Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”


Asosiy siyosiy ijtimoiy voqealar



Download 0,99 Mb.
bet108/144
Sana14.01.2022
Hajmi0,99 Mb.
#365674
TuriReferat
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   144
Bog'liq
Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”

Asosiy siyosiy ijtimoiy voqealar

1219-1221 yillar ichida O’zbekiston mo’g’ullur tomonidan istilo etildi. 1227 yili Chingizxon Yettisuv, Koshg’ar, Movarounnahr va Xorazmning sharqiy qismini, shuningdek, hozirgi Afg’onistonning shimoliy qismini ikkinchi o’g’li Chigatoyga (1227-1241 y.) in’om qildi. Bu ulus tarixda Chig’atoy ulusi nomi bilan mashhur. Chig’atoy ulusining oliy hukmdorlari ham, qoraxitoylar singari, ulusni maxsus ijaradorlar, ya’ni xoraщmlik mashhur savdogar Mahmud Yalavoch (1125-1238 yy.) va uning o’g’li Ma’sudbek (1238-1289 yy.) yordamida idora qildilar.

Munko qoon (1251-1260 yy.) taxtga o’ltirgandan keyin, Jo’ji ulusining oliy hukmdori Botuxon (1227-1255 yy.) bilan til biriktirib, Chig’atoy avlodining ko’pchiligini qatl ettirdi va Chig’atoy ulusini o’rtada bo’lib olishdi.

Lekin, oradan ko’p vaqt o’tmay, Olg’u (1261-1266 yy.) ulus mustaqilligini tiklashga muvaffaq bo’ldi. Mubrakshoh (1266 y.) va Baroqxon (1266-1271 yy.) davrida mo’g’ud hukmdorlari mahalliy aholi bilan yaqinlashish maqsadida islom dinini qabul qildilar. Natijada, 1266 yili xon hamda ba’zi mo’g’ul urug’lari (masalan, jaloiriylar) Yettisuvdan Movarounnahrga ko’chib o’tdilar. Bu hol o’z navbatida tarqoqlik va parokandalikka olib keldi. X1U asrning 50-yillariga kelib, Chig’atoy ulusi ikkiga ajralib ketdi – Yettisuv va Koshg’arda qolgan mo’g’ullar mustaqillik e’lon qilib, o’z davlatlarini tuzib oldilar. Bu davlat tarixda Mo’g’uliston yoki Jete nomi bilan mashhurdir.

Mo’g’ullar hukmronligi yillarida Movarounnahr xalqi ikki tomonlama – mo’g’ul hukmdorlari dorug’alar, bosqoqlar hamda mahalliy yer egalari zulmi ostida qoldi. Ular asosiy daromad solig’i xirojdan tashqari talaygina boshqa soliq va jarimalar –dorug’agi, sar shumor, ulufa, tamg’a, qupchur yasog’i, tag’or, bigor va boshqalarni to’lashga majbur etilgan edilar.

Og’ir chorakorlik mehnati, mo’g’ul hukmdorlarining beboshligi mehnatkash xalqning sabr kosasini to’ldirdi. Buxoro viloyatining xalqi kosib Mahmud Tarobiy va ilohiyot olimi Shamsuddin Mahbubiylarning atrofiga uyushib, 1238 yili qo’zg’olon ko’tardi, lekin qo’zg’olon boshqa shahar va viloyatlarga yoyilmadi. Natijada Buxorodagi qo’zg’olon Yettisuv va Xo’janddan Ildiz no’yon hamda Chuqan qurchi boshchiligida yuborilgan mo’g’ul qo’shini tomonidan bostirildi.

XIV asr ikkinchi yarmiga kelib Chig’atoy ulusining janubiy-g’arbiy qismini tashkil etgan Movarounnahrda siyosiy tarqoqlik yanada kuchaydi. Bu ayniqsa amir ul-umaro Qazag’on vafotidan (1358 yili) keyin kuchayib, mamlakat mayda qismlarga bo’linib ketdi. Masalan, Shahrisabzda Xoji barlos mustaqillik bayrog’ini ko’tardi. Xo’jandda Boyazid jaloir mustaqillik e’lon qildi. Balxda Amir Xusayn xon ko’tarildi, Shibirg’onni Muhammad Apardi egalladi. Xuttalonda Kayxusrav o’zini podshoh deb e’lon qildi. Badahshon mahalliy hukmdorlar – Badaxshon shohlari qo’liga o’tdi.

Feodal tarqoqlikdan barlos amirzodalaridan Amir Temur ustalik bilan foydalandi va 1370 yili oliy hokimiyatni qo’lga oddi. 1370-1378 yillari u mamlakatdagi tarqoqlikni tugatib, Movarounnahr va Xorazmni o’ziga bo’ysundirdi. 1381-1402 yillari Amir Temur qo’shni mamlakatlar ustiga harbiy yurish qilib, Eron, Kavkaz orti, Iroq, Kichik Osiyo va Shimoliy Hindistonni istilo qildi, Oltin O’rda xoni To’xtamishga (1376-1395- yy.) qaqshatich zarba berib, uni poytaxti Saroy Berkani egalladi.

Amir Temur va Temuriylar davlati mayda uluslarga bo’lingan holda idora qilindi. Masalan, Amir Temur saltanati to’rt qismga bo’lingan edi: Xuroson, Jurjon, Mozandaron va Seiston (markazi Hirot shahri) Shohruxga; Ғarbiy Eron, Ozarbayjon, Iroq va Armaniston (markazi Tabriz), Mironshohga; Fors, ya’ni Eronning janubiy qismi (markazi Sheroz), Mironshohga; Fors, ya’ni Eronning janubiy qismi (markazi Sheroz), Umarshayxga; Afg’oniston va Shimoliy Hindiston (markazi Ғazni, keyinchalik Balx), Pirmuhammadga suyurg’ol (shahzoda amirlarga toju taxt oldidagi katta xizmatlari uchun shartli tarzda in’om qilingan yer-suv va uni idora qilish huquqi berilgan edi.

Amir Temur vafotidan (1405 yil 18 fevral) keyin 1409 yilgacha o’zaro kurash davom etdi. Shohruh Mirzo (1409-1447- yy.), Mirzo Ulug’bek (1409-1449- yy.), Sulton Abu Said Mirzo (1451-1469 yy.), Sulton Husayn Mirzo (1459-1506- yy.) davrida davlat nisbatan markazlashgan edi va xalqaro obro’ga ham ega edi.

XV asrning 80- yillaridan boshlab, o’zaro hamjihatlik juda susaydi. Movaronnahrning bir o’zida deyarli uchta mustaqil davlat bo’lib, ularda Sulton Abu Said Mirzoning o’g’illari Sulton Ahmad Mirzo Samarqandda, Umarshayx Mirzo Farg’onada va Sulton Mahmud Mirzo Hisor, Xuttalon hamda Badaxshonda hokimi mutlaq hisoblanar edilar.

Amir Temur va Temuriylar davrida ham yer-suv hamda huearmandchilik korxonalarining katta qismi podshoh xonadoni va badavlat kishilar qo’lida bo’lib, mehnatkash xalq ularning yerini ijaraga olib kun kechirar edi. Ular xiroj, dorug’agi, mirobona, jon solig’i, avorizot, boj, tamg’a, zakot, peshkash, sovari kabi soliq va jarima to’lashga, hukumat va katta yer egalarining turli-tuman yumushlarini bajarishar edilar.

Amir Temur davrida davlat tepasida rasman Chingiz avlodidan bo’lgan Suyurg’atmish (1370-1380- yy.) va Sulton Mahmudxon (1380-1402- yy.) turdi, lekin amalda butun hokimiyat Amir Temur qo’lida edi. Keyincha xon ko’tarish tartibi bekor qilindi va oliy hukmdor o’zini podshoh deb e’lon qildilar. Viloyat va tumanlarda hokimiyat markaziy hukumat tarafidan tayinlangan dorug’alar qo’lida bo’ldi. Davlat ishlari asosan turli muassasa – devonlar, devoni oliy – markaziy ijroiya organi, devoni mol – moliya ishlari mahkamasi va devoni tavochi - harbiy ishlar mahkamasi va boshqalar qo’lida bo’lgan. Din, shariat bilan bog’liq ishlar qozi va shayxulislom qo’lida edi.

Amir Temur va Temuriylar davrida Movarounnahrdagi Samarqand, Shahrisabz, Buxoro kabi shaharlar iqtisodiy va madaniy jihatdan o’sdi, hunarmandchilik va savdo sotiq rivoj topti. Movarounnahrining Xitoy, Hindiston, Arabiston mamlakatlari, Mo’g’uliston, Oltin O’rda va Yevropa mamlakatlari bilan iqtisodiy va madaniy aloqalar kengaydi. Bu davrda ilm-fan va madaniyat rivojlandi. Bu davrda Nizomiddin Shomiy va Hofizi Abru, Sharafuddin Ali Yazdiy va Abdurazzoq Samarqandiy, Muhammad Mirxond va Ғiyosiddin Xondamir kabi muarrix olimlarni, Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy, Bisotiy Samarqandiy va Xoja Ismatulla Buxoriy, Shayx Ahmad Suhayliy va Kamoluddin Binoiy kabi juda ko’p iste’dodli shoir va olimlarni yetishtirdi.




Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish