Tarix fakulteti n. O`. Xolmatov O`rta osiyo arxelogiyasi: tosh asri


Ustyurt neolit jamoalarining madaniyati



Download 1,5 Mb.
bet82/116
Sana17.09.2021
Hajmi1,5 Mb.
#176845
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   116
Bog'liq
Oquv qollanma.ох.doc.lotincha.2ох-1

Ustyurt neolit jamoalarining madaniyati. Hozirgi kunda Ustyurt platosi neolit davri jamoalarining moddiy madaniyati ham yaxshi o‘rganilgan bo‘lib, tadqiqotlar jarayonida madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanishiga erishilgan. Ustyurt platosi deyarli barcha sarhadlarida neolit jamoalariga tegishli makonlar kashf etilgan bo‘lib, ularning soni 150 taga yaqin (38 –rasm).

. Bu makonlarning joylanish holatlari yirik havzasimon cho‘kmalar (hozirgi kunda qurib qolgan yirik suv havzalari – CHuruk, Aydabal, Aktaylak, Istay kabi) eski suv o‘zanlari yon qirg‘oqlari bilan bog‘liq bo‘lganliklari ma’lum bo‘ldi. Makonlarning aksariyati neolit jamoalarining qisqa muddatli, mavsumiy xarakterda bo‘lgan vaqtinchalik manzilgohlari hisoblanadi. Bu makonlarning deyarli barchasida madaniy qatlam saqlanib qolmagan. Nisbatan yirik, uzoq muddat faoliyat ko‘rsatgan makonlar esa sanoqlidir (Oqtaylaq 1, 20, 25 va boshqalar). E.Bijanov neolit makonlari tosh industriyasi xarakteri, tosh qurollari tipologik tahlilidan kelib chiqib, neolit jamoalari moddiy madaniyatini quyidagi uchta taraqqiyot bosqichiga bo‘ladi: 1. Ilk neolit – Oqtoyloq 1, Oqto‘ba 2, CHuruk 2, 3, 7, Jarinquduq 2, Oydabal 2, 4, 7, 10, 20, 23 kabi makonlar bo‘lib, ularning moddiy madaniyati mil. avv. VI – V ming yilliklarga to‘g‘ri keladi. Bu bosqich jamoalari moddiy madaniyatida asimmetrik shakldagi trapetsiyalar, ponasimon qurollar turli ko‘rinishda otsheplardan yasalgan qirg‘ichlar, keskich qurollar uchraydi va ular o‘z jihatlari bilan Jabal g‘ori -V – madaniy qatlami qurollariga o‘xshash; 2. O‘rta (rivojlangan) neolit (mil.avv. V – IV ming yilliklar) – Kosbuloq- 5, 7; CHuruk- 5, 6, 8, 9; Allam 3, Oydabal 3, 5, 8, 13, 19, 24, 26; Jarinquduq kabi makonlardan iborat bo‘lib, ularning moddiy madaniyatida simmetrik trapetsiyalar, paraqadan yasalgan qirg‘ichlar, ustki qiya holatdagi kesim qismiga ishlov berilgan paraqa qurollar, ikki taraflama ishlov berilgan o‘q yoy uchlari kabilar uchratilgan. Ba’zi tosh qurollari o‘z shakli va ishlov berilishi uslublari bo‘yicha Kaltaminor jamoalari qurollariga o‘xshash; 3. So‘nggi neolit (mil.avv. IV – III ming yilliklar) – Isatay- 3, CHuruk -1, 4, Kaskajol, Oqtumsiq, Kugesem kabi makonlardan iborat bo‘lib, ular tosh industriyasi paraqali mikrolitli industriya bo‘lib, geometrik shakldagi qurollar uchramaydi, paraqadan yasalgan qirg‘ichlar soni kamayib, aksincha, otshepdan yasalgan qirg‘ichlar soni ko‘payadi. Ikki taraflama ishlov berilgan o‘q yoy uchlari (bargsimon) esa ko‘plab uchratilgan (41 –rasm).



.

Ustyurt platosi neolit jamoalarining madaniyatini atrof qo‘shni o‘ziga xronologik jihatdan tengdosh bo‘lgan jamoalar madaniyatlari o‘rtasidagi o‘rnini belgilash masalasi murakkabroq masaladir. O‘z vaqtida A.A.Formozov Ustyurt platosi neolit jamoalariga tegishli bo‘lgan dastlabki manbalar Kaltaminor jamoalari madaniyatiga xos deb ma’lumot bergan. SHuningdek, A.V.Vinogradov, E.Bijanovlar tomonidan Ustyurt neolit jamoalari moddiy madaniyati o‘zining ko‘p jihatlari bilan Xorazm, YUqori Uzboy, G‘arbiy Kaspiy bo‘yi jamoalari madaniyatiga qaraganda ko‘proq Janubiy O‘ral va G‘arbiy Qozog‘iston neolit jamoalari madaniyatiga yaqinroqdir degan fikrni ilgari surishgan. Ustyurt platosi tosh asri yodgorliklarining asosiy tadqiqotchisi E.Bijanov yangi materiallar asosida mazkur hudud neolit jamoalari moddiy madaniyati Kaltaminor tarixiy-madaniy jamoalari madaniyati tarqalgan hududdan chetda ekanligi, hamda shakllanishi va rivojlanishi o‘ziga xos yo‘ldan borganligini ilmiy asoslab berdi. SHu bois tadqiqotchining ko‘rsatishicha, Ustyurt neolit jamoalari moddiy madaniyati alohida, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan mustaqil madaniyat hisoblanadi va u tosh industriyasi xususiyatlari bilan O‘rta Osiyo pasttekislik mintaqasi neolit madaniyatlari tosh industriyasidan keskin farq qiladi: Joyitun jamoalari tosh industriyasidan 27 ta tip; Kaltaminor jamoalari tosh industriyasidan 31 ta tip; Qorabo‘g‘oz kompleksidan 28 ta tip; Balxan kompleksidan 29 ta tip; Taxtabozor kompleksidan 27 ta tip bo‘yicha farqlanadi. E.Bijanovning ma’lumoticha, Ustyurt neolit makonlari o‘zining texnik-tipologik jihatidan paraqali, mikrolit qurollari bo‘lgan O‘rta Osiyo va Qozog‘iston pasttekislik mintaqalari makonlari tosh industriyasi qatoriga kirmaydi. Ustyurt neolit jamoalari moddiy madaniyatida simmetrik va asimmetrik ko‘rinishida bo‘lgan trapetsiya qurollarining uchrashi ma’lum ma’noda madaniyat shakllanishida Kaspiy bo‘yi jamoalari ishtiroki bo‘lganligini bildirishi mumkin. Lekin, bu ilmiy qarash ham Ustyurtda Aydabal tipidagi turkum mezolit jamoalariga tegishli makonlar kashf etilishi bilan o‘z ahamiyatini yo‘qotgan va bu endi madaniy yaqinliklar o‘zaro jamoalarning qo‘ni-qo‘shnichilik madaniy aloqadorliklar mahsuli deb e’tirof etilmoqda. E.Bijanov tadqiqoti bo‘yicha Ustyurt neolit jamoalari moddiy madaniyati kelib chiqishi ildizi mahalliy ildizga ega. YA’ni, ular Oqtayloq, Aydabal tipidagi mezolit jamoalariga tegishli bo‘lgan makonlar moddiy madaniyati negizida shakllangan.

Ustyurt jamoalarining Kaltaminor jamoalari bilan madaniy aloqadorliklari ular tosh industriyasi xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Ustyurt jamoalari madaniyatida ham kichik simmetrik trapetsiyalar, jumladan, «shoxsimon» trapetsiyalar uchraydi. Tosh industriyalarining paraqali industriya ekanliklari ham ularning madaniyatlarini bir-birlariga yaqinlashtiradi. Kaltaminor tipidagi o‘q yoy uchlari ham mavjud. Biroq, tadqiqotlarda Qizilqumda ko‘plab uchratilgan parallelogramm ko‘rinishidagi mikrolitlar bu joylarda uchramaydi, pastbo‘yli asimmetrik shakldagi uchburchak qurollari ham kam. SHuningdek, Ustyurt neolit jamoalari madaniyati taraqqiyoti o‘rta va so‘nggi bosqichlarida ikki taraflama ishlov berilgan o‘q yoy uchlari Zarafshon va Amudaryo etaklari neolit jamoalari shu turdagi qurollariga nisbatan ko‘proq miqdorda uchraydi. Ko‘p sonli bo‘lmasa-da silliqlangan boltalar ham bor.

Ustyurt neolit jamoalari moddiy madaniyati tadqiqotida shubhasiz, Kaskajol qabristonining o‘rganilishi natijalari muhim ahamiyat kasb etadi. Qabrlardan topilgan ashyoviy dalillar neolit davri aholisining dafn bilan bog‘liq rasm-rusumlari haqida qimmatli manba bo‘lib hisoblanadi.

Ustyurt neolit makonlaridan ko‘p miqdorda tosh qurollari namunalari topilgan. Sopol buyum parchalari, fauna esa deyarli uchratilmagan. Tosh qurollari texniko-morfologik tahlilining ko‘rsatishicha, ular turmush tarzida o‘zlashtirma xo‘jalik hukmronlik mavqeini egallagan. Jamoalar asosan ovchilik mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishgan. Uy sharoitidagi mashg‘ulotlari esa teri, tosh, suyak, daraxt, chig‘anoqlarga ishlov berishdan iborat bo‘lgan. Ustyurt neolit jamoalari moddiy madaniyatida silindrik ko‘rinishida chig‘anoqlardan yasalgan taqinchoqlar ham uchratilgan.

Keltirilgan ma’lumotlar, garchi madaniy qatlami saqlangan yodgorliklar manbalari bo‘lmasada, lekin neolit davrida Ustyurt sarhalarida jamoalar yashashganligi va o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan madaniyat sohiblari bo‘lishganini bildiradi




Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish