«tarix» fakulteti


Tojik xalqining etnogenezi va etnik tarixi



Download 466,38 Kb.
bet2/7
Sana30.12.2021
Hajmi466,38 Kb.
#90375
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
tojik xalqi

Tojik xalqining etnogenezi va etnik tarixi

Tojikiston Respublikasi xududidan so’ngi paleolit davriga oid ko’plab qurollar topilgan. Bu xududlar Qadimgi Baqtriya davlati tarkibiga kirgan. Keyinchalik Tojikiston xududida Ahamoniylar xukmronligi o’rnatildi. 329 yilda makedoniyalik Aleksandr qo’shinlari bostirib keldi, xalq unga qattiq qarshilik ko’rsatdi. Natijada Tojikiston xududining bir kismi Salavkiylar davlati tarkibiga, so’ng xududning aksariyat qismi Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga kirdi. Kushonlar davrida yirik so’g’orish kanallari qurildi, shaharsozlik, xunarmandchilik yuqori darajaga ko’tarildi, ayniqsa, mamlakatlar bilan savdo-sotiq va ijtimoiy aloqalar rivojlana bordi. Yunon yozuvi asosida kushon yozuvi paydo bo’ldi. V-VI asrlarda O’rta Osiyoning sharqiy qismini ko’chmanchi xiyoniy qabilalari, so’ngra eftaliylar egalab oldi. VI asr ikkinchi yarmida Tojikiston xududi Turk xoqonligi tarkibiga qo’shib olindi. VIII asr o’rtalarida arablar bostirib kelishi natijasida islom dini joriy qilina boshlandi. IX-X asrlarda Tojikiston xududi Toxiriylar va Somoniylar davlati tarkibida, IX-XII asrlarda Gaznaviylar, Qoraxoniylar, Saljuqiylar, Qoraxitoylar, Xorazmshoxlar davlatlari tarkibida bo’lgan. Tojikiston xududiga bostirib kirgan Chingizxon qo’shinlari (1219-21) aholining qattiq qarshiligiga duch keldi (Xo’jandda Temur Malik boshchiligidagi xalq qarshiligi va boshq.). Mo’gullar istilosi iqtisodiy ijtimoiy va madaniy xayotga jiddiy zarar etkazdi. XIV asrning ikkinchi yarmiga kelib, xo’jalik qaytadan tiklana boshladi. Tojikiston xududi bu davrda Amir Temur va temuriylar, XVI asrda esa Shayboniylar saltanati tarkibida bo’ldi. So’ngra Buxoro amirligi qo’l ostiga o’tib, XIX asrning boshlarida Buxoro amirligi va Quqon xonligi o’rtasida taqsimlandi1. XIX asrning ikkinchi yarmida podsho Rossiyasi tomonidan zabt etildi. Rossiyada Oktyabr to’ntarishi (1917 y) dan so’ng axolining jiddiy qarshiligiga (Ibroximbek, Eshon Sulton, Davlatmandbiy, Fo’zayl Maxsumlar boshchiligida) qaramasdan, Tojikiston bolsheviklar tomonidan bosib olindi.

1917 yil noyabr - 1918 yil fevralda Shimoliy Tojikistonda sho’ro xokimiyati o’rnatildi va u Turkiston ASSR tarkibiga kirdi. Tojikistoning qolgan xududi Buxoro amirligi tarkibida bo’ldi. 1920 yil Buxoro bosqinidan keyin BXSR tashkil etildi. 1924 yil O’rta Osiyo respublikalarini "milliy-davlat chegaralanish" deb atalgan bo’lib tashlash siyosati natijasida Tojikiston O’zbekiston SSR tarkibida muxtor respublika, 1929 yil esa SSSR tarkibida ittifokdosh respublikaga aylantirildi.

1991 yil 9 sentyabrda mustaqillik to’grisida deklaratsiya e’lon qilindi va "Tojikiston Respublikasi" nomi tasdiqlandi.

Markaziy Osiyo xalqlari orasida Eroniy til turkumiga kiruvchi eng qadimgi xalqlardan biri tojiklar bo’lib, murakkab ijtimoiy - iqtisodiy, siyosiy va geografik sharoitida shakllangan.

Tojiklar O’zbekistonning Buxoro, Samarqand shaharlari, Urgut atroflarida, Surxondaryo, Shyeroboddaryo, Katta va Kichik Uradaryo buylari, Qashqadaryoning yo’qori oqimi, Qarshi voxasi, Nurota toglari, Jizzax shaxri, Fargona vodiysining So’x daryosi bo’ylari, Fargona, Quqon janubiy qismlari, Namangan tog tizmalari etaklarida yashaydi. Qirgizistonning Tojikiston bilan chegaradosh xududlarida ham tojik qishloqlarini uchratish mumkin. Shuningdek tojiklar Afgonistonda 3 milliondan ziyod, kichikroq guruxdari esa shimoli - sharqiy Eron va shimoli - garbiy Xitoyda yashaydi.

Tojiklarning kelib chiqishi miloddan avvalgi II ming yillikning oxiri - I ming yillikning boshlariga to’g’ri keladi. Bu davrda Orta Osiyoga Evroosiyodan Eroniy tillarda so’zlashuvchi qabilalar kelib tub maxalliy aholi bilan aralashib ketgan. Tojiklar shakllangan xududda (Baqtriya, Sog’diyona, Farg’ona) dexqonchilik bilan shugullangan elatlar bilan birgalikda ko’chmanchi saklar ham yashagan. Miloddan avvalgi II asrda Baqtriyaga yuechjilar va shak qabilalari bostirib kirib qo’dratli Kushon davlatiga asos soladi.

Tadqiqotchilar fikricha tojiklarning ajdodlari shak - massaget qabilalariga borib taqaladi. Davrlar o’tishi bilan bu qabilalarga yangi turk - qabilalar aralashib ketgan. So’gdiylar, parkanaliklar, qisman toharlar tojik xalqi shakllanishida ishtirok etgan. Yunon - makedonlar, yuechjilar, xioniylar, kidaritlar, eftalitlar, "ok gunnlar", so’ngra turkiy qabilalarning bir qismi maxalliy axoli bilan aralashib ketgan. Arablar xukmronligi davrida, Somoniylar davlati tashkil topgan vaqtga kelib (IX - X asrlarda) tojik xalqi shakllangan. Xozirgi tojik tili Somoniylar ho’kmronligi davrida qadimgi so’g’d va baqtriya tili asosida vujudga kelgan. O’sha davrda tojiklarning adabiy tili (doriy) paydo bo’ldi.

So’gdiy axoli o’z tili o’rniga tojik tilida gaplashadigan bo’lib qoladi. Tojiklar yashayotgan xududdarda tojik tili boshka sharqiy Eroniy tillarni siqib chiqara boshlaydi. IX asr oxiri - X asr boshlarida tojik xalqi etnik tarkibiga kirgan barcha guruxlarning umumiy va yagona tili bo’lib qoladi.

So’nggi davrlargacha tojiklar orasida turli etnografik guruxlar mavjud bo’lgan.Xozir ham joylar va voxalarda yashovchi tojiklar o’rtasida etnik tafovutlar saqlanib qolgan.

Tojiklar o’zlari yashaydigan joylariga qarab bir qancha guruxlarga bo’linadi. Yaxsuv va Qizilsuv daryolari atrofida, tog’ etaklari va tog’larda qadimdan yashab kelayotgan tojiklar o’zlarini tojik ko’lobi deyiladi. Yaxsuv daryosining yuqori qismidagi yerlarda joylashgan tojiklar yaxsuvliklar nomi bilan ataladi.

Obimozor daryosi soxillaridagi tojiklar xovalinglar, Shurobdaryo atrofidagi tojiklar shurobdaryodagilar, Baljuvon yerdagilar baljuvonlilar, Baljuvonning shimoli - sharqiy qismidagi daralarda yashayotgan tojiklar darachilar, Qizilsuv daryosining o’ng irmog’i atrofida joylashgan tojiklar dashtlilar deyiladi.

Gazimalak tog’ tizmasida joylashgan tojiklar gazimalaklilar, Vorzob xavzasidagilar vorzoblilar Qashqadaryo xavzasining janubi - sharqiy qismidagi tojiklar harduri tojiklar deb yuritiladi. Shuningdek tromiti tojiklari, kuxistoni tojiklari, yagnob tojiklari, rog’i tojiklari bor.


Download 466,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish