'at, matematika chuqurlashtirib o'rgatiladi. O’n nafar xorijlik
mutaxassislar o‘quvchilarga dars beradilar. Bunday maktablar Toshkent, Namangan,
Nukus, Xiva shaharlarida ochildi va loyihaga muvofiq Buxoro, Jizzax, Qarshi,
Samarqand va Farg’onada ham qurilish ishlari olib borilmoqda.
Prezident maktablarining 9-11-sinflarida ta'lim olish o‘quvchilarning
qiziqishlariga ko'ra ayrim fanni tanlash va ularni o'rganish darajasini inobatga olgan
holda individual o‘quv jarayoni asosida amalga oshiriladi. Prezident maktablari
bitiruvchilari belgilangan tartibda davlat tomonidan tasdiqlangan shahodatnoma,
attestat bilan bir qatorda, xalqaro darajadagi tegishli dastur diplomi (International
Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced Levels)ga ega
bo'ladi. Bu esa o'z navbatida xorijiy oliy o‘quv yurtlariga kirish imkonini beradi.
Kembrij Universitetining Cambridge Assessment International Education brendi
ostida faoliyat yurituvchi Imtihon Kengashi Prezident maktablariga qabul
imtihonlarini tashkil etishi kutilmoqda.

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish