Tarix 6-sinf



Download 9,49 Mb.
bet46/122
Sana29.05.2022
Hajmi9,49 Mb.
#618306
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   122
Bog'liq
Tarix. 6-sinf (2017, A.Sagdullayev, V.Kostetskiy)-converted

Siddhartha Gautama.


Zamonaviy rasm
VI asrda yangi buddaviylik dinining yaratilishi Budda taxallusini olgan shahzoda Siddhar- tha Gautama nomi bilan bog‘liq.
Rivoyatda naql qilinishicha, shahzoda Siddhartha Gautama 20 yoshga to‘lguniga qadar hukmdor otasi saroyida betashvish kun kechirgan. U kunlardan bir kuni sayr qilib yurgan paytda munkillagan, bedavo dardga yo‘liqqan bir kishiga, keyin esa dafn maro-

simiga ko‘zi tushadi. Shunday qilib shah- zodaga insonning azobi va ajali ma’lum bo‘ldi. Bu Siddhartha Gautama hayotini tamomila o‘zgartirib yubordi. U saroydagi farog‘atli turmushdan voz kechdi, hayot mazmunini izlab topish maqsadida dunyo bo‘ylab sayohatga otlandi.
Bir kuni ma’rifatga erishgan Budda in- son son-sanoqsiz marotaba tug‘ilishi va va- fot etishini tushunib yetadi. Keyingi hayotda odamning kim bo‘lib tug‘ilishi ham uning sa’y-harakatlari va amallariga bog‘liq bo‘ladi, degan xulosaga keladi.
Budda va uning izdoshlari bo‘lgan bud- daviylar inson yolg‘on so‘zlamasligi, mol- davlat to‘plamasligi, tirik mavjudotlar qonini to‘kmasligi lozim, deb hisoblaydilar. Shu sa- babli inson har qanday xohish-istaklardan voz kechishi zarur, negaki har qanday xo- hish-istak azob-uqubatga olib keladi.
Avvaliga buddaviylarda xudo bo‘lmagan, chunki ular xudolar inson azob-uqubatlarini yengillashtira olmaydi, deb hisoblaganlar. Bi- roq ko‘p o‘tmay, Buddaning o‘zi xudoga ayla- nadi. Bugun ham buddaviylik ibodatxonalari- da uning haykallarini ko‘rish mumkin. Budda nilufar gulida teran o‘ylarga cho‘mgancha qilt etmay, ko‘zlarini yumib, chordona qurib o‘tirgan holatda tasvirlanadi.

O‘zingizni sinang!


Budda
Tayanch konspekt
mil. avv. VII–VI asrlar – Magadha, Koshala, Malla davlatlari
mil. avv. 327-yil – Makedoniyalik Alek- sandrning Hindistonga yurishlari
Chandragupta – Maurya davlatining asos-
chisi, poytaxti Pataliputra bo‘lgan
mil. avv. III asr – Ashoka hukmronligi – Hindistonning gullab-yashnashi davri
ixtirolar: raqamlar, «nol» raqami, shaxmat
«Mahabharat», «Ramayana» – xalq dos- tonlari
buddaviylik – «xudolarsiz din»

Savol va topshiriqlar


  1. Mil. avv. VII–VI asrlarda Hindistonda qaysi davlatlar vujudga keldi?

  2. Buyuk jahongirlardan qaysi biriga Hindiston davlatini bo‘ysundirish nasib etmadi? Nima uchun?

  3. Maurya davlati asoschisi kim?

  4. Qaysi hukmdor davrida Maurya davlati ri- vojlanishda yuksak pog‘onalarga erishdi?

  5. Hindlarning eng ahamiyatli kashfiyot va ixti- rolarini aytib bering.

  6. Hindlar qaysi dinni «xudolarsiz din» deyish- gan?




Download 9,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish