«Tarix» kafedrasi «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanidan


YAlpi ijtimoiy himoyalash tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/270
Sana10.02.2022
Hajmi2,3 Mb.
#440432
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   270
Bog'liq
3znrz-0wjjz

YAlpi ijtimoiy himoyalash tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimiga izchillik bilan o‘tish
– ijtimoiy siyosatni
amalga oshirishga, ijtimoiy himoya vositasini kuchaytirishda sifat jihatdan yangi
bosqich boshlashini bildiradi.
YAngilangan ijtimoiy siyosat adolat tamoyillariga izchillik bilan rioya qilishga
asoslanib, ijtimoiy ko‘maklashishning mavjud usullarini va pul bilan ta’minlash
89


manbalarini tubdan o‘zgartirishni taqozo qiladi. Bu siyosat ijtimoiy himoya aniq
maqsadi va aholining aniq tabaqalarini qamrab olishni ko‘zda tutadi. YOrdam tizimi
faqat kam ta’minlangan va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nisbatan qo‘llanilib, shu
maqsad uchun davlat manbalari bilan bir qatorda mehnat jamoalari, turli tashkilot hamda
jamg‘armalarning mablag‘laridan ham foydalaniladi.
Ijtimoiy ko‘maklashishning yangi tizimida bolalar va kam daromadli oilalar
yordamdan bahramand bo‘luvchi asosiy kishilar hisoblanib, ular uchun hamma
nafaqa va moddiy yordamlar faqat mahalla orqali etkazib beriladi. SHu maqsadda
mahallalarda byudjet mablag‘lari, korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik tuzilmalari va
ayrim fuqarolarning ixtiyoriy o‘tkazgan mablag‘lari hisobidan maxsus jamg‘armalar
hosil qilindi.
Ijtimoiy ko‘maklashishning yangi tizimi mehnatga rag‘batlantiradigan omillar va
vositalar yangi tuzilmasi paydo bo‘lishini ham taqozo qiladi. SHunday qilib,
islohotlar davrida davlat aholining muhtoj tabaqalarini qo‘llab-quvvatlash bilan birga,
o‘z mehnat faoliyati orqali oilasining farovonligini ta’minlashga intiluvchi kishilar
uchun teng sharoit va qulay imkoniyat yaratishga harakat qiladi. O‘zbekistonda
aholini ijtimoiy himoyalash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar buning
yaqqol dalilidir.
Jumladan, yaqin uch yil ichida ish haqini 2-2,5 barobar oshirish bo‘yicha
qo‘yilgan strategik vazifaga muvofiq, 2007 yilda ish haqi, pensiya, stipendiya va
nafaqalar miqdori 1,5 barobar ko‘paytirildi. 2007 yilning dekabrida o‘rtacha oylik ish
haqi, xo‘jalik sub’ektlari va byudjet sohalarini hisobga olganda, 210 AQSH dollari
miqdoriga teng, 2008 yilda esa 300 AQSH dollaridan ortiq bo‘ldi. 2006 yildan
boshlab umumta’lim maktablari o‘qituvchilari va shifokorlar mehnatiga haq
to‘lashning yanada takomillashtirilgan tizimi
 
joriy etildi. Natijada keyingi ikki yilda
ularning ish haqi miqdori tegishli ravishda 2,8 va 2,7 barobar oshirildi.
Mamlakatimiz aholisi pul daromadlarining oshib borishi o‘z navbatida ular
turmush sharoiti va sifatining bosqichma-bosqich yaxshilanib borishiga zamin
yaratmoqda. Bu esa, o‘tgan davrda qator ijobiy o‘zgarishlarni qo‘lga kiritish imkonini
berdi. Jumladan:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati, Samarqand va Buxoro,
Guliston, Jizzax va Qarshi shaharlarida aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashni
yaxshilash bo‘yicha yirik investitsion loyihalar amalga oshirildi;
- qishloq joylarda 1,6 ming kilometrdan ortiq suv quvurlari va 710 kilometr gaz
tarmoqlari foydalanishga topshirildi;
- aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash 84 foizga, shu jumladan, qishloq joylarda
77 foizga etdi;
- tabiiy gaz bilan ta’minlash 82 foiz, qishloqlarda esa 77 foizgacha o‘sdi. 
Ta’lim sohasida ham aniq maqsadli umummilliy ijtimoiy dasturlar amalga
oshirilib, o‘tgan yil davomida quyidagi salmoqli natijalar qo‘lga kiritildi: 
- yangi qurilish va kapital rekonstruksiya qilish hisobdan eng zamonaviy o‘quv-
laboratoriya va ishlab chiqarish asbob-uskunalari jihozlangan 169 ta kasb-hunar
kolleji, 18 ta akademik litsey hamda 336 ming nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan 558 ta
umumta’lim maktabi ishga tushirildi;
90


- 170 ta bolalar sporti ob’ekti, jumladan, 27 ta sport inshooti, 143 ta maktab
sport zali barpo etildi.
Prezidentimiz o‘tgan yil davomida yurtimizda aholi salomatligini
mustahkamlash yo‘lidagi ishlarni sarhisob qilib, bu borada quyidagi erishilgan
natijalar hamda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni alohida ta’kidlab o‘tdi:
- mamlakatimizda umumiy o‘lim ko‘rsatkichi keyini 10 yilda qariyb 20 foizga
kamaydi;
- go‘daklar o‘limi ko‘rsatkichi yangi tug‘ilgan har 1000 nafar chaqaloqqa
nibatan 23 tadan 13 taga tushdi va birgina 2007 yilning o‘zida 11 foizga kamaydi;
- 2007 yilda Sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilishning ikkinchi
bosqichini amalga oshirish bo‘yicha maxsus dastur qabul qilinib, u hozirda amalga
oshirilmoqda;
- tibbiyot sohasi boshqaruv tizimining barcha bo‘g‘inlari qayta ko‘rib
chiqilmoqda;
- davolash-profilaktika muassasalari tarmog‘ini qayta tashkil etilmoqda;
- viloyatlarda kattalar va bolalar uchun ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari barpo
etilmoqda;
- qishloq vrachlik punktlari mustahkamlanib, ularning, avvalo, qishloq joylarda
kasalliklarning oldini olishga qaratilgan faoliyati kuchaytirilmoqda;
- aholiga yuksak texnologik, noyob tibbiy xizmatlar ko‘rsatadigan respublika
ixtisoslashgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tarmog‘i kengaytirilmoqda.
SHuni e’tiborda tutish lozimki, respublikamizda keyingi yillarda aholining kam
ta’minlangan va muhtoj qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularga moddiy
yordam ko‘rsatish borasida aniq yo‘naltirilgan samarali chora-tadbirlarni amalga
oshirish, ta’lim, kadrlar tayyorlash, sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish
sohalarida maqsadli umummilliy dasturlarni hayotga tatbiq etish yanada
faollashtirildi. 
Bu borada Prezidentimiz I.Karimov «Ijtimoiy himoya yili» davlat dasturi
doirasida amalga oshirilgan quyidagi ishlar hamda qo‘lga kiritilgan natijalarni
ta’kidlab o‘tdi: 
- aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida barcha manbalar hisobidan jami
483600 mln. so‘m, jumladan, 213200 mln. so‘m byudjet mablag‘i, 270400 mln.so‘m
miqdorida grantlar, ijrochilar hamda homiylar mablag‘i sarflandi;
- 15 ta maxsus maktab-internat va «Mehribonlik» uylarida jami 4800 mln.
so‘mlik qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlari bajarildi;
- davlat byudjetidan 4600 mln. so‘mga yaqin mablag‘ sarflanib, 28 ta
«Mehribonlik» uyi hamda 86 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internatga 114 ta
zamonaviy avtobus, 4 ta oilaviy bolalar uyiga «Damas» mikroavtobusi berildi;
- yosh oilalarning muammolarini echish, avvalo, uy-joy sotib olish va imorat
qurish, ro‘zg‘orni butlashga ko‘maklashish maqsadida tijorat banklari tomonidan
91


57500 mln. so‘mlik ipoteka va iste’mol kreditlari ajratildi va h.k.
SHuningdek, Prezidentimiz aholini ijtimoiy himoyalash borasidagi ishlar 2008
hamda kelgusi yillarda ham davom ettirilishini ta’kidlab, bu yo‘nalishda bajarilishi
zarur bo‘lgan vazifalarni belgilab berdi. Jumladan, agar ijtimoiy sohaga
yo‘naltirilayotgan mablag‘lar davlat byujetining umumiy xarajatlariga nisbatan 2006
yilda 51,9 foizni, 2007 yilda 53,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2008
yilda 54,6 foiz darajasida bo‘lishi ta’kidlandi.
2008 yilda «ijtimoiy soha ob’ektlarini qurish va foydalanishga topshirish
masalalariga ustuvor ahamiyat berilishi natijasida 113 ming 200 o‘quvchiga
mo‘ljallangan 169 ta kasb-hunar kolleji va 14 ming 700 o‘rinli 23 ta akademik litsey
qurildi va rekonstruksiya qilindi. SHu bilan birga, 69 ta yangi maktab barpo etildi va
582 ta maktab kapital rekonstruksiya qilindi. SHular qatorida 184 ta bolalar sporti
inshooti, 26 ta qishloq vrachlik punkti va 7 million 240 ming kvadrat metr turar-joy
binolari va boshqa ob’ektlar qurildi». Bularning barchasi mamlakat aholisini ijtimoiy
jihatdan har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish, uning turmush
farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish