Milodiy 313-yilda imperator Konstantin xristianlik boshqa dinlarga teng dindir degan farmon chiqardi. Farmon xristianlarga ibo- datxonalar qurish va oshkora ibodat qilish imkonini berdi.
Rivoyatga ko‘ra, imperator Konstantin xristianlik ramzini o‘z askarlari qalqonlariga chizishga buyurgan
va g‘alabaga erishgan.
Tayanch konspekt
termalar
ritorika
me’moriy uslublar
betonning ixtiro qilinishi
Korinf Ion Doriy
Panteon
tarixchilar
Iso Masih
Kvint Kursiy Ruf Tit Liviy
Plutarx
Pontiy Pilat Golgofa
I asr Yevangeliya
Rimliklarning turmush tarzi haqida hikoya tuzing.
Rim davlatida ta’limning qaysi turlari mavjud bo‘lgan, nimalarni o‘qitishgan?
Rim me’morchiligining xususiyatlarini ayting.
Rimdagi eng katta inshoot nomini ayting.
Rim Panteoni haqida nimalarni bilasiz?
Iso payg‘ambar kim? Xristianlik haqida ni- malarni bilasiz?
Xulosa
Odamzod qadimdan yaratilgan bebaho ixtiro va kashfiyot- lardan foydalanib keladi. Bular ziroatchilik usullari, g‘ildirak, suv quvurlari, alifbo, taqvim, sonlar, me’morchilik va shu kabi yu- tuqlardir.
Biz hanuz qadimgi dunyo xalqlari yaratgan madaniy yod- gorliklardan hayratlanamiz. Qadimgi mualliflarning ko‘plab asarlari bizni mardlikka, mehnatsevarlikka, Vatanga muhab- batga undaydi.
Yaratuvchanlik doim qadrlanib kelingan. Hatto qadim davr- da uzoq ajdodlarimiz hayoti xavf-xatar, tashvishlarga to‘la bo‘lganda ham, insoniyat olamni anglashga harakat qilib kel- gan. Bu esa ma’naviy madaniyat rivojlanishi uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Yunon va rimliklarning Sharq madaniyati bilan o‘zaro alo- qasi fan va san’at yuksalishining tezlashuviga, dunyo mada- niyatining taraqqiyotiga olib keldi.
Endi siz qadimgi dunyo tarixi va O‘zbekiston tarixi necha ming yillarga borib taqalishini yaxshi bilasiz. Aynan uzoq o‘tmishda bizning yurtimizda boy madaniy meros rivojlanishi uchun asos solingan edi. Bu yerda qadimgi shaharlar va davlatlar tashkil topgan. Ziroatchilar, hunarmandlar va quruvchilar o‘zining yaratuvchanlik mehnati bilan o‘lka dovrug‘ini olamga yoygan.
Vatanga muhabbat ko‘p sonli bosqinchilarga qarshi ku- rashgan xalq qahramonlari jasoratida namoyon bo‘ladi. To‘maris, Shiroq, Spitamаn va boshqa ko‘plab jasur qahramon- lar yurt ozodligini o‘z hayotidan ustun qo‘yganlar.
Ilk yozma manba – «Avesto»da eng yaxshi mamlakat sifatida O‘zbekistonning qadimgi dehqonchilik hududlari ta’kidlab o‘tiladi.
Amudaryo etaklarida, qadimgi Xorazm yerlarida, Surxon, Qashqadaryo va Zarafshon vohalarida zardushtiylik kohinlari yovuzlik va ezgulik o‘rtasidagi mangu kurash haqidagi muqad- das qasidani kuylashgan. Ular kishilarni tinchlikka, adolat va ezgulikka chorlaganlar. Odamlar oilaga, uyga, suv va yerga nisbatan hurmat bilan qarashgan, farzandlariga insonning jamiyatdagi yuksak o‘rni haqidagi tasavvurni singdirishgan.
Ajdodlarimizning tarixdagi yaratuvchanlikka intilishi va jaso- rati vatanparvarlik hissini tarbiyalaydi, o‘z Vatani manfaatlarini himoya qilishga o‘rgatadi.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Kari- mov milliy istiqlol g‘oyasining mohiyatini ochib bera turib, mam- lakatimizning rivojlanishini millati, tili va dinidan qat’iy nazar bu- tun O‘zbekiston fuqarolarini tashkil etgan jamiyatning ma’naviy gullab-yashnashi va komil insonni tarbiyalash bilan chambarchas bog‘lab, ajdodlarimizdan qolgan boy madaniy merosni qadrlash va asrab-avaylash zaruriyatini u‘qtirib o‘tgan.
Xalqimiz ezgulikka, tinchlik va bunyodkorlikka intiladi. Bu inti- lish boy ma’naviyatga asoslangan va mamlakatimizning buguni va kelajakdagi rivojlanishi, gullab-yashnashi bilan bog‘liq.
Biz Vatanimizning moddiy va ma’naviy madaniyatini asrab- avaylab, to‘plangan ma’naviy qadriyatlarni ko‘paytirgan holda ajdodlarimizning ezgu ishlarini davom ettirishimiz lozim.
Ma’naviyatimizni yuksaltirish borasidagi maqsad va vazifa- larni amalga oshirish uchun har bir inson o‘zini o‘z mamla- katining haqiqiy fuqarosi deb his qilishi uchun qadimiy, ko‘hna tarixni, buyuk ajdodlarimizning boy merosini va madaniya- tini chuqur o‘rganishi bugungi kundagi olamshumul o‘zgarish- larga boy voqelikni ongli ravishda idrok qila bilish, jamiya- timiz va davlatimiz taraqqiyotiga o‘zining ham daxldor ekanligini anglab yetishi kerak.
TARIXIY ATAMALAR LUG‘ATI
Do'stlaringiz bilan baham: |