Tarix” fakulteti “Arxealogiya” yo’nalishi 2 kurs 202- guruh talabasi ning


I BOB. Krit-miken madaniyati Qadimgi Yunoniton madaiyatining tarkibiy qismi sifatida



Download 75,01 Kb.
bet2/10
Sana23.07.2022
Hajmi75,01 Kb.
#842610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
krt




I BOB. Krit-miken madaniyati Qadimgi Yunoniton madaiyatining tarkibiy qismi sifatida
1.1 Qadimgi Yunoniston yozuvi va maktablari. 
Qadimgi Yunoniston o`zining ko`p asrlik madaniyatiga ega. Miloddan avvalgi III–II mingyilliklardayoq Krit-Miken madaniyati ravnaq topgan edi. Ular o`zlarining chiziqli yozuvlariga ega bo`lganlar. Lekin bu yozuv keyinchalik unutilgan, Gomer davrida yunonlar finikiyaliklarning yozuvlari bilan tanishganlar. Shu asosda ular 24 harfdan iborat o`z yozuvlarini yaratganlar.
Yunonlar xat va yozuvni papirus o`simligi bargidan tayyorlangan varaqqa, sopol parchalarga va ustiga mum surtilgan taxtachalarga yozganlar. Yunonlar xat yozishda metalldan tayyorlangan qalamcha – stilda yozganlar. Stilning bir uchi ingichka bo`lib u yozishga mo`ljallangan. Ikkinchi tomoni to`mtoq bo`lib, u o`chir-g`ich vazifasini o`tagan. Qadimgi yunonlar kitobni sevishgan va ularni ehtiyot qilib saqlaganlar. Shu tufayli bo`lsa kerak Yunonistondan juda ko`p faylasuf, olim, adiblar yetishib chiqqanlar.
Yunonlar o`qishga ishtiyoqmand bo`lib, erkin yunonlarning o`g`illari yetti yoshdan maktabga borganlar.
Dehqon va hunarmandlarning bolalari maktabni bitirib, ota-onalariga yordam berganlar. Badavlat va o`ziga to`q kishilarning bolalari 18 yoshgacha gimnaziyalarda o`qishni davom ettirganlar.1
Yunon maktablarida bolalar chiroyli yozishga, aniq va ravon so`zlashga o`rgatilgan. O`qituvchilar bolalarga Gesiod, Gomer, Sofokl, Esxil, Aristofan kabi adiblarning asarlarini o`qitganlar.Yunon bolalari Gomerning «Odisseya» va «Iliada» dostonlarini sevib o`qiganlar va yod olganlar.
1 Arxeologlar hikoya qiladi. To’plam. Toshkent, 1974
Maktabda o`quvchilarga rasm chizish, raqs tushish, ashula aytish va lira chalish o`rgatilgan. Maktabda bolalarga har turli jismoniy va harbiy ta`lim ham berilgan. Maktabda intizom qattiq bo`lib, yalqov, dangasa, intizomsiz va so`zga kirmaydigan bolalar kaltakiangan. Qullar o`quv-yozuvdan mahrum edilar.
Yunonistonda qizlar uchun maktablar boimagan. Qizlar buvilari, onalari va opalari rahbarligida har xil hunar va ro`zg`or ishlariga o`rgatilgan.
Qadimgi Yunon adabiyoti. Qadimgi yunon adabiyotining kelib chiqishi uzoq o`tmishga borib taqaladi. Yunon adiblari ajoyib afsona, rivoyat, she`r, qo`shiq, doston, tragediya va komediyalar yaratishgan. Yunon baxshilari esa qadimgi afsona va rivoyatlarni og`zaki tarzda ijro etib avloddan-avlodga yetkazganlar2.«Gerakl», «Didalva Ikar», «Argonavtlar», «Iliada» va «Odisseya» kabi afsona, doston va rivoyatlar Yunon adabiyotining eng nodir asarlaridan hisoblanadi. Yunon adabiyotining eng mashhur namoyandalaridan biri Gomer bo`lib, u miloddan avvalgi VIII asrda, boshqa ma`lumotlarga qaraganda XII asrda yashagan ekan. Gomer «Iliada» va «Odisseya» dostonlarining muallifidir. Dostonlarda yunonlarning Kichik Osiyodagi Troya shahriga qilgan yurishlari, qahramonlarning kurashlari va boshlaridan o`tkazgan sarguzashtlari hikoya qilingan. Yunon adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Gesiod bo`lib, u miloddan avvalgi VIII asr oxiri – VII asr boshlarida yashagan. Uning «Mehnat va kunlar» poemasi yunon mehnatkashlariga mehr-muhabbat, tekinxo`r aslzodalarga nafrat ruhida yaratilgan. Gesiod o`z asarida mehnat ahlini ulug`lagan. Miloddan avvalgi VI–IV asrlarda Yunonistonda Esxil, Sofokl, Evripid kabi mashhur shoir-dramaturglar ijod etganlar. Ularning har biri o`lmas qo`shiq, she`r va tragediyalar yozib qoldirganlar. Ularning eng mashhuri Esxil bo`lib, u miloddan avvalgi 525–456-yillarda yashagan. U 90 dan ortiq tragediya yozgan. U «Tragediya otasi» hisoblanadi. Uning eng mashhur tragediyalari «Zanjirband Prometey» va « Forslar» dir. «Zanjirband Prometey» asarida pahlavon Prometeyning xudo Zevs irodasiga qarshi borib, odamlarga qamish poyasida osmondan olov keltirib beradi.
2 Arxeologlar hikoya qiladi. To’plam. Toshkent, 1974
Rivoyatga ko`ra u odamlarga uy-joy qurishni, hayvonlarni qo`lga o`rgatishni, kema yasashni, «hisob ilmi» va xat-savodni o`rgatgan ekan. Bu ishlar Zevsni g`azablantirib Prometeyni tog` qoyasiga zanjirband qilishni buyuradi. Zevs temir tumshuqli qushga Prometeyning jigarini cho`qib yeyishni buyuradi. Prometey kelajakda kimlar Zevsni hokimiyatdan mahrum qilajagini biladi. Ammo u bu sirni Zevs yuborgan Germesga aytmaydi. Shunda Zevs Prometeyga shunday g`azab qiladiki, zanjirband Prometey qoya bilan yer qa`riga tushib ketadi.
Esxilning «Forslar» tragediyasi miloddan avvalgi 492–449-yillardagi Yunon-Eron urushlari voqeasiga bag`ishlangan. Yunonistonning yana bir shoir dramaturgi Sofokldir. U miloddan avvalgi 496–406-yillarda yashab ijod etgan tragik shoirdir. U 120 dan ortiq tragediyayozgan bo`lib, uning «Shoh Edip» va «Antigona» tragediyalari mashhurdir. Yunon adiblari komediya sohasida ham shuhrat qozonganlar. Yunon komediyasining yirik namoyanda-laridan biri Aristofan bo`lib, u miloddan avvalgi 480–388-yillarda yashab ijod etgan. U «Tinchlik», «Ayollarxalqyig`inida» va «Suvoriylar» kabi komik – kulgili pyesalar yaratgan. Yunoniston tarixini o`rganishda yunon adabiyotining hissasi beqiyos darajada kattadir.
Yunonistonda ilmiy bilimlarning rivojlanishi. Qadimgi Yunonistonda fanning turli sohalari bo`yicha mashhur olimlar yetishib chiqqanlar.
Qadimgi Yunon olimlari Misr, Bobil va Kichik Osiyo xalqla-rining bilimlaridan ko`p bahramand bo`lganlar.
Qadimgi Sharq fani yunon dunyosi ilm-fanining rivojiga barakali ta`sir ko`rsatdi.

Download 75,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish