Tarix 6-sinf



Download 9,49 Mb.
bet54/122
Sana29.05.2022
Hajmi9,49 Mb.
#618306
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   122
Bog'liq
Tarix. 6-sinf (2017, A.Sagdullayev, V.Kostetskiy)-converted

Tayanch konspekt





mil. avv. VII–VI asrlar – so‘g‘dlar, baqtriyaliklar, xorazmiylar, saklar, massagetlar






So‘g‘diyona






Xorasmiya






Baqtriana (Baqtriya)






Amudaryo – massagetlar, Sirdaryo saklar



mil.avv. VII asr – Qadimiy Baqtriya davlati
Qiziltepa, Yerqo‘rg‘on, Uzunqir, Afrosiyob Xorazm – Ko‘zaliqir


Savol va topshiriqlar


  1. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda O‘rta Osiyo hududida qaysi qabila va elatlar yashagan- lar?

  2. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda O‘zbekiston hududida rivoj topgan hunarmandchilik tur- larini sanab bering.

  3. O‘rta Osiyoning qadimgi davlatlari qaysilar?

  4. O‘zbekistonning ilk shaharlari qanday kori- nishga ega bo‘lgan? Arxeologik tadqiqotlar qatnashchisi nomidan so‘zlab bering.



Qadimgi shahar xarobalari

  1. §. Zardushtiylik


Zardushtiylik- ning vujudga kelishi tarixi
Mil. avv. 1- ming yillikda O‘rta Osiyoda zardushtiylik deb atalgan din keng tarqa- ladi. Bu din hali odamlar ta-

Zardusht.


Zamonaviy rasm



biatni ilohiylashtirgan kezlarda kurtak yoza boshlagan edi. Zardushtiylar olov, tuproq, suv va yulduzlarga sig‘inishgan, ularni muqaddas hisoblashgan.
«Zardushtiylik» so‘zi ham Zardusht (turli tillarda Zaratushtra, Zoroastr) ismidan kelib chiqqan. U mil. avv. 1-ming yillikning birinchi yarmida yashab o‘tgan tarixiy shaxs.
Keyinroq Yunonistonda Zardushtning ismi
«Zoroastr» shaklida jaranglaydi (yunoncha
«astron» – «yulduz»), negaki Yunonistonda uni birinchi galda donishmand, munajjim sifa- tida bilishgan.
Zardushtiylik paydo bo‘lishi haqida shun- day bir afsona bor.
Bir kuni erta tongda Zardusht suv olish uchun daryo bo‘yiga boribdi. Zilol suvda u Ahuramazda elchilaridan birining siymosini ko‘rib qolibdi, siymo nur bilan qaysi tomonga borishga yo‘l ko‘rsatibdi.
Zardusht sehrli nur izidan ergashibdi, ko‘p o‘tmay oliy iloh Ahuramazda qarshisiga bo- rib qolibdi. Ahuramazda xudosi uning ezgu amallari haqidagi bilimlarni tarqatish uchun Zardishtni tanlaganini ma’lum qilibdi.
Shu tarzda Zardusht 30 yoshida yangi diniy ta’limot payg‘ambariga aylangan. «Pay- g‘ambar» so‘zining o‘zi esa «ezgu amallar ha- qida xabar beruvchi» ma’nosini anglatadi.

Zardushtiylikning tarqalishi


Zardushtiylik tarqala boshlagan paytlarda ibodatxonalar va odam-

lar duo matnlarini o‘rganishi uchun maxsus kitoblar ham bo‘lmagan. Diniy marosimlar ochiq osmon ostida, gulxan yonida yoki uy- dagi o‘choq olovi atrofida o‘tkazilgan.
Avval turli qabilalarni istilochilarga qar- shi kurashga birlashtirish uchun Zardusht ularni birlikka da’vat qilgan.
Zardushtning so‘nggi va’zlari din xiz- matchilari – kohinlar tomonidan yozib olin- gan. Zardushtiylik kohinlari diniy matnlarni yod olib, dindorlarga o‘qib berishgan.
Zardushtning vafotidan keyin bir necha asrlar o‘tgach, barcha diniy marosimlar, mad- hiyalar va duolar zardushtiylar uchun muqad- das bo‘lgan bir kitobga jamlandi. Bu kitobning nomi «Avesto» bo‘lib, «qat’iy belgilangan qo- nun-qoidalar» degan ma’noni anglatadi.
«Avesto»ning ilk qismi mil. avv. IX – VIII asrlarda paydo bo‘lgan. Zardusht va’zlari matnlarining hammasi mil avv. III asrda 21 ta kitobda jamlangan, bu kitoblar «Avesto» asosini tashkil etgan edi. «Avesto» matnlariga sharh esa «Zand» deb yuritiladi.
Olimlarning izlanishlari tufayli bugungi kunda biz zardushtiylarning muqaddas kitobi
«Avesto» matnlari bilan tanishish imkoniyati- ga ega bo‘ldik. Fransuz olimi A.Dyuperron ilk marotaba «Avesto»ning alohida qismlarini tar- jima qilgan.



Download 9,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish