Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi


Hokimiyat uchun kurash va Rimda Yuliy Sezar hukmronligining o’rnatilishi



Download 1,03 Mb.
bet38/83
Sana06.07.2022
Hajmi1,03 Mb.
#747779
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   83
Bog'liq
Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi

6. Hokimiyat uchun kurash va Rimda Yuliy Sezar hukmronligining o’rnatilishi. Spartak qo'zg'oloni natijasida Sulla tarafdorlarining Rimdagi hukmronligi tugatiladi. Mil.avv. 70-yilda Mark Krass va Gney Pompey konsul qilib saylangan. Pompey Rimda xalq tribunlarining huquqini tiklagan. U tezda mashhur siyosiy arbobga aylangan. Shu davrda Rim siyosiy arboblaridan Sitseronning obro'yi oshgan.
Mil.avv. 60-yillarda Rim davlati mavqeiga O'rta yer dengizidagi qaroqchilik jiddiy xavf solayotgan edi. Hukumat oldida qaroqchilikni tugatish masalasi turgan edi. Mil.avv. 67 yilda Gney Pompey Senatning qarori bilan qaroqchilarga qarshi kurash boshladi va 40 kunda O'rta yer dengizidagi qaroqchilarning 120 ta bazasini tugatadi. 10 ming qaroqchi qirib tashlangan. Shundan so'ng Rim davlati oldida Pont podshosi Mitridat bilan kurashni hal qilish masalasi turar edi. Mitridat va uning ittifoqchisi Armaniston podshosi Tihron II ga qarshi kurashga Lukull boshchilik qilgan. Lukull armiyasi Mitridatni Kichik Osiyodagi Kizik shahri yaqinida tor-mor qiladi. Mitridat Tihron II oldiiga qochadi. Lukull armiyasi Armaniston poytaxti Tihronkertga yetib keladi va g'alaba qiladi. Mitridat va Tihron II Armanistonning markaziy oblastlariga qochadi va u yerda yangi armiya to'playdilar. Lukull populyarlarning talabi bilan qo'mondonlikdan iste'fo berishga majbur bo'lgan va uning o'riniga mil.avv. 66-yilda Gney Pompey tayinlangan. Pompey Parfiya bilan kelishib, Mitridat va Tihron II ga qarshi kurash boshlaydi va Dajla daryosining yuqori oqimida Mitridatni mag'lubiyatga uchratadi. Mitridat avval Kolxidaga, keyin Bosforga o'z o'g'illari oldiga qochadi. Uning o'g'illari otasiga qarshi qo'zg'olon qiladi. Mitridat o'z saroyida o'zini – o'zi o'ldirgan (mil.avv. 63 yilda).
Bosfor podsholigida Mitridat o'limi sodir bo'lgan vaqtda Pompey va parfiyaliklar Armanistonga bostirib kiradi. Tehron II Pompeyga taslim bo'ladi. Tehron II Suriyani Rimga topshirgan, tovon to'lagan va rimliklarga qaram ittifoqchi bo'lib qolgan. Pompey g'alaba bilan Rimga qaytayotgan paytda Yahudiya poytaxti Quddusni egallab, podsho uyidagi janjalni tugatadi, kohinlar tomonidan Yahudiyaga hokimlik qilib tayinlangan Girka, Rimga qaram bo'lib qolgan. Pompey Suriya, Vifniya va Pontni Rim viloyatlari deb e'lon qilgan. Mil.avv. 62 yilda Pompey Rimga qaytib kelgan va o'z shuhratining cho'qqisiga chiqqan. Rim davlati ulkan g'alabaga erishgan.
Miloddan avvalgi 60- yillarda Rim siyosiy hayotida Yuliy Sezar katta rol o'ynay boshlagan69.
Sezar patrisiylarning Yuliylar xonadonidan bo'lib, bu xonadon mil.avv. II asrda kamballashib, Rim jamiyatidagi mavqei tushib qolgan edi. Gay Mariyning qizi Sezarning xotini bo'lgan. U Sulla davrida quvg'inga uchragan edi. Sulla vafotidan keyin Rimga qaytgan. Sezar o'tkir zehni, muomalasi nihoyatda zo'r, notiqligi bilan xalq orasida shuhrat qozongan edi. Mil.avv. 60- yillarning ikkinchi yarmida Rimda qarzlarni bekor qilishi, kambag'allarga yer berish masalasida kurash qizib ketgan. Mil.avv. 64-63 yillarda sullachi Sergiy Katalinaning ta'siri kuchaygan. U yuqoridagi masalalarni hal qilishni va'da berib, konsullikka nomzodini qo'yadi. 62- yilda o'tkazilgan saylovda Katalina g'alaba qila olmagach, fitna yo'li bilan hokimiyatni egallashga urinadi. Sitseron uning bu hattti harakatini fosh etadi. Katalina Rimdan chiqib ketgan. Fitnachilar qamoqqa olingan va turmada bo'qib o'ldirilgan. Katalina boshchiligidagi fitnachi qo'shinlarga qarshi Gay Antoniy rahbarligida hukumat qo'shini yuborilgan. Katalina jangda halok bo'lgan. Senat Sitseronga Vatan otasi unvonini bergan. Yuliy Sezarning ham obro'si oshgan. O'sha vaqtda sharqdagi g'alabalar uchun g'oyat katta obro' va boylik to'plagan Gney PompeyRimga qaytib kelgan va Rimdagi siyosiy kurashga arlalashgan.
Katalina fintasini bostirish vaqtida optimatlarning roli ortgan. Sezar, Krass, Pompeylarning ham ahvoli og'irlashgan. Sezarga Ispaniyani idora qilish topshirilgan edi, u mil.avv. 61-yilda luzitan qabilalar qo'zg'olonini bostirib o’n minglarcha kishilarni qul qilib sotib, kattagina boylik to'plagan edi. Sezar konsullik lavozimiga chiqish uchun endi avvalgidek dabdabali chiqimlar qilishdan voz kechadi. Diplomatik siyosiy yo'l tutadi. Optimatlarga qarshi, lekin o'zaro dushman bo'lgan Krass va Pompeyni yarashtiradi. Uchalasining o'zaro maxfiy yaqinlashuvi tarixda birinchi triumvarat deb atalgan. Krass va Pompeyni qo'llab quvvatlashi bilan Sezar mil.avv. 59 yilda konsullikka saylangan. Pompey va Krass prokonsullik ishiga tayinlangan. Krass Suriyani va qo'shni viloyatlarni idora qilishi,11 ta legion to'plash, Pompeyga Ispaniyaning ikki viloyatini boshqarish va 11 ta legion to'plash, Sezarga Sizalp Galliyasi va Illiriya berilgan bo’lib, 2 ta legion to'plash huquqiga ega bo'lgan.
Sezar mil. avv. 58-56 yillarda Reyn qirg'oqlari bilan Alpdan tortib tortib to Atlantika okeani va Pirineya sohillarigacha bo'lgan g'oyat katta territoriyani Rimga bo'ysindirgan. Mil.avv. 55-54 yillarda Sezar Britaniya orollariga Temza bo'ylariga hujum uyushtirgan. Krass esa, mil.avv. 54-yilda katta qo'shin to'pab Suriyaga jo'nagan, Frotni kechib o'tib, bir qator Parfiya viloyatlarini bosib olgan. Mil.avv. 53-yilda Parfiya bilan urushlarda Krass qo'shini mag'lubiyatga uchragan va o'zi o’ldirilgan. Krass o'limidan so'ng triumvrat qulagan. So'ngra Rimda grajdanlar urushi boshlanib ketgan.
Mil.avv. 49-yilning 10 yanvarida Sezar puxta tayyorgarlikdan so'ng Rubikon daryosini kechib o'tib, mutlaqo qonunga xilof ravishda grajdanlar urushini boshlab yuborgan. Rimga hujum qilib kelgan Sezar qo'shinini son jihatdan oz bo'lsada, g'aflatda qolgan Pompey va optimatlar hamda Sezarga qarshi dushman konsullar va senatorlar Rimdan chiqib ketishgan. Sezar Rimni ishg'ol qilgan. Sezar Rimga qaytib kelgach, diktator deb e'lon qilingan. Sulla zamonida ta'qib qilingan barcha kishilarning grajdanlik huquqi Sezarning farmoni bilan qayta tiklangan. Shundan keyin magistratlar saylovi o'tkazilgan. Konsul bo'lib saylangan Sezar o'zining o'rinbosari vazifasiga Mark Antoniyni qo'yib, o'zi dushmanlarining asosiy kuchlari joylashgan Illiriyaga jo'nagan. Illiriyadagi Dirraxiya degan joyda mil.avv. 48-yilda katta-kichik janglar bo’lib o’tgan. Sezar katta muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Sezar Italiyadan yordam olishidan umid qilmagan, shu sababli zaiflashib qolgan armiyasi bilan Fessaliyaga ketgan. Pompey uning izidan tushgan. Farsal shahri yonida hal qiluvchi jang bo'lgan. Pompey yordam kelishini kutib o'tirmasdan jangga kirgan va Sezar qo'shini g'alabaga erishgan. Dushman armiyasi tarqab, Pompey qochib ketgan. Sezarga taslim bo'lganlar ichida Sitseron boshliq Rim aristokratlari ham bor edi. Pompey avval Lesbos oroliga yashiringan. O'rta yer dengizi sohili aholisi Pompey Parfiya bilan Sezarga qarshi kurashishi uchun Suriyani bu davlatga beradi degan ovozalardan xavotirlanib Sezar tomoniga o'tadi. Pompey Misrga boradi, bu mamlakat podshosi va uning maslahatchilari Pompeyni qirg'oqqa tushishga taklif qilishgan, lekin shu zahotiyoq Sezarga yaxshi ko'rinish uchun Pompeyni xonona o'ldirishgan70.
Rimga qaytib kelgan Sezar o'z tarafdorlarini ko'paytirish, mavqeini mustahkamlash uchun mag'lub bo'lgan dushmanlarning, jumladan, Pompeyning yer mulklarini musodara qildirgan, bir qismi sotilgan, qolgan qismini veteranlariga bo'lib bergan. Shundan so'ng Sezar Afrikada to'planib qolgan dushmanlariga qarshi yurish qilgan va ularni ham tor- mor keltirgan. Pompeyning Gney va Sekst degan o'g'illari kuch to'plab katta armiya tuzishgan. Sezar u yerga shoshilgan, jangda Gney o'ldirilgan, Sekst Ispaniya tog'lariga bekingan. Shunday qilib, mil.avv. 49-45 yillardagi grajdanlar urushida Sezar g'alabaga erishgan. Endi Sezar va uning tarafdorlari Rim va O'rta yer dengizi dunyosidagi quldorlik davlatlarining hokimi bo'lib qolgan. Rimga qaytib kelgan Sezar mil.avv. 44 yilda abadiy dirktator deb e'lon qilingan. Senzor huquqini qo’lga kiritgan. Sezar abadiy diktator bo'lgach, o'z vakolatidan foydalanib, senatni o'z tarafdorlari bilan to'ldirgan va senatorlar sonini 900 taga yetkazgan.
Shunday qilib, Sezar Rim davlatidagi respublika tuzumini harbiy diktatorning yakka-yu yagona boshqarishi bilan almashtirgan. Eski respublika davlat apparati Rim quldorlik jamiyatining hukmron tabaqalariga o'zlarining jonli va jonsiz mulklariga tinchgina bemalol egalik qilishni ta'minlab bera olmay qolgan. G'oyat katta O'rta dengiz davlatiga aylanib ketgan Rim davlati endi kuchli davlat apparati, doimiy armiyaga muhtoj edi. Davlat apparati mustahkamlash va markazlashtirish zaruratini siyosiy arboblar ham anglab yetishgan.
Sezar nafaqat Rimda, balki viloyatlarda ham o'zining obro'sini oshirish uchun qator viloyatlar (Karfagen, Korinf, Kichik Osiyo, Suriya) va shaharlariga Rim grajdanligi huquqlarini bergan.
Rim bilan provinsiyalar o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlash uchun Sezar ko'rsatmasi bilan Rim- Ostiya portidagi gavan chuqurlashtirilgan. Rimda birinchi marta oltin pul – dinariy zarb etilgan. Sezarning ko'rsatmasi bilan kalendar isloh qilingan. U Yuliy kalendari deb nom olgan. Sezar davlatidan tekin don oluvchi Rim grajdanlari soni kamaytirilib, 320 mingdan 150 mingtagacha qisqartirilgan. Rim jamiyatida Sezar o'tkazgan islohotlardan norozilik ham kuchaygan. Fitnachilar paydo bo'lgan. Mil.avv. 44 yilning 15 martida Sezar ogohlantirishlarga qaramay, Sharqqa jo'nash oldidan Senat majlisiga borgan. Shu majlisda u fitnachilar tomonidan o'ldirilgan. Senatorlar tumtaraqay qochib ketishgan. Fitnachilar Kapitoliyga jo'nab, barrikadalar orqasiga bekinib olishgan71.

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish