1917- yilning 8- noyabr kuni Sovet davlati «Sulh to’g’risida»gi dekretni qabul qildi.

Sulh to’g’risidagi dekret bosqinchilik urushini keskin qoralagan va uni insoniyatga qarshi eng og’ir jinoyat deb e’lon qilgan.
Sovet hukumati har qanday sharoitda ham separat sulh tuzishga intildi. Chunki, armiya jangovar ruhini to’la yo’qotgan va Sharqiy front chok-chokidan so’kilib ketgan sharoitda urushni davom ettirish to’la halokat bilan barobar edi.
1917- yilning 15- dekabrida Sovet Rossiyasi va Avstriya-Germaniya qo’mondonligi o’rtasida yarashish bitimi imzolandi. Bunday bitim 9- dekabr kuni Ruminiya bilan ham imzolangan edi. Shunday qilib, Sharqiy front harakatsiz qotib qoldi.
Verden jangi
Germaniya hukmron doiralari Rossiyani tor-mor eta olmagach, yana asosiy e’tiborni G’arbiy frontga qaratdi. Bundan ko’zlangan maqsad—Fransiya taqdirini uzil-kesil hal etish edi. Germaniyaning Fransiyaga hujumi Verden qal’asiga uyushtirildi. Chunki, bu qa’la Parij yo’lini to’sib turar edi. Germaniya armiyasining hujumi 1916- yilning 21- fevralida boshlandi va 21- martgacha davom etdi. Nemis piyoda askarlari hujumga ko’tarilganda fransuzlar kutilmaganda ularni to’plardan qattiq o’qqa tutdilar.
Yozgacha bo’lgan oraliq muddatda nemis armiyasi atigi 7 km oldinga siljiy oldi. Germaniya armiyasining Verden yo’nalishidagi harbiy harakatlari shiddatini yanada kamaytirish maqsadida Fransiya bosh qo’mondonligi nemislarning Somma daryosi bo’ylab o’tgan mudofaa chizig’ini yorib o’tishga qaror qildi. Fransuz va ingliz armiyasi 1- iyulda Somma daryosi bo’yida hujumga o’tdilar. Bu qonli jang 18-noyabrgacha davom etdi. Bu jangda inglizlar urushlar tarixida birinchi bor yana bir yangi qurol — tankni ishga soldilar. Po’latdan yasalgan bu dahshatli qurol dushman qo’shinini dastlab qattiq sarosimaga solib qo’ydi. 1916- yilning 21- dekabridan boshlab nemis armiyasi mudofaaga o’tishga majbur bo’ldi. Verden va Somma janglari misli ko’rilmagan darajada qirg’inbarot jangi ham bo’ldi. Ularda har ikki tomondan 2 million 260 mingdan ortiq jangchi halok boigan. Verden jangi tarixga «Verden qirg’ini» nomi bilan kirganligi bejiz emas.