Tarix fakulteti n. O`. Xolmatov O`rta osiyo arxelogiyasi: tosh asri



Download 1,5 Mb.
bet32/116
Sana17.09.2021
Hajmi1,5 Mb.
#176845
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   116
Bog'liq
Oquv qollanma.ох.doc.lotincha.2ох-1

Xo’jakent makoni. Xo’jakent g’or turidagi yodgorlik bo’lib A.P.Okladnikov va X.Nasridinovlar tomonidan qazib o’rganilgan. Bu yodgorlikning yoshi Teshiktosh g’orining yuqori madaniy qatlamiga to’g’ri keladi. G’or Chirchiq daryosining chap qirg’og’ida, bevosita Xo’jakent qishloqi atrofida joylashgan. Bu yerda madaniy qatlam g’orning ayrim joylaridagina saqlangan. Qazish ishlari jarayonida g’ordan jami bo’lib 524 ta tosh predmet topilgan. Shulardan tosh uchirmalari, y`ani siniqlari, paraqalari 88 ta, nukleuslar 49 ta, qurollar 8ta, qolganlari esa tosh chiqindilari va boshqa predmetlardan iboratdir. Toshni qayta ishlash texnika ko’proq levallua- must`e madaniyatiga o’xshashdir. Topilgan qurollar ichida nayza tig’isimon , pichoqsimon qurollar va sixchalar qiziqarlidir. Bu turdagi uskunalar uchburchaksimon qilib, nukleuslardan ajratib olingan paraqalardan yasalgan. Ular muste davriga xos bo’lib, toshni kertish usuli bilan o’tkirlangan. Qurollar tarkibida qirg’ichsimon qurollarning, qo’polroq, oddiyroq qilib ishlangan nusxalari ham uchraydi. Obirahmat makoni. YOdgorlik Toshkent shahridan chamasi 100 km masofada bo‘lgan Chirchiq vodiysining Burchmulla qishlog’i yaqinida joylashgan. YOdgorlik CHorvoq suv ombori qurilishi jarayonida YA.G‘ulomov rahbarligidagi arxeologik ekspeditsiya xodimlar qidiruv ishlarini amalga oshirgan paytda topilgan. 1962-63 yillarda X. K. Nasretdinov, M. M. Gerasimov va A. R. Muxamedjanovlar tomonidan dastlabki tadqiqotlar amalga oshirilgan. YOdgorlik 1964-1965 yillarida R.H.Suleymanov tomonidan atroflicha tadqiq etilgan (Suleymanov R. X. Statisticheskoe izuchenie kulturы grota Obi-Raxmat. Tashkent, 1972. Suleymanov R. X. Grot Obi-Raxmat i problemы paleolita Sentralnoy Azii // Arxeologiya Uzbekistana. Samarkand, 2010. № 1.). Obiraxmat g‘or makonining o‘lchamlari quyidagicha bo‘lgan: g‘orga kirish og‘iz qismi kengligi -20 metr, balandligi-11,8 metr, g‘or tubi tomon chuqurligi -9 metr ni tashkil etgan. YOdgorlikning tuproq qatlami qalinligi 10 metr bo‘lib, unda 22 ta litologik qatlam ajratilgan. Bu tosh to‘plam tarkibida tosh paraqasidan ishlangan pichoqsimon qurollarning ulushi kattaroq. SHuningdek to‘plamda randasimon qurol, qirg’ich, nayza tig’i kabi qurollar o‘rin olgan. Mazkur tosh qurollarining tipologik tahlili ular ko‘p jihatlari bilan Zarafshon vodiysi tosh qurollariga o‘xshashligini ko‘rsatdi. Toshkent shahri va uning atrofii hududlaridan yana Ko’hisim va Qoraqamish tosh buyumlar to‘plamlarining qo‘lga kiritilishi ahamiyatli hisoblanadi.

O’zbekiston hududi tosh davri jamoalari moddiy madaniyatini o’rganishda Qizilqum sarhadlari o’ta istiqbolli bo’lib, o’ziga xos o’rni borligi ma’lum bo’ldi. Tadqiqotlar ko’rsatishicha, Qizilqum hududi paleolit davridanoq odamzod tomonidan o’zlashtirilgan ekan. Aniqrog’i, mazkur hududdan paleolit davrining barcha taraqqiyot bosqichlari hamda mezolit, neolit davriga oid yodgorliklar tadqiq etildiki, bu butun tosh asri davrida uzluksiz madaniyat yaratilganligini ko’rsatdi. Xususan, qator muste davriga oid yodgorliklar tadqiq etilgan. Qo’lga kiritilgan manbalar bu moddiy madaniyatda o’z o’rniga ega. Qizilqum bo’yicha 1-marta 1962 yili E.D.Mamedov tomonidan Qizilnura 1 nomli paleolit yodgorligi kashf etilgan. Bu yodgorlik 1966 va 1970 yillari XAE ilmiy xodimi A.V.Vinogradov tomonidan atroflicha o’rganildi . Qizilnura 1 yodgorligi Qizilqum miqyosida nisbatan yirik yodgorlik hisoblanadi. U Qorasigir havzasining sharqiy qismida joylashgan. Yodgorlikda 2 metr chuqurlikkacha qidiruv shurfi qazilgan, bu gorizont pleystotsen davri pastki qismiga to’g’ri keladi. Qizilnura 1 yodgorligida madaniy qatlam saqlanib qolinmagan. Yer sathi uncha katta bo’lmagan maydonda 150 ga yaqin tosh qurol yig’ib olingan. Tosh buyumlari ichida bir yoki ikki maydonli disksimon tosh o’zaklari, qo’l cho’qmorlari, otshepdan yasalgan tosh qurollar, uchburchaksimon paykonlar, turli shakldagi otsheplardan yasalgan qirg’ichlar, ponasimon qurollar uchraydi. Must`e davriga oid tosh buyumlari ichida 26% ishlov berilgan qurollar bor. A.V.Vinogradov tadqiqoticha tosh buyumlar ichida 6,7 % ni paraqali element, 64% levalua elementi, 29% ni ish maydonlari to’g’irlangan element tashkil etadi. Tadqiqotchini fikricha Qizilnura 1 makoni tosh qurollari kolleksiyasi unchalik katta emas, lekin levalua elementi uni muste kompleksi ekanligini ravshan ko’rsatib turibdi. A.V.Vinogradov fikricha Qizilnura tosh qurollari O’rta Osiyo miqyosidagi muste yodgorliklaridan Teshiktosh g’or makoni pastki madaniy qatlami qurollariga juda o’xshash. Nisbatan kamroq bo’lsada Qayroqqum, Xojikent kabi levalua- muste yodgorliklari qurollariga ham o’xshashlik jihatlari bor. Ayaqagitma paleolit makonlari (Boshog’itma 1,2,4,6-15,31-38). XAE ilmiy xodimlari tomonidan 1967 yil Sharqiy Ayaqagitma havzasi arxeologik jihatdan atroflicha o’rganilgan. Tadqiqot jarayonida 21 ta paleolit makonlari aniqlangan. A.V.Vinogradov E.D.Mamedovlar tadqiqoticha Sharqiy Ayaqagitmada 4ta terassa yaqqol kuzatiladi. Asosan, birinchi va ikkinchi terassalar sathida paleolit makonlari joylashgan. Boshog’itma makonlari ichida 36-37 makonlari nisbatan yirikroq hisoblanadi. Boshog’itma 37- makonidan hammasi bo’lib, 92 nusxada tosh buyumlar topilgan. Shulardan 69 tasi otshepdan yasalgan buyumlar hisoblanadi. Tosh buyumlar sirtidan otsheplar uchirib olganliklari izlari ko’rinib turibdi. Boshog’itma 11- makonidan disksimon tosh o’zaklari topilgan. Bu makonlar tosh qurollari ko’p jihatlari bilan Qizilnura 1 makoni tosh qurollariga o’xshash. Qorasigir havzasi sharqiy qismi paleolit yodgorliklari (Qizilnura 2-7,8-20). 1970-yili A.V.Vinogradov va E.D. Mamedovlar Qorasigir havzasi sharqiy qismida yana arxeologik tadqiqotlar olib borishib, qator paleolit makonlarini aniqlashgan. Bu makonlar Qizilnura 1 makonidan farq qilib, ulardan topilgan tosh qurollar soni ikki, uchtadan to o’ttiztagacha boradi.Faqatgina havzaning g’arbiy-janubiy qismidan topilgan makonlarda nisbatan ko’proq tosh buyumlar uchratilgan. Xususan, Qizilnura 16 makonidan 100 dan ortiq tosh buyumlar qo’lga kiritilgan. Topilgan tosh qurollarini tipologik jihatdan bir necha guruhga bo’lish mumkin. Tosh qurollar muste davri jamoalariga tegishli.


Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish