Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”


V.A. Daudov va Muhammad Yusuf elchiligi to’g’risida manbalar



Download 3,07 Mb.
bet98/114
Sana12.07.2022
Hajmi3,07 Mb.
#780519
TuriReferat
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   114
Bog'liq
Manbashunoslik MAJMUA

V.A. Daudov va Muhammad Yusuf elchiligi to’g’risida manbalar
Vasiliy Aleksandrovich Daudov asli fors (eronlik) bo’lib, 1653 yili Qozonda xristianlikni qabul qilgan, Rossiya davlatining xizmatiga kirgan ham stolnik va voevoda lavozimida xizmat qilgan44. Muhammad Yusuf esa asli musulmon (tatar). U ham ruslarning xizmatida bo’lgan.
Avvalo shuni alohida aytib o’tish kerakki, har ikkala elchi – V.A.Daudov va M.Yu.Qosimov Buxorogacha yuirga borishgan bo’lsalar-da, elchilar mahkamasidan alohida-alohida topshiriq olganga o’xshaydilar, chunki V.A.Daudov va M.Yu.Qosimovga berilgan yo’riqnoma (nakaz) bizgacha yetib kelmagan. U 1800 yilgacha Rossiya tashqi ishlar mahkamasining arxivida saqlanar edi. 1806 yili o’tkazilgan tekshirish paytida u turgan joyidan topilmagan. Shu sababdan V.A.Daudov va M.Yu.Qosimov qanday vazifalarni ado etganliklarini aniq bilmaymiz. Buni V.A.Daudovning elchilik mahkamasidan olgan yo’riqnomasi (nakaz)dan taxminan bilib olish mumkin. Ular quyidagilar:
1.Buxoro va Xiva xonliklarining Moskva hukumati bilan diplomatik aloqalarini rivojlantirishga xohishi bormi-yo’qmi, shuni aniqlash;
2.Xonliklarda yashab turgan rus asirlarini ozod qilish;
3.Ikki davlat, Rossiya, Xiva va Buxoro xonliklari o’rtasidagi savdo va elchilik karvonlarining xavfsizligini ta’minlash uchun Kaspiy dengizining kun chiqish tarafida, dengiz sohilidagi Saratosh tepaligida kemalar to’xtaydigan bandargoh qurishga Xiva xonining roziligini olish;
4.Amudaryoning boshi va o’zani, daryo sohilida istiqomat qilib turgan xalqlar, ularning mashg’uloti va turmush tarzi haqida ma’lumot to’plash;
5.Buxorodan Hindistonga olib boradigan yo’llar, Hindiston hukumatining Rossiya bilan savdo va diplomatik aloqalarini o’rnatishga xohishi bor-yo’qligini M.Yu.Qosimovga berilgan topshiriqda aniqlash.
Elchilik Buxoro va Xivada, yo’lga ketgan vaqtni qo’shib olaganda, Buxoroda 1675 yilning 15 mayidan – 1676 yil 2 oktyabrigacha bo’lgan.
Elchilik Buxoroga 1676 yil 20 yanvar kuni kelib tushgandan keyin M.Yu.Qosimov o’z vazifasini ado etish uchun Hindistonga jo’nab ketdi.
Garchi V.A.Daudov va M.Yu.Qosimov elchiligining hisoboti («Stateynыy spisok») 1800 yildan keyin yo’qolgan bo’lsa-da, tadqiqotchilar N.Selifontov, V.V.Bartold va A.B.Pankov asarlaridan (Ocherk slujebnoy deyatelnosti i domashnoy jizni stolnika i voevodы XU111 stoletiya Vasiliya Aleksandrovicha Daudova. Letopis zanyatiy Arxeograficheskoy komissii, vыp.5, SPb.,1871, s.1-41; V.V.Bartold, Istoriya izucheniya Vostoka v Yevrope i Rossii, soch.T.1X,-M.: 1977,s.372; A.B.Pankov. K istorii torgovli Sredney Azii s Rossiey v 1675-1725 g.g.,-Tashkent: 1926) ma’dum bo’lishicha, Buxoro va Xiva xonlari Rossiya bilan savdo-diplomatik munosabatlarini rivojlantirishga tarafdor ekanliklarini bildirganlar va shunga harakat qilganlar. Tez orada Kaspiy dengizi sohilida Qarag’an bandargohining qurib ishga tushirilishi va Buxoro xoni o’z xo’jaligida xizmat qilib turgan rus asarlaridan 38 tasini ozod qilganligi ham yuqorida bildirilgan fikrga dalil bo’la oladi.
Xiva xoni Anushaxon bir tarafdan turkmanlar bilan qalmoqlar va qozoqlarning tez-tez Xiva hududlariga qilib turgan talonchilik yurishlari, ikkinchi tarafdan Buxoro va Xiva o’rtasidagi ziddiyatlar natijasida Rossiyaning iqtisodiy va harbiy yordamiga mutoj edi. V.A.Daudovga Buxorodan qaytishida Xivada Anushaxon otalig’i mana bu gaplarni aytgan: «Anushaxon Vasiliyga Xiva xoni yaqinda podshoh oliy hazratlari ulug’ knyaz Aleksey Mixaylovich do’stlik va hamkorlik munosabatlarini davom etishi va har ikki tomondan savdo karvonlari bordi-keldi qilib turishi (zarurligi) haqida maktub oldilar. (O’z navbatida) Xiva xoni ham podshoh oliy hazratlari ulug’ knyaz bilan shunday aloqalarni avvalgidan ham ziyoda bo’lishini istaydilar».
M.Yu.Qosimov elchiligiga kelsak, unga Buxorodan Hindistonga olib boradiganyo’llar va Hindiston podshosi Avrangzeb (1658-1707 yy.)ning Rossiya bilan diplomatik aloqalarni o’rnatishga mayli bormi-yo’qmi ekanligini aniqlab kelish topshirilgan edi. Shuning uchun ham u Buxoroga kelganlaridan ko’p vaqt o’tmay, Hindistonga jo’nab ketdi. M.Yu.Qosimov faqat Kobulgacha bordi. «Shoh (Avrangzeb) ulug’ podshoh bilan do’stona aloqalar o’rnatishni istamagani» uchun orqaga qaytishga majbur bo’ldi va 1677 yili Moskvaga qaytib keldi.


Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish