Jabal g’or makoni Krasnovodsk yarim orolida joylashgan bo‘lib, 1949-1950 yillar mobaynida A.P.Okladnikov tomonidan o’rganilgan. Qazilma jarayonida yodgorlik ko‘p madaniy qatlamli ekanligi ma’lum bo‘ldi. Aniqrog‘i, A.P.Okladnikov tadqiqot jarayonida 10 ta madaniy qatlam borligini aniqlab, shu madaniy qatlamlardan 8, 7- qatlamlarni mezolit davriga oid, undan yuqori bo‘lgan madaniy qatlamlar esa neolit davri jamoalarga tegishli deb xulosaga kelgan. Jabal g‘or makoni materiallari bilan tanishgan va tosh qurollarining tipologik tahlilini qilgan A.V.Vinogradov G.E.Markov tomonidan Jabal g‘or makonining madaniy qatlamlarining bunday bo‘linishlarini ilmiy asosli deb e’tirof etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |