Tepaqul 3 makoni. Tepaqul qishlog‘idan Tepakul soy o‘zani bo‘ylab taxminan 2,5 kilometrlar chamasi yuqorida, soy chap yon qayirida joylashgan. Tepaqul 3 neolit makoni, 1989 yili Samarqand Davlat Universiteti arxeologik ekspeditsiyasi xodimlari tomonidan kashf etilgan. 1989-1996 yillar mobaynida sistemali ravishda arxeologik qazishma ishlari amalga oshirilib, 400 metr kvadrat maydon sathida madaniy qatlam arxeologik tekshiruvdan o‘tkazilgan. Tadqiqotlar jarayonida 5000 dan ortiq arxeologik manbalar qo‘lga kiritilinib, ular tosh buyumlar, hayvon suyagi qoldiqlari, sopol buyum parchalaridan iboratdir. Makon tosh qurollari tipologik tahlili ularni sazog‘on jamoalari moddiy madaniyatiga tegishli ekanligini ko‘rsatdi(51-rasm)..
Do'stlaringiz bilan baham: |