Miloddan avvalgi II asr O`rtalarida uchinchi Puniya urushi bo`ldi. Rimliklar Karfagenni qamal qildilar, ammo aholi uning himoyasiga qo`zg`aldi.
Puniya urushlari O`rtayer dengizi hukmronligi uchun Rim bilan Karfagen O`rtasidagi bo`lgan urush. Miloddan avvalgi II asr O`rtalarida Karfagenning mag`lubiyati bilan tugadi.
Karfagen shahri aholisi ikki yil o`z shahrini mudofaa qildi, shaharda ochlik boshlandi. Rimlik legionerlar bir hamla bilan uylarni birma-bir bosib olishar, yo`lda uchragan narsani talashar va o`t qo`yishar edi. Karfagen o`n yetti kun o`t ichida qoldi. Xalq tajribalari va donishmandligini asrab kelgan xonadonlar va kutubxonalar kuli ko`kka sovurildi. Karfagen turgan joy esa Senat qaroriga ko`ra qarg`ish tekkan deb e`lon qilindi. Bu yerda uy-joy qurish va dehqonchilik bilan shug`ullanish taqiqlangan edi. Shunday qilib, miloddan avvalgi 146-yilda Karfagen batamom vayronaga aylantirildi. Rim qo`shinlari g`alaba, talangan o`lja va minglab qullar bilan Italiyaga qaytib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |