«Tarix» kafedrasi «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanidan


Ilm-fandagi tub islohotlar



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/270
Sana10.02.2022
Hajmi2,3 Mb.
#440432
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   270
Bog'liq
3znrz-0wjjz

Ilm-fandagi tub islohotlar.
2016-2017-yillar O‘zbekiston ilm-fanida tom
ma’noda tub islohotlar davri bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 30-dekabr
kuni ilk bor mamlakatimizning yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan uchrashdi.
Uchrashuv natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda ilm-fanga e’tibor yanada kuchayishi
belgilandi. Prezidentning 2017-yil 17-fevraldagi «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-
tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida 9 ta ilmiy-tadqiqot
muassasasi Fanlar akademiyasi tarkibiga qaytarildi, qator ilmiy tashkilotlar qayta
tashkil etildi, Fanlar akademiyasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha Jamoatchilik
kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekiston Prezidentining 2017-yilda imzolangan «Innovatsion rivojlanish
vazirligini tashkil etish to‘g‘risida» qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi
Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etildi. Mazkur vazirlikning davlat va jamiyat
qurilishiga, iqtisodiyot tarmoqlariga, qishloq xo‘jaligiga, ijtimoiy rivojlanishga, atrof-
muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish tizimiga innovatsiyalarni joriy etish
hamda ilg‘or texnologiyalar joriy etilishini tashabbus qilish, muvofiqlashtirish va
rag‘batlantirish sohasidagi asosiy vazifalari belgilab berildi.
116


Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligiga oxirgi saylovlar 1995-yilda o‘tkazilgan
edi. O‘tgan yillar mobaynida akademiklarning soni ikki martadan ko‘proqqa qisqardi
va 2017-yilga kelib akademiyaning atigi 63 nafar haqiqiy a’zosi qolgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi «O‘zbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi
tarixiy farmoni bilan 22 yillik uzoq tanaffusdan so‘ng Fanlar akademiyasining 32
nafar yangi haqiqiy a’zolari tasdiqlandi. Bugungi kunda ilmiy tadqiqot bilan
shug‘ullanuvchi 400 ta muassasa ro‘yxatga olingan bo‘lib, fan sohasida 36 ming
mutaxassis, jumladan, 2 mingdan ortiq fan doktori va 9 mingdan ortiq fan nomzodi
faoliyat olib bormoqda.
So‘nggi yillarda ta’limning nodavlat shakli rivojlanish yo‘liga kirdi.
Maktabgacha ta’lim tizimi bo‘yicha alohida vazirlik tashkil etildi. Davlat-xususiy
sherikchilik asosida maktabgacha ta’lim muassasalari barpo etilishi bo‘yicha keng
imkoniyatlar yaratildi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida 6 yoshdan 7 yoshgacha
bo‘lgan bolalar uchun ta’limning majburiy etib belgilanishi, 11 yillik majburiy
umumiy o‘rta ta’limning joriy etilishi va ular bitiruvchilarga murakkab bo‘lmagan
kasblar o‘qitilishi qonunni yangi tahrirda qabul qilishga ehtiyoj yuzaga kelganini
bildiradi. Shuningdek, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarida ta’lim berish
muddati va mazmunining o‘zgarishi, mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i
nazar, yuridik shaxslarga barcha ta’lim turlari bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlarini
ko‘rsatishga ruxsat berilishi ham qonun loyihasini yaratishga asos bo‘ldi.
Pedagoglar, ta’lim muassasasi xodimlari, ta’lim oluvchilarning huquq va
erkinliklari kengaytirilib, mas’uliyati kuchaytirilishi, rag‘batlantirilishi ishga bo‘lgan
munosabatni yanada oshirdi. Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, yuridik shaxslarga
ta’lim xizmatini ko‘rsatishga ruxsat berilgani, rivojlangan xorijiy davlatlarning ta’lim
sohasidagi ilg‘or tajribalari yurtimizda joriy etilayotgani va bir qator xalqaro
konvensiyalar ratifikatsiya qilingani ham «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunning yangi
tahririga zaruratni kuchaytirdi.
Qonunning yangi tahrirdagi loyihasi 12 bob, 70 dan ortiq moddadan iborat
bo‘lishi mumkin (amaldagi qonun 5 bob, 34 moddadan iborat). Qonun loyihasiga
asosiy yangi yo‘nalishlar kiritilmoqda. Xususan, katta yoshdagilar ta’limi, maxsus
ta’lim, inklyuziv ta’lim, yakka tartibda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish, davlat-
xususiy sherikchiligi, ta’lim sohasiga investitsiyalarni kiritish, ta’lim
muassasalarining o‘zini o‘zi baholashi, ta’lim ishtirokchilarining huquqlari,
majburiyatlari, ta’lim sohasida eksperimental va innovatsion faoliyat kabi muhim
masalalar qamrab olinmoqda.
Shuningdek, qonun loyihasida pedagog kadrlarning faoliyati bilan bog‘liq
bo‘lmagan boshqa ishlarga jalb etilishi taqiqlanishi, bu masalada ta’lim muassasalari
rahbarlari javobgar bo‘lishi belgilanmoqda. Ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv
organlarining vakolatlari va ta’lim muassasalari faoliyati erkinligi kengaytirilishi
taklif etilmoqda.
Bakalavriat yo‘nalishida ta’lim olish davomiyligi kamida 3 yil, magistraturada
esa kamida 1 yil etib belgilanmoqda. Shuningdek, yana bir qancha o‘zgartirishlar
kiritilmoqda.
117


Qonunga ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning
singdirilganligi prinsipi kiritilmoqda;
11 yillik ta’limning hamda 6 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni bir yil
davomida umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi o‘rnatilmoqda;
Nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus
ta’limning amalga oshirilishi mumkinligi mustahkamlanmoqda;
Ta’lim olishning quyidagi shakllari belgilanmoqda:
· ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi);
· ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy,
dual);
· oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;
· katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish;
· mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar
tayyorlash;
· inklyuziv (uyg‘unlashgan) ta’lim;
· eksternat tartibida ta’lim olish.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarining sinflarida ta’lim
oluvchilar soni 35 nafardan oshmasligi belgilanmoqda;
Bakalavriat yo‘nalishida ta’lim olish davomiyligi kamida 3 yil, magistraturada
esa kamida 1 yil etib belgilanmoqda;
Oilada ta’lim olgan va mustaqil ta’lim olgan shaxslarga davlat tomonidan
tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat berilishi mumkinligi
belgilanmoqda;
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim sifati va darajasiga, shuningdek
pedagog xodimlarning kasb faoliyatiga bo‘lgan davlat talablariga rioya etilishiga doir
vakolatlari bekor qilinmoqda;
Ta’limtashkilotlaridasiyosiypartiyalarningtashkiliytuzilmalarinitashkiletishtaqiql
anmoqda;
Chet davlatlari va O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida tuzilgan
shartnoma asosida ularning bitiruvchilariga ikki tomonlama diplom (Double
Diploma) berilishi mumkinligi belgilanmoqda.
Shuningdek, qonun bilan ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchilarning kiyinishiga
doir talablar qo‘yilishi mumkinligi belgilanmoqda.
O‘zbekiston zamini azaldan bashariyat sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan,
jahon ilm-fani va madaniyati taraqqiyoti yo‘nalishini ma’lum darajada belgilab
bergan ulug‘ allomalari, buyuk mutafakkirlari bilan shuhrat qozongan. O‘zbek
zaminidan Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Farg‘oniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo
Ulug‘bek kabi va jahon ilm-fani xazinasiga ulkan hissa qo‘shgan boshqa ko‘plab
buyuk olimlar, mutafakkirlar yetishib chiqqan. Bugun O‘zbekiston olimlari
mamlakatimiz ilm-fanini yanada rivojlantirish uchun mustahkam poydevor
yaratmoqda va fan-texnika taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shishga xizmat qiladi.

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish