Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”


Sho’ro davrida tarix xorijiy olimlar asarlarida



Download 3,07 Mb.
bet106/114
Sana12.07.2022
Hajmi3,07 Mb.
#780519
TuriReferat
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   114
Bog'liq
Manbashunoslik MAJMUA

Sho’ro davrida tarix xorijiy olimlar asarlarida
O’zbekistoning sho’ro davrida tarixiy Rossiya va maxalliy olimlar tomonidan mavjud mafkura ruhida yoritilganligi sababli chet el olimlarining ularga munosabati ma’lum ilmiy qiymatga ega.
Albatta ularning bazilarida g’oyaviy kurash ta’siri aks etgan. Lekin ayrim yirik olimlar tadqiqotlari, xususan Axmad Zakiy Validiy Tug’on asarlarini misol qilib keltirish mumkin.
Bu davrda O’zbekistonda bo’lgan chet el tarixchilarining taassurotlari ham ma’lum darajada ilmiy qimmatga ega.


Sho’ro davri tarixi zamonaviy tadqiqotlarda.
Tarix fani mustabidchilik davrida O’zbekistonning sovet davrini (1917-1991 yillar), respublikamiz davlat mustaqilligini qo’lga kirutgunga qadar bo’lgan tarixini o’rganish borasida muayyan ishlarni amalga oshirdi. Turixchi olimlarning sa’y-harakatlari bilan, o’sha davr nuqtai nazaridan, katta miqdordagi tarixiy manbalar to’plandi, ular bir tizimga solinib, ilmiy jihatdan umumlashtirildi. Biroq bu asarlar jamiyatshunoslikda hukmron bo’lgan markscha uslub asosida, sinfiylik va partiyaviylikning asosiy printsiplari negizida yozilgan edi. Shu boisdan bu asarlarda tarixiy jarayon ko’p jihatdan bir tomonlama, noxolis, tarixiy dalil va voqealar ataylab buzib ko’rsatildi, kommunistik mafkuraga xos xulosalar qilindi.
Binbarin, chop etilgan ana shu ilmiy, ilmiy-ommabop ishlar kontseptual tuzilishi, oldiga qo’ygan vazifasi, uslubiy jihatlar xilma-xilligiga yo’l qo’yilmaganligini, yagona siyosiy mafkura qolipida yozilganligini e’tiborga olib, sovet davri tarixiy adabiyotlarining har biriga alohida berishni lozim ko’rmadik. Shuningdek, 73 yillik sovet tuzumi davrida sotsializmni ulug’lab yozilgan tarixiy adabiyotlarning son-sanog’i yo’qligini inobatga olib, mavzuga oid adabiyotlar ro’yxatini berishni ham maqsadga muvofiq emas deb hisobladik.
9 Mavzu: O’zbekistonning mustaqil taraqqiyoti yillaridagi tarixiga oid manbalar. Tarixiy manbalarni to’plash va saqlash
Mustaqil O’zbekiston davlatining tashkil topishiga oid materiallar. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov asarlari mustaqil O’zbekiston tarixi bo’yicha asosiy manba. O’zbekistonda demokratik davlat tizimini barpo etishga doir hujjatlar tarixiy manba sifatida. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni nashrlari, O’zbekiston Oliy Majlis hujjatlari muhim tarixiy manba. Mustaqillik davri turli hujjatlari, statistik ma’lumotlar, nashr materiallari, matbuot materiallari va boshqa ma’lumotlar tarixiy manba sifatida.
Mustaqillik yillari ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning tezkorligi, voqea va hodisalarning shiddatliligi, olamu odam taqdiriga daxldor bo’lgan dunyoviy muammolaru serqirra hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan umumiy qarashlarimizdan tortib, eng kichik, eng shaxsiy yumushlarimizgacha bo’lgan barcha hodisalarni o’zida mujassam etdi. Mudroq bosgan tuyg’ularimizni junbushga keltirdi. Boshqacha qilib aytganda, hayotga tiyrakroq qaraydigan bo’ldik. O’zligimizni anglay boshladik.
Tabiiyki, bunday hayotiy zaruriyat barcha ijtimoiy-gumanitar fanlar qatori tarix fani oldiga ham yangi vazifalar qo’yadi. Tadqiqotchilar birinchi navbatda xalqning istiqlolga erishish yo’lidagi fidoyi mehnatini, milliy mustaqillikka erishish yo’llari va vositalarini, milliy davlatchilik qurilishiga doir tajribani, istiqlolni mustahkamlashning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy omillarini o’rganish va milliy istiqlol mafkurasini yaratish kabi bir qator muhim muammolarni har tomonlama mushohada qilmoqlari lozim. Darhaqiqat, o’rganishga, tadqiq etishga, dastlabki ilmiy-nazariy xulosalarni o’rtaga tashlashga asos bor.
2000 yil, 6 aprel kuni Oq saroyda mamlakat Prezidenti bir guguh olimlar, faylasuflar, tarixchilar va mutaxassislar bilan uchrashib, milliy mafkura, milliy ong taraqqiyoti, uning zarurati haqida gapirdi.
«Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q»,-degan edi I.Karimov. Darhaqiqat, tarix xotirasi inson taraqqiyotiga kuchli ta’sir o’tkazadi, milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Milliy ong, milliy tafakkur xalq xalq tarixi, uning rivojlanish bosqichlarini nechog’lik o’rganish, undan saboq chiqarish bilan bog’liq. Ulug’ allomalar aytganidek, tarix insonni istiqbolga da’vat etadi. Ulkan yaratuvchilikni rag’batlantiradi. Zotan, uning murabbiylik, tarbiyachilik, yo’naltiruvchilik kuchi xuddi ana shunda.
Shu ma’noda mamlakatimiz rahbarining O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi qoshida «O’zbekistonning yangi tarixi» Markazini tashkil qilish to’g’risida chiqargan Farmoyishi katta tarixiy va siyosiy ahamiyatga ega. Qo’lingizdagi «Mustaqil O’zbekiston tarixi» kitobi ana shu xayrli yo’lda qilingan dastlabki ishdir.
Kitobda O’zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi, yangi jamiyatga o’tish davrida siyosiy islohotlarning amalga oshirilishi, O’zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurilishi, fuqarolik jamiyatining shakllantirilishi, iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirishga doir tadbirlar, mamlakatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning ta’minlash omillari, ma’naviy-ruhiy poklanish va milliy qadriyatlarning tiklanishi hamda O’zbekistonning jahon hamjamiyatidan munosib o’rin olishi kabi masalalar ko’rib chiqiladi.
Xullas, «Mustaqil O’zbekiston tarixi» kitobi ana shu tarixiy jarayonlarni mumkin qadar to’laroq qamrab olish, uni jamlash, ma’lum bir tartibga solish, qolaversa, ana shu jarayonlarni iloji boricha ko’proq o’rganish orzu-istagida vujudga keldi. Darhaqiqat, mustaqillik davrida o’tgan kunlarimiz alohida o’rganishni, tadqiq etishni, ilmiy va nazariy xulosalar chiqarishni taqozo etmoqda. Buning o’ziga xos asoslari bor.



Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish