Zamicha-tosh makoni. Makon 1989 yili UzFA arxeologiya institutining paleolit guruhi xodimlari tomonidan kashf etilgan bo‘lib, Qoratepa tog‘ massivi shimoliy yon bag‘ridan voha tomon chiqib keluvchi soylardan biri bo‘lgan Sevasoy yon qayirida joylashgan.( Samarqand viloyati, Urgut tumani). Bu makon yodgorliklarning o‘ngur tipiga kirib, uning o‘lchamlari quyidagicha- og‘iz qismi eni 10 metr, ungur tubiga qarab 4 metr. Arxeologik qazishma ishlari jarayonida makonda ikkita madaniy qatlam borliligi aniqlanib, ulardan qiziqarli arxeologik manbalar topishga erishilgan. Xususan, tosh buyumlarning tipologik tahlili natijasida tadqiqotchilar makonni mezolit jamoalariga tegishli ekanligidek xulosa chiqarishganlar.
Ohalik makoni. O‘rta Zarafshon vohasi Qoratepa tog‘ massivi shimoliy yon bag‘ridan voha tomon o‘z suvini oqizib chiquvchi yirik soylardan biri bo‘lgan Ohaliksoy yon qayirida joylashgan (Samarqand shahridan taxminan 18 kilometrlar chamasi janub tomonda). Makon 1986 yili O‘z FA Arxeologiya Instituti paleolit otryadi xodimlari tomnidan kashf etilgan. Tadqiqot ishlari esa 1991 yili bajarilib, mahalliy aholi tomonidan Sangi-SHoh deb ataluvchi katta harsang tosh pastki kovak qismi er sathidan 18 metr kvadrat maydonda madaniy qatlam qazib ko‘rilgan. Tadqiqotlar natijasida makon ikki madaniy qatlamli ekanligi aniqlanib, ulardan 486 dona tosh buyumlar topilgan. Tosh qurollari tipologik tahlili makon moddiy madaniyati mezolit davri so‘ngi bosqichlari va ilk neolit jamoalariga tegishli ekanligi to‘g‘risida xulosa chiqarish imkonini berdi.
Sazog‘on II makoni. Mazkur makon O‘rta Zarafshon vohasi Qoratepa tog‘ massivi shimoliy yon bag‘rida tarqalgan sazog‘on neolit madaniyatining asosiy, tayanch yodgorligi hisoblanadi. Bu makon ham Sazog‘onsoy chap yon qayirida joylashgan (Sazog‘on I mezolit makonidan soy o‘zani bo‘ylab taxminan 2,5 kilometrlar chamasi yuqorida). YOdgorlik tadqiqot Samarqand Davlat universiteti arxeologik ekspeditsiyasi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, garchi makon 1966 yili Sazog‘on I makoni bilan bir qator kashf etilgan bo‘lsada, lekin tadqiqot ishlari makonda 1971-1982 yillar mobaynida amalga oshirilgan. Tadqiqotlar jarayonida 400 metr kvadratga yaqin maydon sathidan madaniy qatlam o‘rganilib, o‘n mingga yaqin arxeologik manba topilgan. Arxeologik ashyoviy-dalillar asosiy qismini tosh buyumlar (besh mingga yaqin), sopol buyum parchalari, hayvon suyagi qoldiqlari, qisman esa suyak qurollar, taqinchoqlar tashkil etadi. Eng muhimi makon madaniy qatlamidan antropologik manbalar, turar joylar qoldiqlari topilishi ahamiyatli hisoblanadi. Makon tosh qurollari tipologik tahlili sazog‘on jamoalari moddiy madaniyati o‘z xususiyatlari bilan O‘rta Osiyo tog‘ mintaqasi neolit jamoalari madaniyatlariga yaqinligini ko‘rsatdi, shuningdek jamoalarning o‘ziga xronologik jihatdan tengdosh bo‘lgan jamoalar bilan o‘zaro qo‘ni-qo‘shnichilik madaniy aloqadorlikda bo‘lishganliklari borasida ham qimmatli ma’lumotlar olingan(48-rasm)..
Do'stlaringiz bilan baham: |