Kangurttut makoni. Bu makon Kangurttut qishlog‘idan 8 kilometlar chamasi shimolroqdagi terrasada joylashgan. Soz tuproqli qatlam qalin. 260 metr kvadrat maydon sathida madaniy qatlam o‘rganilgan. Makonni tadqiqot qilar ekan, V.A.Ranov, bu makon madaniy qatlamidan Hisor madaniyati makonlari ichida eng yosh radiouglerod analiz olinganligi to‘g‘risida ma’lumot beradi. Bu radiouglerod analizining absolyut sanasi mil. avv. yilni tashkil etadi . Bu esa Hisor jamoasi moddiy madaniyatining so‘nggi bosqichlarini o‘z ichiga olib, eng qizig‘i Hisor jamoalariga tegishli madaniy qatlam ustida bevosita bronza jamoalariga oid bo‘lgan qatlam uchratilgan. Bu juda qiziq ilmiy fakt hisoblanadi. V.A.Ranov fikricha, Hisor jamoalar moddiy madaniyati negizida mahalliy bronza jamoalari madaniyati shakllangan. Makondan toshlar bilan qalangan devorlarga ega bo‘lgan o‘choq qoldiqlari topilgan. Tosh qurollari mikrolit qurollar hisoblanadi (35 –rasm).
1-1,5 sm li mikrotosh o‘zaklari, mikroparaqalar ko‘plab uchratilgan. Xullas Kangurttut makoni madaniy qatlami o‘z jihatlari bilan Hisor jamoalari moddiy madaniyatini namoyon etadi.
YUqorida imkoniyat darajasida Tojikiston hududi neolit jamoalari moddiy madaniyatini xarakterlovchi Hisor madaniyati, asosiy tayanch makonlari bayonini keltirdik. Bulardan tashqari yuqorida zikr etilganidek, V.A.Ranov, A.G.Amosova, A.X.YUsupov, T.G.Filimonova kabi tadqiqotchilar ilmiy izlanishlari jarayonida 100 dan ortiq Hisor jamoalari moddiy madaniyatiga tegishli madaniy punktlar aniqlangan, bular ichida nisbatan kattarog‘i Tepaiqoziyon, Kunchi, Ko‘xnaboy kabi makonlar Hisor vohasida Sangiugur, Dagana kabi makonlar YAxsu daryosi vohasidan topib o‘rganilgan. Nurek suv ombori atrofidan ham ko‘plab Hisor jamoalari elementlarini mujassamlashtirgan madaniy punktlar aniqlangan.
V.A.Ranov Hisor jamoalariga tegishli asosiy tayanch makonlarni davrlashtirish sistemasini ishlab chiqqan va ularni uchta taraqqiyot davriga ajratadi: 1. Ilk Hisor madaniyati makonlari – Say-Sayyod 2-madaniy qatlam, Tutqovul 1-2-madaniy qatlami (mil avv 6 mingichi yillik boshlari – 5 ming yillik); 2. O‘rta Hisor makonlari guruhi Bulyoni Poyon, Ko‘xnaboy, Mullaniyoz, Say-Sayyod makoni 1-madaniy qatlami (mil avv 5 minginchi yillik 2 yarim – 4 minginchi yillik); 3. So‘nggi bosqich Hisor makonlari guruhi – Kangurttut, Tepakazyon, Sangiugur, Oqtangan makoni 3-madaniy qatlami (mil avv 3 minginchi yilliklar).
Do'stlaringiz bilan baham: |