Tarix fakulteti n. O`. Xolmatov O`rta osiyo arxelogiyasi: tosh asri


Quyi Zarafshon mahalliy madaniy variant



Download 1,5 Mb.
bet90/116
Sana17.09.2021
Hajmi1,5 Mb.
#176845
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   116
Bog'liq
Oquv qollanma.ох.doc.lotincha.2ох-1

Quyi Zarafshon mahalliy madaniy variant. Markaziy Osiyo miqyosida neolit jamoalariga tegishli eng ko‘p sonli makonlar Zarafshon daryosi quyi etagi qadimgi o‘zanlari havzasidan topilgan bo‘lib, ular etti yuzdan ortiq.Ammo ularning aksariyatida madaniy qatlam saqlanib qolmagan. Mazkur makonlar ilmiy talqini bu mintaqada neolit davri taraqqiyot bosqichlarining deyarli barchasiga oid jamoalar madaniyatini kuzatish imkonini beradi. Ularning o‘rganilishi Zarafshon daryosining hozirgi kunda qurib qolgan qadimgi o‘zanlari to‘g‘risida ham qimmatli ma’lumotlar beradi.

Keyingi yillarda amalga oshirilgan paleogidrografik, paleogeografik, arxeologik tadqiqotlar natijasida Zarafshon daryosining quyi qismida uchta qadimgi o‘zanlari tizimi harakatda bo‘lganligi aniqlangan. Bular uning shimoliy, o‘rta va janubiy irmoqlaridir. Zarafshon daryosi qadimgi shimoliy irmog‘i Echkiliksoy, Oyoqog‘itma (sharqiy va g‘arbiy havzasi) hamda Daryosoydan iborat. Zarafshon daryosining quyi janubiy o‘zani – Mohandaryo va Xo‘jayli o‘zanlari, hamda Katta va Kichik Tuzkonlardan iborat.

Zarafshon daryosi qadimgi o‘zanlaridan biri bo‘lgan CHorbaqti vohasi – shimoliy va janubiy o‘zanlar o‘rtasida joylashgan bo‘lib (Gazli shahridan 50-60 km. lar chamasi masofada), 1984-1986 yillar maboyinida amalga oshirilgan da tadqiqotlar natijasida oltmishdan ortiq mezolit, neolit davri jamoalariga tegishli makonlar topib o‘rganilgan. Moddiy madaniyati bilan Markaziy Osiyo tog‘ va tog‘ yonbag‘ri so‘nggi paleolit-mezolit jamoalari madaniyatiga yaqin bo‘lgan mezolit davri makonlarining kashf etilishi bu o‘zanning nisbatan ertaroq o‘zlashtirganligini ko‘rsatdi.

Quyi Zarafshon vohasi qadimgi o‘zanlari havzalaridan Dorbazaqir 1,2, Oyoqog‘itma, Uchashi 131 kabi madaniy qatlamlari yaxshi saqlangan yodgorlik topib o‘rganilgan. Jumladan, Uchashi 131 makoni madaniy qatlamidan Markaziy Osiyo miqyosida (garchi saqlanish holati yomonroq bo‘lsa-da), ilk neolit davriga oid sopol buyum parchalari hamda Kaltaminor jamoalariga tegishli eng qadimgi kulbalar qoldiqlari topilgan. Ularning soni uchta bo‘lib, o‘lchamlari 10-12 x 15-17 metr, maydon sathlari taxminan 150-200 kv. metrni tashkil etuvchi to‘g‘ri burchakli shakldadir. SHuningdek, makon madaniy qatlamidan qiziqarli tosh buyumlar kolleksiyasi, sopol idish parchalari, suyakdan yasalgan bir nechta buyumlar, sut emizuvchi hayvonlar va baliqlar suyak qoldiqlari ko‘plab topilgan (IV.3.7-rasm). Uchashi 131, Oyoqog‘itma makonlari tadqiqotlarining yana bir ilmiy qimmati shundaki, ular madaniy qatlamlaridan radiouglerod (S 14) namunalari olinishiga erishilganlik hisoblanadi (Uchashi 131-6630-100; 6590-130; Oyoqog‘itma-7190-20).

Quyi Zarafshon neolit jamoalari madaniyati tosh industriyasi mikrolitli, paraqali industriya bo‘lganligi bois, tadqiqotchilar ularni Kaltaminor tarixiy-madaniy jamoalari madaniyati tarkibiga kiritishgan. Tosh qurollar takomillashuvi qonuniyatlari, xronologik xususiyatlari jihatidan ham Kaltaminor jamoalari madaniy taraqqiyotiga mos: ilk neolit bosqichida trapetsiya, shuningdek, «shoxli trapetsiya» shaklidagi mikrolit qurollar turmushda ko‘proq qo‘llanilgan, o‘rta neolit bosqichida kaltaminor tipidagi o‘q-yoy uchlari ko‘p ishlatilgan, trapetsiya shaklidagi mikrolit qurollar esa turmush tarzidan chiqib ketgan. Afsuski, Quyi Zarafshon vohasi neolit davri jamoalari madaniyatining so‘nggi bosqichlari yaxshi o‘rganilmagan. Ta’kidlash joizki, Quyi Zarafshon vohasi jamoalari sopol idishlari boshqa hududlar jamoalari sopol idishlaridan o‘ziga xos xususiyatlari bilan farq qiladi. Xususan, ilk neolit jamoalari turmushida nisbatan murakkabroq, ya’ni elka qismi qovurg‘asimon idishlar bo‘lgan. Lekin, bu turdagi idishlar tezda o‘z o‘rnini uzunasiga cho‘ziqsimon va yarim sferasimon idishlarga bo‘shatib bergan. Vaqt o‘tishi bilan sopol idishlar devorlariga bitilgan naqshlar kamayib borgan. Idishlarga naqshlarning solinishi faqatgina ularning yuqori qismi, ya’ni devor sathi uchdan bir hissasida kuzatiladi.

Quyi Zarafshon vohasi neolit jamoalari o‘z turmushlarida turli-tuman zeb-ziynat va taqinchoqlardan foydalanishgan. Munchoq va turli yo‘sindagi taqinchoqlar ipga tizilib, bo‘yinga taqib yurish yoki kiyimga qadab yurishga mo‘ljallangan. Ular asosan kichik o‘lchamli yupqa suyrisimon ko‘rinishdagi qayroqtoshlardan yasalgan. Ba’zi taqinchoqlarning uch qismida burg‘ilab teshishga urinish izlari saqlanib qolgan. Bu turdagi taqinchoqlar O‘zbekistonning Markaziy Farg‘ona, O‘rta Zarafshon vohasi sazog‘on neolit jamoalari madaniyatiga tegishli bo‘lgan makonlardan ham topilgan. Ammo, bu hududda chig‘anoq toshdan, xususan, feruzadan yasalgan zeb-ziynatlar deyarli uchramaydi.




Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish