Tarix” fakulteti “Arxealogiya” yo’nalishi 2 kurs 202- guruh talabasi ning



Download 75,01 Kb.
bet6/10
Sana23.07.2022
Hajmi75,01 Kb.
#842610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
krt

Miloddan avvalgi V asrda yashab ijod etgan Miron, Poliklet va Fidiy kabilar Yunonistonning eng mashhur haykaltaroshlari hisoblanadilar. Haykaltarosh Mironning «Disk otayotgan yigit», «Afina bilan Marsiy», Polikletning «Nayzabardor», «Diodumen» kabi haykallari bugungi zamon kishisini ham hayratga soladi.
Fidiy o`z zamonining mashhur me`mori va haykaltaroshi sifatida shuhrat qozpngan. Uning Parfenondagi oltin, fil suyagi va yog`ochdan ishlangan 12,5 metrli ma`buda Afinaning tik turgan haykali juda mashhurdir. Fidiy yunonlarning bosh xudosi Zevsning Olimpiya shahridagi ibodatxonasi ichiga ishlagan haykali ham nihoyatda go`zaldir. Afinadagi Parfenon ibodatxonasining tashqi va ichki tomonlari Fidiy ishlagan haykallar bilan bezatilgan. Praksitel ham mashhur haykaltarosh bo`lib, uning Dionis bilan Germeslarning o`ynab turgan haykali maqtovga sazovordir.
Xullas miloddan avvalgi V–IV asrlar yunon haykaltaroshligining gullagan davri hisoblanadi.
Yunonistonda rassomchilik. Yunonistonda rassomchilik Krit-Miken davrida ancha rivojlangan edi. Qadimgi yunonlar har turli narsalar va hodisalardan zavqlanuvchi kishilar bo`lishgan. Yunon rassomlari ibodatxona, saroy, ma`muriy bino va uy devorlarini odam, sher, dengiz hayvonlari, afsonaviy qahramonlar va turli mavzudagi rasmlar bilan bezaganlar. Yunon kulollari katta xumlar, ko`za va ko`zachalar ishlab, ularni yaltiroq qora va qizil bo`yoqlarga bo`yaganlar. Ko`zalarning sirti yunonlar hayotidan olingan turli rasmlar bilan bezatilgan.
Chunonchi ko`zalarning birida yunon maktabidagi o`qish, boshqa birida musiqa darsi ifoda etilgan. Bir ko`za sirtida esa bir pahlavonning sher bilan, ikkinchi ko`zada esa ikki jangchining olishuvi tasvir etilgan.
Ko`pchilik ko`zalar sirtida Olimpiyadagi musobaqalar – nayza otayotgan yosh yigit, kurashayotgan pahlavonlar, jang aravalari poygasi kabi manzaralar tasvir etilgan.
Yunon rassomlari ko`zalar sirtiga Gomer dostonlari qahramonlari, Odisseya sheriklari, bulbuligo`yolar va boshqa ajoyib manzaralardan olingan rasmlarni chizganlar. Ayni paytda ko`zalarga afsonaviy va diniy mavzudagi manzaralar ham ishlangan. Miloddan avvalgi V–IV asr yunon rassomchiligi o`z taraqqiyotining yuqori bosqichiga ko`tarilgan davr hisoblanadi.
Yunonistonning qadimgi Olimpiya o`yinlari. Olimpiya Peloponnesning shimoli-g`arbidagi Elida viloyatidagi qadimgi shaharlardan biri bo`lib, u yunonlar uchun muqaddas bo`lgan. Shaharda har 4 yilda bir marta yunbnlarning turli o`yin-musobaqalari o`tkazilgan.
Solnomachilarning bergan ma`lumotlariga ko`ra Olimpiya musobaqalari birinchi bor miloddan avvalgi 776-yilda boshlangan ekan. Shahar o`rtasida yunonlarning bosh xudosi Zevs ibodatxonasi bo`lib, uning o`rtasida taxtda o`tirgan Zevs haykali o`rnatilgan. Zevs ibodatxonasi atrofida kichik ibodatxonalar ham bo`lib, ular xudolar, afsonaviy qahramonlar va minglab o`yin g`oliblarining haykallari bilan bezatilgan.
Ibodatxona atrofida jismoniy mashq maydonlari va inshootlari joylashgan,
Olimpiya o`yinlarini tomosha qilish uchun bu muqaddas dargohga Yunonistonning turli polis, o`lka, hatto manzilgohlaridan o`n minglab tomoshabinlar kelishgan. Olimpiya o`yinlari vaqtida bu yerga ayollarning kirishlari taqiqlangan. Bu qoidani buzgan kishilar hatto o`limga mahkum etilgan ekan.
Olimpiya maydonlarida chopish, sakrash, kurash, disk otish, mushtlashish, nayza otish va boshqa sohalar bo`yicha musobaqalar o`tkazilgan. Yosh yigitlarning musobaqalari uchun bir kun ajratilgan.
Olimpiya musobaqalari orasida to`rt ot qo`shilgan ikki g`ildirakli aravalar poygasi eng zavqli va eng xavfli o`yin hisoblangan. Aravakash jang aravasi ustida turib, uni boshqargan. U ippodrom otchopar maydonini 12 marta aylanib chiqishi kerak bo`lgan. Aravakashlar kuchli, epchil, jasur va arava boshqaruvga mohir bo`lishi kerak bo`lgan. Bir yugurishda bir necha o`n arava ishtirok etgan. Arava poygalari vaqtida, aravalarni bir-biriga va ustunlarga urilishi natijasida ag`darilish hollari ko`p bo`lgan. Shunday vaqtlarda qanchadan-qancha odam va otlar jarohatlanib, qanchadan-qanchasi o`lgan.
Musobaqada g`olib chiqqanlar zaytun daraxti novdalaridan to`qilgan gulchambarlar bilan mukofotlanganlar. Shu narsa achinarliki, poygada o`z hayotini xavf ostida qoldirib, aravani boshqargan aravakash emas, balki ot-arava egasi musobaqa g`olibi hisoblangan. G`oliblar ona shahri va qishloqlariga qaytishgach, aholi ularni tantanalar bilan kutib olgan. Joylarda g`oliblar sharafiga haykallar o`rnatilgan.
Olimpiya o`yinlari o`tkaziladigan oy muqaddas hisoblanib, shu oyda butun Yunonistonda urushlar to`xtatilgan.
Olimpiya o`yinlariga yozuvchi, shoir, rassom, haykaltarosh, tarixchi va faylasuflar tomoshabin sifatida ishtirok etganlar.
Rivoyatlarga ko`ra «tarix otasi» Gerodot o`zining mashhur «Tarix» asarini birinchi marta Olimpiya o`yiniarining birida o`qib beigan ekan.
Yunonlar o`zlarining qadimgi yil hisobini eng dastlabki Olimpiya o`yinlari boshlangan1 kun va yildan hisoblaganlar. Hozir ham jahon bo`ylab Olimpiya o`yinlari har 4 yilda navbat bilan u yoki bu mamlakatda o`ticazilib kelinmoqda.
Qadimgi yunon dini. Din ma`naviy madaniyatning bir turi bo`lib, ishonch, e`tiqod degan ma`nolarni bildiradi. Ibtidoiy jamoadan quldorlik tuzumiga o`tish davrida yunonlaming e`tiqodida ham katta o`zgarishlar sodir bo`lgan.
Yunonlar e`tiqodicha har bir narsa, hodisa va kasb-hunarning o`z xudolari – homiylari bo`lgan. Ularni erkagini ma`bud, ayolini esa ma`buda deb ataganlar. Yunonlar bu ma`bud va ma`budalarni izzat-ikrom qilish bilan biiga ulardan qo`rqqanlar ham. Yunonlar xudolar tabiat va jamiyatning hamma yerida yashab, uni boshqarib turadi deb ishonganlar. Ular o`z xudolarini kuchli, chiroyli va kelishgan odam qiyofasida tasavvur etganlar.
Afsonalarga ko`ra Zevs osmon, momaqaldiroq, chaqmoq va yomg`ir xudosi deb tan olinib, odamlar va xudolarning bosh hukmdori – podshosi hisoblangan. Odamlar Zevsdan qo`rqqanlar, uni ulug`laganlar. Unga bag`ishlab ibodatxona qurib, haykalini ham ishlaganlar.

Download 75,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish