Kiyim-kechaklar va taomlar
Tojik yerkaklarining yozgi kiymi ko’ylak, cholvar, chopon, belbog’ va do’ppidan iborat. Yerkaklarning kuylagi kurtayi kitfak deyiladi. Ayollar kuylagiga qaraganda yenglari torroq va kaltaroq bo’ladi. Kukrak oldi yumalok kesiladi. Kurtayi yaxtagi deb ataladigan hili ham bor. Ishtonlari ayollariniki singari bog’ichli qilinadi. Ust tarafi keng, osti tor, ayollarnikiga nisbatan kaltarok qilib tikiladi. Ko’ylakni ishtonning ustidan tushurib yurishadi. Ustidan belbog’ - loki yoki chorsu bog’lanadi. Yozgi chopon o’zun, tizzadan tushib turadigan, yenglari qo’larini yopadigan qilib, satranji deb ataladigan, kupincha yul - yul matodan tikiladi. Sish kunlari qavilgan paxtali tun va chakmonda yuriladi. Norig’za nomli keng chorvor kiyiladi. Oyoqdariga ham tyeridan tikilgan choriq yoki oshlangan charmdan tayyorlangan mukki kiyiladi. Yog’och kovushlar kiyish xollari ham uchrab turadi. Bosh kiyimlari har joyda har xil buladi. Ko’pincha chukkaygan o’zun do’ppi kiyib yuriladi. Kitob do’ppilari, xozirda esa chuet do’ppi kiyishadi. Sovuq kunlarda do’ppi ustidan jun salla uraladi yoki jun telpak kiyiladi.
Tojik ayollarining kiyim - kechagi turli xil bichimda bo’lib yashayotgan joyiga karab har xil matodan turli ko’rinishda tikiladi. Ayollar ham ko’ylak, cholvar, qavilgan chopon kiyib, boshlariga rumol urashadi. Ayollar cholvorini ozor yoki poyjamo deb ham atashadi. Chopon, jamo, rumol, sobadaka deb yuritilgan. Ko’ylak ustidan kamzul kiyish odat tusiga kirgan. Ko’ylaklarning yoqasi qaytarzda tikilganiga karab bir necha xilga bo’linadi: peshchokak, par - pari, qozoqi, o’zbaki. Qiz bolalar bilan yosh juvonlar yoqasi, yenglarining uchi, etagiga har xil kashta tikilgan ko’ylak kiyishadi. Boshga rumol o’raydilar. Keyingi vaqtlarda ko’proq toki do’ppi kiyadigan bo’lib qolishdi. Tojik ayollari kiyadigan do’ppilar orasida Toshkent, Kitob, Samarqand, O’ratepa, Xo’jand, Darvoz do’ppilari uchraydi. Bu do’ppilar turli - tuman, ko’proq qizil,zangori, sariq, kuk pushti, oq iplardan tikilgan. Bir - biridan guli, bezagi bilan farq qiladi.
Oyoq kiyimi maxei, uchli kalish, tuflidan iborat. Sovuq kunlari xilma - xil rangli ipdan qo’lda tuqilgan paypoq - jurob kiyiladi.
Ayollarning bezak - taqinchoqlari asosan zirak, o’zukdan iborat. Sochlariga oddiy yoki qora ipdan yasalgan chura - kokil taqishadi. Kokil uchiga xilma - xil rangli ipdan popuk va munchoq osiladi.
Ko’pchilik no’xat shurva va arpa yoki tariq non iste’mol qilgan. Ba’zi xollarda atala bilan qanoatlanishga majbur bo’lganlar. Sut va sut mahsulotlari, bug’doy, meva kam bo’lgani uchun faqat bayram kunlari, tuy vaqtida yeyilgan. To’ni Badaxshondan olib kelishgan, choy ham kam bo’lgan.
Hunarmadchiligi. har turdagi ipdan paypoq to’qishgan. Bu odat Pomir buyi ayollarining juda qadimiy va ajoyib hunarlaridan hisoblanadi. Vaxan, Shugnon, Rushonda do’ppichilik taraqqiy etgan. Yog’ochdan sandiq, shamdon, turli idish - tovoq tayyorlash yaxshi yo’lga qo’yilgan.
Yashayotgan joyi, uning tibbiy va iqlimiy shart - sharoitlari mavjud imkoniyatlariga qarab taomlari turli yerda har xil bo’lgan. Chorva mollari ko’p, g’allakor yerlarda asosan non bilan sut iste’mol qilinadi. Sholikor yerlarda, yalangliklar va yashayotgan aholi guruch taomlarni ko’p iste’mol qiladi. Tog’li va etaklarida joylashgan tojiklar go’shtni kam iste’mol qilishadi.
Qishloqlarda, shuningdek ko’pchilik shahar xovlilarda yashayotgan tojiklar tandir non yeyishadi. Tog’li yerlarda yupka, chappoti non, patir, katta girlacha non, kulcha yopib qatlama pishirishadi.
Suyuq ovqatlardan oshi burida, oshi ord (uvra osh) ko’p iste’mol qilinadi. Go’sht, sabzi, qovoq somsalari juda shirin bo’ladi. Go’sht, sabzi, qovoq somsalari juda shirin bo’ladi. Sevimli ovqatlaridan tushbyera (chuchvara), mantilarni aytib utish mumkin.
Sut va sut mahsulotlari (qatiq, maska yogi, kurd, so’zma, pishloq - patir) kundalik asosiy taomlardan hisoblanadi. Tojiklarning eng yaxshi kuradigan ovqati osh - palovdir, shuningdek qovurdoq, lag’mon, shurva, atala ham tayyorlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |