Zardusht.
Zamonaviy rasm
biatni ilohiylashtirgan kezlarda kurtak yoza boshlagan edi. Zardushtiylar olov, tuproq, suv va yulduzlarga sig‘inishgan, ularni muqaddas hisoblashgan.
«Zardushtiylik» so‘zi ham
Zardusht (turli tillarda
Zaratushtra,
Zoroastr) ismidan kelib chiqqan. U mil. avv. 1-ming yillikning birinchi yarmida yashab o‘tgan tarixiy shaxs.
Keyinroq Yunonistonda
Zardushtning ismi
«Zoroastr» shaklida jaranglaydi (yunoncha
«
astron» – «yulduz»), negaki Yunonistonda uni birinchi galda donishmand, munajjim sifa- tida bilishgan.
Zardushtiylik paydo bo‘lishi haqida shun- day bir afsona bor.
Bir kuni erta tongda Zardusht suv olish uchun daryo bo‘yiga boribdi. Zilol suvda u Ahuramazda elchilaridan birining siymosini ko‘rib qolibdi, siymo nur bilan qaysi tomonga borishga yo‘l ko‘rsatibdi.
Zardusht sehrli nur izidan ergashibdi, ko‘p o‘tmay oliy iloh Ahuramazda qarshisiga bo- rib qolibdi. Ahuramazda xudosi uning ezgu amallari haqidagi bilimlarni tarqatish uchun Zardishtni tanlaganini ma’lum qilibdi.
Shu tarzda Zardusht 30 yoshida yangi diniy ta’limot payg‘ambariga aylangan. «Pay- g‘ambar» so‘zining o‘zi esa «ezgu amallar ha- qida xabar beruvchi» ma’nosini anglatadi.
lar duo matnlarini o‘rganishi uchun maxsus kitoblar ham bo‘lmagan. Diniy
marosimlar ochiq osmon ostida, gulxan yonida yoki uy- dagi o‘choq olovi atrofida o‘tkazilgan.
Avval turli qabilalarni istilochilarga qar- shi kurashga birlashtirish uchun Zardusht ularni birlikka da’vat qilgan.
Zardushtning so‘nggi va’zlari din xiz- matchilari – kohinlar tomonidan yozib olin- gan. Zardushtiylik kohinlari diniy matnlarni yod olib, dindorlarga o‘qib berishgan.
Zardushtning vafotidan keyin bir necha asrlar o‘tgach, barcha diniy marosimlar, mad- hiyalar va duolar zardushtiylar uchun muqad- das bo‘lgan bir kitobga jamlandi. Bu kitobning nomi «Avesto» bo‘lib, «qat’iy belgilangan qo- nun-qoidalar» degan ma’noni anglatadi.
«Avesto»ning ilk qismi
mil. avv. IX – VIII asrlarda paydo bo‘lgan. Zardusht va’zlari matnlarining hammasi
mil avv. III asrda 21 ta kitobda jamlangan, bu kitoblar «Avesto» asosini tashkil etgan edi. «Avesto» matnlariga sharh esa «Zand» deb yuritiladi.
Olimlarning izlanishlari tufayli bugungi kunda biz zardushtiylarning muqaddas kitobi
«Avesto» matnlari bilan tanishish imkoniyati- ga ega bo‘ldik.
Fransuz olimi A.Dyuperron ilk marotaba «Avesto»ning alohida qismlarini tar- jima qilgan.