Tarix fani metodologiyasi asoslari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Download 87,23 Kb.
bet1/5
Sana07.12.2020
Hajmi87,23 Kb.
#52946
  1   2   3   4   5
Bog'liq
tarix fani metodologiyasi asoslari f


Aim.uz

Tarix fani metodologiyasi asoslari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

1. Metodologiya tushunchasi.

2.Tarix fani metodologiyasi tushunchasi.

3.Tarix fani metodologiyasi asoslari fanining maqsadi va vazifalari.
1. Metodologiya tushunchasi. Metodologiya-nima va u nima uchun kerak? Hozirgi ensiklopediya ma’lumotlarida metodologiyani bir necha tushunchalari mavjud. Metod – faoliyat usullarini boshqaradigan qoida, norma va mezonlardir.

1) Metodologiya-yunoncha “metod”-usul, “logiya”-bu tuzilma to’g’risidagi ta’limot, faoliyat metodlari va faoliyat vositalarini mantiqiy tashkillashtirish demakdir. Metodologiya atamasi miloddan avvalgi IV asrda Aristotel asarlaida uchraydi.

2) Metodologiya-bu nazariy va amaliy faoliyatni qurilish va tashkillashtirish usullari va tamoyillar tizimidir.

3) Bu tizim to’g’risidagi ta’limot, metod nazariyasi.

Metodologiya bu unga tegishli metodlar to’plami. Fan metodologiyasi ilmiy bilimni tuzilmasi va rivojlanishini tadqiq qiladi, ilmiy tadqiqot vositalari va metodlarini tadqiq qiladi, uni natijalarini asoslash usullarini tadqiq qiladi, ilmiy bilishni amalgam tadqiq qilishni mexanizm va shakllarini tadqiq qiladi.

4) Metodologiya- bu bilishning ilmiy metodi to’g’risidagi fan yoki boshqacha aytganda boshqa fanlar kabi tarix fanida ham qo’llanadigan metodlar to’plamidir. Bu ma’lum tushunchalardan metodologiya faoliyatni tashkil etishdir.

E’tirof etilgan metodologiya tushunchasi quyidagilarni tashkil qiladi:


  1. tadqiqotning ob’yekti va predmetlarini (ob’yektning turli tomonlarini) tasvirlash,

  2. o’rganish maqsadlarini aniqlash

  3. muammo va masalalarni qo’yish

  4. qo’yilgan muammolarning manbalarini ochish

  5. tadqiqot muammolarini tarixshunoslik nuqtai-nazaridan asoslash

  6. vositalar tasviri (bilishni belgilash yo’llari metodlari)

  7. bilimni o’zini tasvirlash yoki tadqiqotda foydalaniladigan definitsiyalar.

Biz agar metodologiyani faoliyatni tashkil etishdagi fan deb qaraganimizda tashkil qilish yoki “tashkilot” tushunchasini mazmunini quyidagicha ko’rib chiqamiz.

Tushuncha bo’yicha tashkilot bu:

1. Ichki tartibga solinganlik, o’z tuzilishi bilan ma’lum darajada differensiyalashgan va avtonom qismlarini o’zaro harakatini kelishilgani;

2. Butunni qismlari o’rtasidagi o’zaro aolqalarini tashkil topishi va mukammallashishiga olib boradigan jarayonlar yoki faoliyatlarni mosligi;

3. Ba’zi dastur yoki maqsadni amalgam oshirish uchun ma’lum bir qoida va tartiblar asosida harakat qiladigan kishilar guruhi;


Tashkilot
Yuqorida aytilganlarga asoslangan holda metodologiyani quyidagicha tasavvur qilamiz:


Xossa

Tabaqalashgan ma’lum darajada butunni uni tuzilishi bilan shartlangan avtonom qismlari ichki tartibga solingani, kelishilgani o’zaro faoliyati



Jarayon

Butunni qismlari o’rtasida o’zaro aloqalarni tashkil topishi, mukammallashuviga olib keladigan jarayon yoki harakatlarni mosligi






Tashkiliy tuzilma

Ma’lum bir tartib-qoidalar asosida harakat qiladigan ba’zi dastur yoki maqsadlarni hamkorlikda amalgam oshirish uchun odamlar birlashmasi


Shunday tarzda metodologiyaning tuzilmasini quyidagi chizmasini ko’rish mumkin:

1. Faoliyat tavsifi:

alohidaliklari,

tamoyillari,

shart-sharoiti,

faoliyat normasi

2. Faoliyatni mantiqiy tuzilmasi;

sub’yekt,

ob’yekt,

predmet,

shakllar,

vositalar,

metodlar,

faoliyat natijasi.

3. Faoliyatni vaqtinchalik tuzilmasi;

Fazalar, bosqichlar, faoliyat bosqichlari.

Bunday xulosa qilganimizda metodologiya bu mustaqil fan u amaliy, nazariy bilimlarga asoslanadi.


Yangi davrdan boshlab (XVI-XVII asrlar) metodologik g`oyalar faqat falsafada emas, balki jadal rivojlanayotgan mexanika, fizika, kimyo, tarix va boshqa fanlar doirasida rivojlandi.Metodologiya atamasi ikki asosiy ma`noga ega: fanda malum usul va metodlarni qo`llanilishi; bu tizim to`g`risidagi ta`limot, metodni umumiy nazariyasi, harakatdagi nazariya.

Metodologiya metodning umumiy nazariyasi falsafada, fanda kashf etilgan metodlar, vositalar va priomlarni umumlashtirish va ishlab chiqish zaruriyatida shakllandi. Tarixan dastlab metodologiyani muammolari falsafa fani doirasida ishlab chiqildi. Suqrot va Aflotunning dialektik metodi, F. Bekonning induktiv metodi, R.Dekartning ratsional metodi, G.Gegel va K.Marksning dialektik metodi, L.Gusserlning fenomenologik metodi shular jumlasidandir. Shu sababli hozirgacha metodologiya falsafa va uning gnoseologik (bilish nazariyasi) va dialektika bilan yaqin aloqada.

Metodologiya dialektikadan ko`ra ma`lum ma`noda “keng” bo`lib, nafaqat umumiy, balki metodologik bilimning boshqa darajalarini ularni o`zaro aloqasini, modifikatdiyasini o`rganadi. Bilish nazariyasi sifatida metodologiya bilishning shakl va metodlarinin o`rganib qolmay, bilish tabiati muammolarini, bilishni amaliyotga munosabatini, bilish subyekti va obyektini, bilishning imkoniyatlarini va chegaralarini, uni haqiqiyligi mezonlarini va h.k. o`rganadi. Bundan tashqari metodologiya gnoseologiyadan ham “kengroq”, qaysiki uni faqat bilish metodi qiziqtirmay inson faoliyatini boshqa shakllari ham qiziqtiradi.

Mantiq (logika) fani metodologiya bilan yaqin aloqada, u tayyor bo`lgan bilimni tuzilmasini bayon etilganlarni aniq mazmuni va fikriy xulosalardan chetlashgan holda ramzlar va formulalar tilida uni formal aloqalari va unsurlarini tavsiflashga asosiy e`tiborni jalb qiladi.

Bilish nazariyasi fan metodologiyasi asosida yotadi. Bilish nazariyasi mavjud bo’lmasa, ilmiy tafakkur tamoyillari tizimini va uni metodlarini asoslab bo’lmaydi; aslida bilish nazariyasi bizning ongimiz, bizni bilimimizga uning aprior, empiric unsurlariga bergan e’tibor-ahamiyatni belgilaydi, o’sha tub asoslarga asosan biz uni huquqiy va umumahamiyatli deb tan olamiz; bizning tarqoq tasavvurlarimiz uchun birlashtirilgan ahamiyatga ega bo’ladi; bizning umumiy va ayrimlik to’g’risidagi bilimlarimizga qo’shib qo’yadigan o’sha ilmiy qiymat bo’ladi. Shu bilan birga yuqorida ko’rsatilgan muammolarni boshqa yechimga ko’ra biz mohiyatan boshqa emas, o’sha tamoyillarni qabul qilamiz, demak ular shartlagan fan metodlarini qabul qilamiz, boshqacha aytganda tegishli metodologiyani quramiz. Shunday qilib, fan metodologiyasi nazariy-bilish nuqtai nazaridan quriladi. Bilish nazariyasi uzoq vaqt bir tomonlama qurildi. U faqat tabiiy bilimlarni e’tiborga oldi va faqat “Tabiatni” o’rganishga qarab qoldi; keyingi vaqtda esa bilish nazariyasi yangi soha-tarixiy bilish nazariyasi bilan boyidi. Qaysiki, bu soha XVIII asrning oxiri XIX asrda mutafakkirlar tarixiy bilimni o’zini mantiqiy tuzilmasiga e’tibor bera boshladilar.

Fan tarzida metodologik mulohazalar odatda buyuk kashfiyotlar orqasidan borgan, chunki ilmiy ijodiyot metodologiya tomonidan yaratilmaydi, fan ham birdaniga yuzaga kelmaydi, uning keyingi rivoji uni metodologiyasini ishlanish darajasida bog’liq bo’lmaydi, bu yerda metodologiyaning fanni rivojlanishidagi o`rni emas, balki fan uchun ahamiyati to’g’risida so’z boradi. Amaliy nuqtai nazardan fanni metodologiyasi mantiqan uning xulosalari, uni tizimli yaxlitligi orqasidan boradi.

Metodologik mushohada bo’lmasa, asosiy tushunchalar o’ziga xos an’analarga suyanadigan bo’lib qoladi, ular umuman aniqlanmaydi yoki noto’g’ri anglanadi, qat’iy ishlab chiqilmagan atamalar mavjud bo’lmasa, u har bir tadqiqotchi tomonidan turlicha tushuniladi.

Bizni tafakkurimizdagi har qanday sohada ko’proq birlik izchillik va kelishuvchanlik hosil qilinsa, metodologiyani o’rganish bizni xulosalarimizni o’zimiz va boshqalar uchun yana ishonchli qiladi, faqat asoslarni yaxlitligi yoki birligi, yoki asosiy nuqtai nazarni saqlanganligi birlashishda izchillik va xulosalarni o’zaro kelishuvi bo’lganda, ularni o’zimiz va boshqalar uchun haqiqatdan ishonchli bo’lishini ta’minlash mumkin.




Download 87,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish