3. “Missiya” atamasiga izoh bering.
Missiya (lotincha) — yuksak burch, mas‘uliyatli vazifa; birdavlatning ikkinchi davlatga maxsus topshiriq bilan yuborganvakillari.
12-BILET
1. Oltin O„rda xonligi haqida ma‟lumot bering.
Mo’g’ullarning 1235-yilda bo’lib o’tgan qurultoyi Rus va Shimoliy Kavkaz yerlarini
bosib olish haqida qaror chiqaradi. To’planadigan qo’shinga Botuxon
yetakchilik qilishi e‘lon qilinadi. Uluslardan o’nta askardan bittasining ajratilishi, Botuxonga yordamga Chingizxonning sarkardalaridan Subutoy Bahodirning berilishiga kelishiladi. Botu va Subutoylar 1237- yilning kuzida rus yerlariga hujum boshlab, dastlab Ryazanni bosib olishadi. Rusdagi siyosiy tarqoqlik mo’g’ullarga qarshilik ko’rsatish imkonini ham bermasdan 1238– 1240-yillarda Vladimir, Suzdal, Kiyev, Galich, Volin va boshqa shaharlar bosib olinadi. 1243-yilda
O’qtoyning vafot etishi munosabati bilan Botuxon Volgabo’yi dashtlariga qaytadi. Shu tariqa Botuxon istilo qilgan Volgabo’yi, Shimoliy Qora dengiz sohillari, Shimoliy Kavkaz, Moldaviya hududlarida, rus yozma manbalarida bayon qilinishicha, Oltin O’rda nomini olganJo’ji ulusi shakllanadi.Oltin O’rda,
Jo’ji ulusi – XIII asrning 40-yillariboshida Jo’jixonning o’g’li Botuxon (1236– 1255)tomonidan asos solingan davlat 2. Husayn Boyqaro haqida ma‟lumot bering.
Husayn Boyqaro (Husayniy) (1438-yil, Hirot—1506-yil, 4-may, Bobo-Ilohi,
Hirot yaqinida) - taniqli shoir va davlat arbobi. Hirot yaqinida tugʻilgan. 1469yildan umrining oxirigacha Xuroson podshohi. Uning hukmdorligi yillarida iqtisodiy va madaniy hayot yaxshilangan. Navoiyning maktabdosh doʻsti va homiysi.Husayn Boyqaro, Husayniy (toʻliq nomi Husayn ibn Mirzo Mansur binni
Mirzo Boyqaro) (1438— Hirot — 1506) — Xuroson hukmdori (14691506), shoir.
15-asr oʻzbek mumtoz adabiyotining namoyandalaridan.
Temuriylardan Umarshayx mirzoning evarasi. Onasi Feruzabegim temuriylardan
Mironshohning nabirasi. Husayn Boyqaro, Bobur taʼriflaganidek, ikki tomonlama ulugʻ („karim ut-tarafayn―) boʻlgan.Navoiyning tadbirkorligi bilan Yodgor Mirzoni qoʻlga olib, taxtni qayta egallagan va umrining oxirigacha hukmdorlik qilgan. Saltanatiga Xorazm, Seyiston, Qandahor, Balx, Gʻaznadan
Domgʻongacha boʻlgan yerlar kirgan. Yurak xastaligidan vafot etgan Husayn
Boyqaro oʻzi qurdirgan madrasa ichidagi maqbaraga dafn etilgan. Hozir maqbara vayron boʻlgan, qabr va uning ustiga oʻrnatilgan „Sangi haft qalam― saqlanib qolgan.
3.“Konservativ” atamasiga izoh bering.
Konservativ (lotincha) — eski tuzum tarafdorlari, islohotlar va o’zgarishlarga qarshi turuvchilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |