Bog'liq Tarix. 6-sinf (2017, A.Sagdullayev, V.Kostetskiy)-converted
Avstralopitek – eng qadimgi odam turi.
Agora – Qadimgi Yunoniston shaharlarida xalq yig‘ilish joyi, markaziy maydon.
Akveduk – Rim davrida shaharga suv keltirish uchun qurilgan va ustida arig‘i bo‘lgan baland ko‘prik.
Altamir – Ispaniyadagi so‘nggi paleolitga oid qoyatosh rasm- lari topilgan g‘or.
Amfiteatr – sahna atrofida tomoshabinlar o‘tirishiga mo‘l- jallangan qurilmalar bilan qurshalgan tomsiz katta inshoat.
Animizm – insonni qurshab turgan muhitda jonlar va ruhlar- ning mavjudligiga ishonch. Lotincha «anima» so‘zi «jon», «ruh» tushunchalarini anglatadi.
Antik – lotincha «qadimgi» ma’nosini bildiradi.
Antik tarix – Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rim davri tarixi. Antropologiya – yunoncha «antropos» – odam, «logos» – fan so‘zlaridan iborat bo‘lib, «odam haqidagi fan» ma’nosini angla-
tadi.
Argonavtlar – oltin mo‘ynani (sehrli qo‘chqor terisini) izlab,
«Argo» degan ko‘p eshkakli kemada dengiz sayohatiga chiqqan Ellada qahramonlari.
Arxeologiya – yunoncha «arxayos» – qadimgi, «logos» – fan, degan so‘zlardan tashkil topgan, ashyoviy manbalarni o‘rga- nuvchi va ular bo‘yicha tarixiy o‘tmishni qayta tiklovchi fan; qadimshunoslik ma’nolarini anglatadi.
Budda – Siddhartha Gautamaning ikkinchi ismi, laqabi;
«ma’rifatlangan» tarzida tarjima qilinadi.
Buddaviylik – miloddan avvalgi VI asrda Hindistonda Sidd- hartha Gautama tomonidan asos solingan diniy ta’limot.
Varvar – dastlab: yunon tilida so‘zlashmaydigan har qanday chet ellik kishi; keyinchalik bu so‘z madaniylashmagan odam- larga nisbatan ishlatiladigan bo‘ldi.
Gilgamish – Mesopotamiyaning afsonaviy qahramoni, tarixiy shaxs, Uruk shahri podshosi.
Goplit – Qadimgi Yunoniston va Yunoniston-Makedoniya armiyalarining og‘ir qurollangan piyoda jangchisi.
Demokratiya – yunoncha «xalq hokimiyati», har bir fuqaro o‘z mamlakatini boshqarish masalasi bo‘yicha o‘z fikrini bayon eta- digan, shuningdek, davlat boshqaruvida ishtirok etadigan ijtimoiy tuzum.
Zikkurat – tepasida ibodatxonasi bo‘lgan zinapoyali yirik va baland inshoot.
Zinjantrop – ibtidoiy odam, bu odamning nomi uning suyak qoldiqlari topilgan joy – «Zinj» vodiysi va yunoncha «antropos» – odam so‘zlari bilan bog‘langan.
Ibodatxona – odamlar xudolarga sig‘ingan muqaddas bino yoki joy.
Ibtidoiy odam – ilk, eng qadimgi odam.
Imperator – lotincha «hukmdor», Rimda dastlab – faxriy har- biy unvon, keyinchalik mutlaq hukmdorga tegishli nom.
Kohinlar – ibodatxona ruhoniylari.
Koloniyalar – qadimgi davrlarda o‘z yurtini tark etgan odamlar tomonidan yangi yerlarda asos solingan manzilgoh va shaharlar. Konsul – Respublika davrida Rimdagi oliy siyosiy lavozim.
Har yili saylangan ikki nafar konsul Senat va armiyaga rahbarlik qilgan.
Neandertal odami – o‘rta paleolit davrida yashagan ibtidoiy odam. Uning suyak qoldiqlari dastlab Germaniyadagi Neandertal vodiysidan topilgan.
N’om – yunoncha «viloyat» tushunchasini anglatagi. Misrdagi ilk davlat.
Nomarx – Qadimgi Musrda ilk davlatning hukmdori.
Papirus – yozuv yozish uchun ishlatiladigan qamish poya- sining mag‘zi.
Patritsiylar – Rimning qadimgi tub aholisi.
Piramida – mahobatli tosh inshoot, fir’avnlar maqbarasi.
Pitekantrop – Antropologiya fanida zinjantrop va sinantrop singari «tik turib yuruvchi odam» deb atalgan. Ilk paleolit dav- rida yashagan ibtidoiy odam.
Plebeylar – Rimga ko‘chib kelgan odamlar va ularning avlod- lari.
Polis – yunoncha «shahar».
Respublika – «umumiy ish» ma’nosini anglatadi; tuzum nomi.
Sinantrop – «xitoy odami» ma’nosini anglatadi. Ilk paleolit davrida yashagan ibtidoiy odam.
Senat – «Oqsoqollar kengashi» ma’nosini anglatadi.
Sun’iy sug‘orish – kanallar va ariqlar yordamida ekinlarni sug‘orish.
Sfinks – gavdasi sherniki va boshi insonniki bo‘lgan, pirami- dalarni qo‘riqlovchi ulkan haykal – afsonaviy mavjudot.
Termalar – Qadimgi Rim shahridagi jamoat hammomlari.
Falanga – og‘ir qurollangan askarlarning bir necha, odatda 9 yoki 16 qator saf tortishi.
Falsafa (filosofiya) – yunoncha «filo» – sevish, «sofiya» – do- nishmandlik tushunchalarini anglatadi.
Fir’avn – Misr hukmdori; «ulug‘ xonadon» ma’nosini angla- tadi.
Forum – Rimda yig‘ilish joyi va savdo-sotiq maydoni bo‘lib xizmat qilgan shahar markazi.
Xronologiya – asrlar, davrlar, vaqt o‘lchovi haqidagi fan; turli- tuman voqealar sanasi xronologiya yordamida aniqlanadi.
Sivilizatsiya – qadimdagi jamiyat taraqqiyotining ancha yuk- sak darajasi (shaharlar, yozuv va davlatlarning rivojlanishi).
Shahar-davlat – tevaragidagi hududlarni tasarrufiga olgan o‘zini-o‘zi boshqaruvchi shahar.
Ellinlar – qadimgi yunonlar; dastlab Yunonistonning barcha aholisi shunday atalgan.
Etnografiya – yunoncha atama bo‘lib, «xalqlar tavsifi» ma’nosini anglatadi.
Qul – o‘zga bir kishining mulki bo‘lgan va ishchi kuchi sifati- da ishlatiladigan erksiz odam («so‘zlovchi mehnat quroli»); qulni sotib olish va sotib yuborish mumkin bo‘lgan.