Tashqi siyosat. Tashqi siyosat masalalari bilan xon, uning yaqin maslahatchilari, shuningdek, beklarbegi shu- g‘ullangan. Oltin O‘rda Sharqiy Yevropaning kuchli bir davlati bo‘lganidan Yevropa qirollari, Rim papalari, Vi- zantiya imperatorlari va Turk sultonlari xon saroyi bilan do‘stona munosabatda bo‘lishga intilganlar.
Eronda mustaqil davlat tuzgan Xuloku va uning voris- lari esa Oltin O‘rda bilan Kavkazortiga egalik qilish ma- salasida raqobat qila boshlagan. Bu ikki Mo‘g‘ul davlati qo‘shinlari qator janglarda to‘qnashib, goh u tomon, goh bu tomonning qo‘li baland kelgan. Bu janglardan biri- da 1266-yilda Botuxonning ukasi Berkaxon ham halok bo‘lgan. Xuloku ulusiga qarshi kurashda Oltin O‘rda hatto Misr sultonlari bilan ittifoq tuzgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |