Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi


Klavdiy Neron va Domitsian boshqaruvi davrida Rim



Download 1,03 Mb.
bet41/83
Sana06.07.2022
Hajmi1,03 Mb.
#747779
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   83
Bog'liq
Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi

2. Klavdiy Neron va Domitsian boshqaruvi davrida Rim. Neron o'z obro'sini oshirish uchun Senatning funksiyalarini kengaytirgan. Qullarga nisbatan shafqatsiz siyosat olib borgan. Neron davlat ishlariga avallari kam aralashgan. O'yin- kulgi, ashula aytish, artistlik qilish, she'r yozish bilan shug'ullangan. Shu orada hokimiyat uchun kurash boshlanib ketgan. Natijada Britanik, Agrippina, hatto xotini ham o'ldirilgan. Milodiy 64- yili Rimda qattiq yong'in bo'lgan. Shaharning katta qismi yonib ketgan. Neron uni tiklashga uringan. Mablag' to'plash uchun ko'plab mulkdorlarga qarshi tadbirlar ko'rgan, natijada Senat bilan Neron o'rtasida nizolar kelib chiqqan. Parfiya bilan bo'layotgan urush cho'zilib ktegan. Parfiya Armaniston podsholigiga o'z nomzodi Vologezni chiqarishga erishgan, lekin Neron toj kiydirishi kerak bo'lgan.
Senat bilan aloqasining bo'zilishi, Armanistning qo'ldan ketishi, Britaniyada qo'zg'olon bo'lishi, Rimdagi yong'in va hokazolar Neronning ahvolini og'irlashtirgan. 65-yilda fitna boshlagan. Neron fitnachilarni jazolagan. 66 yilda Yahudiyada qo'zg'olon boshlangan. 67 yilda Rimda yuqumli kasallik tarqalgan. Neron Yunonistonga ketib qolgan. Rim imperiyasining ahvoli og'irlashgan. Imperiyaning ko'p joylarida qo'zg'olonlar boshlanib ketgan. Neron qo'zg'olonlarning bostirishga uringan. Legionlarda ham qo'zg'olon boshlangan. 68 yilning yozida shahardan qochgan va o'zining ozod qilingan quli villasida o'zini- o'ldirgan78.
Neronning o'limi bilan Yuliy – Klavdiylar sulolasi deb atalgan imperatorlar hukmronligi tugagan.
Neronning halokati Rim imperiyasining qadam qo'ygan chuqur siyosiy inqirozining birinchi bosqichi bo'lgan. Imperiyaning turli joylarida imperatorlikka da'vogarlar ko'payib ketgan. Ispaniyada Sulpitsiy Galba imperator deb e'lon qilingan. Boshqa joyda Oton degan kishi, Quyi Germaniyada Viteliy imperator deb e'lon qililgan. Senat avval Otonni tan olgan. Ikkovi orasidagi kurashda Vitaliy yengib chiqqan. Keyin Vitaliyni Senat tan olgan.
Neron sharqdagi Rim qo'shiniga qo'mondonlik qilib tayinlangan lashkarboshi Vespasian imperatorlikka intilib, kurash boshlagan. Vitaliyni mag'lub qilgan. U imperiyada tartib o'rnatgan. 70-yilda imperiyaga grajdanlar urushi tugagan. Vespasian 70-79 yillarda imperatorlik qilgan, qo'zg'olonlarni bostirgan, davlatda tartib o'rnatgan. Uning o'g'li Domitsian imperatorligi davrida imperiya territoriyasi kengaytirilgan. Kavkaz yerlari ham bosib olinib, Kaspiy dengizi qirg'oqlarigacha yetib kelgan, lekin Apsheron yarim orolidan ular haydab chiqarilgan. Domitsianga qarshi qo'zg'olonlar bo'lib turgan. U 96 – yilgacha imperatorlik qilgan79.
3. Trayan boshqaruvi davri. Rimning so’nggi bosqinchilik yurishlari. Domitsian o'lganidan keyin keksa senator Koksey Nerva imperator deb e'lon qilingan. Pretoriylar va harbiylar bundan qattiq norozi bo'lgan. Nerva o'z atrofidagilarning maslahati bilan yuqori Germaniya legionlarining legati Mark Trayanni o'ziga o'g'il qilib olgan. Trayanning asli millati ispan bo'lib, u Rim taxtiga o'tirgan birinchi chet ellikdir. Trayan ikki yil, ya'ni 96-98 yillarda Nervaga hokimdosh bo'lgan. 98-117 yillarda imperiyani boshqargan. Trayan Senat bilan yaqin aloqada bo'lgan. Senat a'zolari bu davrga kelganda ko'proq chekka viloyatlardan tashkil topgan.
Trayan Rim armiyasining pasayib ketgan obro'sini tiklash uchun urushga tayyorlangan. U 101 yili quyi Dunayda joylashgan Dakiya podsholigiga yurish boshlagan. Rimliklarning katta armiyasi Dunayni kechib o'tib, daklarning qattiq qarshiligini sindirib, ularning poytaxti Sarmizegetuzaga boradigan yo'ldagi Apula qo'rg'onini egallagach, Dakiya Trayanga taslim bo'lgan. Dakiya og'ir shartlar asosida sulh tuzgan. Dakiya podsho Detsebal Parfiya bilan ittifoq tuzmoqchi bo'lib, qulay fursat poylagan. Trayan ulardan ko'z-quloq bo’lib turgan. Trayan damashqlik mashhur arxitektor Appaladorga Dunay daryosiga ko'prik qurishni buyurgan. Hozirgi Temir darvoza yonida Dunay tikka qoyali qirg'oqlardan oqib ketayotgan joyga g'oyat katta ko'prik qurdirgan, ko'prik qattiq qo'riqlangan. 105 yili daklar katta kuch bilan kelib, bu yerdagi rimliklarga hujum qilgan, lekin egallay olmagan. 106 yilda Trayan ko'p qo'shin bilan Dakiyaga yurish qilgan va poytaxtini egallagan. Qul bo'lishdan qo'rqib ko'p daklar, jumladan Detsebal ham o'zini o'ldirgan. Dakiya Rim provinsiyasiga aylantirilgan. Trayan bu g'alaba sharafiga Rimda yangi katta forum soldirgan. Forum va Mars maydoni orasidagi tepalikni olib tashlatgan, o'rniga kutubxona qurdirgan. Maydonga balandligi 40 metrli ustun o'rnatdirgan80.
Trayan Dakiyani zabt etgach, Parfiyaga qarshi urushga tayyorlana boshlagan. Rim qo'shinlari avval Sinay yarim orolini va Arabistonning shimoliy-g'arbiy qismini bosib olgan. Trayan 114-yilda Parfiya viloyati Armanistonga bostirib kirgan, uni egallab bu yerni Rim provinsiyasi deb e'lon qilgan. Urush 115 yilda ham davom etgan. Rim qo'shini Dajla daryosi bo'ylab yurib, Parfiyaning poytaxti Ktesifonni egallagan. Trayan armiyasi Fors qo'ltig'iga borib yetgan, bu yerda rimliklar kemalar qurgan. Ossuriya, Bobil Mesopatamiya Rim provinsiyalari deb e'lon qilingan. Rimliklar bu o’lkalarga o'z idora tartiblarini joriy etgan. Senat Trayanga yangi faxrli unvonlar bergan. Rim imperiyasi shon-shuhrat cho'qqisiga chiqqan. Lekin kutilmaganda imperiyani turli joylarida qo'zg'olonlar boshlangan bo’lib, g’alayonlar Yahudiya, Misr, Kipr, Kirenanka va boshqa joylarda yoyilgan. Trayan armiyasining bir qismini qo'zg'olonlarni bostirishga yuborgan. Parfiyaliklarning yangi armiyasi va Ikki daryo oralig'i qo'zg'olonchilari rim qo'shinlarining bir qismini qirib tashlagan. Rim qo'shini Frotning orasiga chekinib o'tib ketgan. Trayan 117-yilda Rimga ketayotib, Kilikiyada kasallanib yo'lda o'ladi. Trayan garchi sharqda mag'lub bo'lgan bo'lsada, yangi prinseps laqabini olgan.
4. Adrian boshqaruvi davri. Trayanga yaqin bo'lgan, xotinining qarindoshi Publiy Emiliy Adrian unga o'g'il qilingan, vorisi deb e'lon qilingan. Yangi imperator parfiyaliklarga qarshi urushni davom ettirish mumkin emasligini tushungan. Misr, Kirenaika, Yahudiya, Kipr, Britaniya va Mavritaniyadagi g'alayonlar bostirilmagan edi. Dunay chegaralarida xavf to’xtatilmagan edi. Dunay chegaralarida sarmatlar va saksonlar xavf solib turgan edi. Adrian o'z ahvolini to'g'ri baholab, chegarani Frot daryosi bo'ylab o'tkazgan. Adrianga qarshi fitna uyushtirilgan, fosh etilib, fitnachilar shafqatsiz jazolangan. Adrian imperiyani idora qilgan 117-138 yillarda urushlar olib borish taktikasidan qat'iyan bosh tortgan, strategik mudofaa yo'lini tutgan. Adrian osoyishtalik saqlash, janjallarni muzokaralar bilan hal qilishga uringan. U harbiy qismlarni mustahkamlagan, mustahkam qo'rg'onlar qurdirgan. Imperiyaning uzoq chekkalariga safarga chiqqan. Davlat apparatini mustahkamlagan, Rim davlat muassasasi sifatida prinseps kengashini rasmiy yo'lga qo'ygan. Kengash imperator farmonlari va boshqa hujjatlarni tayyorlagan. Senatorlar bilan bir qatorda kuchli qonunshunoslar ham shu kengashga kiritilgan.
Sud ishlarini yaxshilash uchun «Abadiy edikt» tuzilgan. Unga butun imperiya amal qilgan edi. Qullar sud hukmi bilan jazolanadigan bo'ldi. Markaz bilan provinsiyalar o'rtasidagi aloqani mustahkamlash uchun davlat pochtasi tashkil etilgan. Soliq to'lovchilar, sudyalar, va boshqa ma'muriyat vakillari ustidan nazorat ishlari olib borish uchun Adrian provinsiyalarga kuratorlar («murabbiylar») tayinlangan.
132-135 yillarda Yahudiyada yana kuchli qo'zg'alon bo'lgan, unga Bar-Koxba (yulduz bolasi) laqabli Simon degan kishi boshchilik qilgan. Katta armiya kuchi bilan qo'zg'olon bostirilgan, juda ko'p aholi qul qilib sotib yuborilgan. Quddus o'rnida rimliklar harbiy koloniya tuzib, unga Eliya Kapitali deb nom berishgan. Adrian Afinada bir necha marta bo'lgan. Akropol binolarini tiklattirgan, yangi katta Zevs idodatxonasini qurdirgan, bu ibodatxonaning xarobalari hozir ham saqlanib kelmoqda. Adrian Misrdagi Alesandriyada ancha vaqt turgan. Frakiyada Adrianopol shahrini bunyod qildirgan. Adrion 138 yilda vafot etgan, jasadi katta mavzaleyga qo’yilgan. Bu bino o'rta asrlarda papa qo'rg'oni va qamoqqa aylantirilgan81.
5.Antoninlar sulolasi davrida Rim imperiyasi. Adrianning bolasi bo'lmagan. U boy senator Tit Avreliy Antoninni voris deb shartli qoldirgan. U o'z navbatida imperatorlikka Adrian xotinining jiyanlarini voris qilishi kerak edi.
Rim tarixchilari uning imperatorligi davrini oltin davr deb ataganlar. Bu bahona shartli ravishda qabul qilish mumkin. Antoniyga Piy laqabi berilgan. U Rim imperiyasi chegaralaridagi urush harakatlari olib borgan. Britaniya, Mavritaniyada yangi yerlar bosib olingan, dak va german qabilalarining qo'zg'olonlari bostirilgan. Alanlarning hujumi qaytarilgan. Sharqiy O’rta yer dengizi sohili, Egey arxipelagi, Kichik Osiyoda tabiiy ofatlar ko'p bo'lgan. 152 yilda Misr va Falastinda katta qo'zg'olonlar bo'lib, ular qiyinchiliklar bilan bostirilgan. Antoniy sharqiy qo'shnilari bilan tinch yashashga intilgan.
Antoniy o'lgach, uning o'gay o'g'illari Mark Avreliy va Lutsiy Ver imperiyani birgalikda idora qilishgan. Asosan Mark Avreliy idora qilgan. Uning davrida jiddiy qiyinchiliklar boshlangan. Ikki buyuk davlat – Rim va Parfiya Armaniston ustida talashib qolishgan. Antoniy o'lgach, Parfiya Armanistonni bosib olgan. Rim qo'shin yuborgan, lekin qurshovda qolib halok bo'lgan. 162 yilda parfiyaliklar Suriyani egallagan. Rim yana qo'shin yuborib, parfiyaliklarni haydab chiqargan. Lekin sulh tuzishga majbur bo'lgan. Bu orada yuqumli kasallik tarqalib, ko’p askarlar o'lib ketgan. Epidemiya Rim imperiyaga ham tarqaldi. Oqibatda shahar va qishloqlar huvillab qolgan. Parfiya bilan 166 yilda sulh tuzilgan. Unga ko'ra, Armaniston Rimga qaram bo'lib qolgan.
167 yilda germanlarning markoman, sarmat, kvad qabilalari imperiyaga bostirib kira boshlagan.Ularning hujumi zo'rg'a qaytarib turilgan. 172 yilda Misrda katta qo'zg'olon bo'lib, Rim qo'shinlarini tor- mor qilgan, lekin Suriya noibi Avdiy Kassiy qo'shini bilan kelib uni bostirgan. Avdiy Kassiy shundan so'ng o'zini imperator deb e'lon qilgan. Unga qarshi Mark Avreliy otlangan. Lekin Kassiyning o'ldirilishi bilan imperiya birligi saqlanib qolgan. 180- yili Rim armiyasida yuqumli kasallik tarqalgan. U imperatorga ham yuqqan. Mark Avreliy Vena qo'rg'onida o'lgan.
Milodiy II asrda o'tgan imperatorlarning hammasi quldorlar bilan kelishib ish qilganlar. Ularning ko'pi o'z zamonining ilmli kishilari bo'lgan. Adrian yunon ilm-fani va san'atining muhlisi bo'lgan va o'zi haykaltarosh bo'lgan. Uning «Yolg'izlikdagi uylar» kitobi bor.
180-192 yillarda imperiyani Mark Avremiyning o'g'li Kommod idora qilgan. U otasining tamomila aksi bo'lib, qo'pol, shafqatsiz edi. U turli yo'llar bilan davlatni o'z qo'lida saqlashga uringan, lekin fitnachilar tomonidan o'ldirilgan. Uning o'limi bilan Antoninlar sulolasi tugagan82.

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish