Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”


Mavzu: O’zbekistonning XX asr tarixiga oid manbalar



Download 3,07 Mb.
bet104/114
Sana12.07.2022
Hajmi3,07 Mb.
#780519
TuriReferat
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   114
Bog'liq
Manbashunoslik MAJMUA

8 Mavzu: O’zbekistonning XX asr tarixiga oid manbalar
Rossiyadagi fevral inqilobi va Turkistondagi siyosiy jarayonlarni aks ettiruvchi materiallar. Oktyabr voqealaridan keyin Turkistonda Sho’rolar hukumati tashkil topishi va yangi davlat tarixi bilan bog’liq manbalar. Sovet hokimiyatining dekretlari. Sovetlar s’ezdlarining qarorlari, partiya tashkilotlarining hujjatlari manba sifatida. Turkistonda muxtoriyatchilik va istiqlolchilik harakati tarixiga oid hujjatlar tarixiy manba sifatida. O’rta Osiyoda milliy chegaralash tarixiga oid hujjatlar. O’zbekistonning 1925-1941 yillardagi tarixini yorituvchi manbalar; qatag’onlar tarixi aks etgan hujjatlar. 1941-1945 yillar urushi tarixiga oid materiallar. O’zbekistonning 1945-1991 yillardagi tarixiga oid hujjatlar. Statistik to’plamlar. Ish yuritish hujjatlari.
Yaqin o’tmishimizning sobiq sovet hokimiyati hukmronlik qilgan davri (1917-1991 yillar) mamlakatimiz tarixida o’ziga xos o’rin egallaydi. Bu davr, garchi tarixan qisqa bo’lsa-da, lekin o’zining murakkabligi va ziddiyatliligi bilan ajralib turadi. 1917 yil oktyabrida bolsheviklar zo’rlik bilan amalga oshirilgan to’ntarish sobiq Ittifoq xalqlari, shu jumladan, O’zbekiston xalo’lari tarixida salkam 75 yil davom etgan yangi mustamlakachilik sahifasini boshlab berdi. Natijada chor mustamlakachilik imperiyasi o’rnini «qizil imperiya» egalladi. Yangi mustamlakachilik zulmi ostida yashagan o’lka xalqlari bolsheviklar «sotsialistik tajribasi»ning barcha mash’um mushkulotlarini boshdan kechirdilar. Eng achinarlisi shundaki, respublikadagi ijtimoiy-siyosiy tarixiy jarayonning o’ta murakkab va ziddiyatli kechishi ko’plab qurbonlar berilishiga, madaniy va ma’naviy yo’qotishlarga olib keldi.
Oktyabr to’ntarishidan keyin O’zbekistonning Turkiston hududida bo’lgan anchagina qismi Turkiston Avtonom Respublikasi sifatida RSFSR tarkibiga qo’shib olindi. 1924 yilda zo’raki o’tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish natijasida O’zbekiston SSR tashkil topib, SSR Ittifoqi tarkibiga kiritildi. SSR Ittifoqi o’z mohiyatiga ko’ra unitar (qo’shma) davlat edi. Oqibatda O’zbekiston to’la-to’kis Moskvaga qaram bo’lib qoldi. O’zbekiston SSR faqat nimgagina mustaql edi. Respublikaning rahbar organlari Kompartiya Markaziy Qo’mitasi (MQ) va Ittifoq hukumati tomonidan tayinlanar, binobarin, ularga bo’ysunardi. Ular respublika va uning xalqlari manfaatlari emas, balki Markaz (Moskva; umuman Sovet Rossiyasi.-Tahririyat) manfaatlari yo’lida siyosat yurgizishga majbur edilar. O’zbekiston xalqlarining suveren huquqlari asosida ularning tub manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan ularning tub manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan vatanparvarlik kayfiyatidagi milliy rahbarlarning chiqishlarini mustabid tuzum g’oyat qat’iyatlik bilan barham toptirardi.
Mustabid tuzum O’zbekistonni Markaz tarkibidagi mustamlaka sifatida o’z iskanjasida doimiy saqlab qolish va uni metropoliyaning xom ashyo bazasi va mahsulot bozori sifatidagi holatini yanada mustahkamlashga intildi. Bunday siyosat oqibatida respublikaning iqtisodiy rivojlanishi bir tomonlama kechdi, uning qishloq xo’jaligi tobora ko’proq paxtachilik yo’nalishiga ega bo’lib bordi, shu alfozda paxta yakkahokimligi qaror topdi. O’zbekiston sanoati asosan qishloq xo’jaligi extiyojlariga xizmat qilishga yo’naltirilgan edi. Sanoatda qishloq xo’jaligi mahsulotlariga dastlabki tarzda ishlov beradigan tarmoqlar asosiy o’rinni egallardi. Respublika xom ashyosining pirovard mahsuloti Ittifoq sanoat markazlarida ishlab chiqarilar, binobarin, foydaning asosiy qismi ham o’sha yerda qolardi.
Markazning O’zbekitondagi mustamlakachilik siyosati respublikaning madaniy rivojida ham o’zining yaqqol ifodasini topdi. Garchi bu sohada birmuncha ijobiy siljishlarga erishilgan bo’lsa-da, o’lka xalqlarining ma’naviy hayoti to’la-to’kis o’z davrining hukmron mafkurasi va siyosati ta’siriga olindi, baynalmilallik niqobi ostida respublikani ruslashtirishga intilish ro’y berdi. O’zbek xalqining milliy madaniy qadriyatlari oyoqosti qilindi, O’zbek tili ikkinchi darajali tilga, rus tili esa davlat va asosiy muomala tiliga aylantirildi.
Darvoqe, Markazning bunday mafkura siyosati tufayli xalqimiz hayotining barcha sohalariga putur yetkazilganligini ta’kidlash barobarida respublika tarixiy o’tmishining sovet davrida ham bir qator ijobiy ishlar qilinganligini aytib o’tmaslik noxolislik bo’lur edi. Zero, o’sha yillarda xalqimizning fidokorona mehnati bilan ko’plab zavod va fabrikalar qurildi, millionlab gektar yangi yerlar o’zlashtirildi, katta-katta kanallar qazildi, qishloq xo’jaligining moddiy-texnika negizi mustahkamlandi, uning mahsulotlari hajmi ortdi. O’nlarcha oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari ochildi, ularda xalq xo’jaligining barcha tarmoqlari uchun mutaxassislar tayyorlandi, umumta’lim maktablari hunar-texnika bilim yurtlarining keng tarmog’i tashkil etildi, ko’pgina madaniy-ma’rifiy muassasalar barpo qilindi. Natijada aholining ta’limiy va madaniy saviyasi oshdi. To’g’ri, bu yutuqlarning barchasiga mustabid tuzum davrida aytish odat bo’lib qolgan «partiyaning dono siyosati» tufayli emas, balki xalqimizning sadoqatli, fidokorona mehnati tufayli erishildi.
Biroq, shuni alohida ta’kidlash joizki, og’ir va mashaqqatli mehnatlar evaziga yaratilgan ana shu moddiy boyliklar o’zbek xalqi, uning farovonligi uchun xizmat qilmadi. Aksincha, bu moddiy-ma’naviy boyliklar o’zbek xalqini kamsitish, milliy g’ururini oyoqosti qilish, o’zligini unuttirish, kommunistik mafkurani yanada kuchaytirish uchun xizmat qildi. O’zbekiston hududida bunyod etilgan korxonalar (ayniqsa, kimyo kombinatlari), keragidan ortiqcha o’zlashtirilgan qo’riq va bo’z yerlar, qazilgan kanallar, qurilgan suv omborlari respublikaning ekologik ahvolini murakkablashtirdi, Orol dengizining qurib borishini tezlashtirdi, dexqonchilik yerlari tarkibini o’zlashtirib yubordi, atrof muhitni, ichimlik suvini zaxarladi. Modomiki shunday ekan, Sovet davlati «eksperimentlari» natijasida barcha xalqlar boshiga tushgan fojialar va kulfatlarni, mustabid tuzum, hukmron partiya tomonidan sovet xalqlariga qarshi olib borilgan zo’rovonlik va g’ayriinsoniy siyosatni huch qachon oqlash mumkin emas.


Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish