Turkiston assrda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakatlar



Download 0,8 Mb.
Sana26.11.2022
Hajmi0,8 Mb.
#873060
Bog'liq
ózbekiston

Turkiston ASSRda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakatlar


Guliston davlat universiteti
Ijtimoiy iqtisodiy fakulteti Tarix yoʻnalishi talabasi
Ochilov Iskandar

Reja:

  • Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakatni
  • Harakatning mohiyati, maqsadlari va ijtimoiy tarkibining boshlanishi.
  • Farg‘ona vodiysi va Samarqand viloyatidagi istiqlol janglari.

Farg‘ona vodiysi va Samarqand viloyatidagi istiqlol janglari.

Farg‘ona vodiysidagi istiqlolchilik harakati 1919-yil yozining oxiri va kuzida o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi. Sentyabr oyining dastlabki kunlarida Madaminbek lashkarlari Jalolobod va O‘sh shaharlarini egallashdi.


Ular Eski Marg‘ilon shahrini qizil bosqinchilardan ozod qildilar. Shu bilan birga vodiydagi eng yirik strategik shahar – Andijonni qamal qilishga kirishdilar. Madaminbek boshchiligidagi qo‘shinning hujumi Farg‘ona vodiysini larzaga keltirdi.
Madaminbek

1919-yil 12-oktyabrda Pomirning Ergashtom ovulida bo‘lgan anjumanda Madaminbek boshchiligida Farg‘ona muvaqqat muxtoriyat hukumati tuzildi. Hukumat tarkibiga 16 nafar tub aholi va 8 nafar ruslar kiritilgan edi. Madaminbek hukumat boshlig‘i bo‘lish bilan birga qo‘shinning Oliy bosh qo‘mondoni etib ham tayinlandi.

1919-yilning kech kuziga kelib Madaminbek qo‘l ostida 30 000 nafarga yaqin yigit qizil armiyaga qarshi istiqlol janglarini olib bordilar. Bu paytda Shermuhammadbek qo‘l ostida 20 000, Katta Ergash qo‘rboshida 8000 nafar askar bo‘lgan. Ana shu uchta lashkarboshi vodiydagi jangovar harakatlarni yo‘naltirib turdilar.

Farg‘ona vodiysiga bolsheviklar tomonidan qo‘shimcha kuchlarning boshlanishi natijasida 1920-yil yanvar oyining o‘rtalariga kelib jangovar tashabbus qizil armiya qo‘liga o‘tdi.

Katta Ergash qo‘rboshining qo‘shini mag‘lubiyatga uchragach, Shermuhammadbek asosiy kuchlarini olib Oloy vohasiga chekindi. Madaminbek vaqtdan yutish uchun Farg‘ona fronti qo‘shinlari qo‘mondonligiga yarash muzokaralari boshlashni taklif qildi.


Shermuhammadbek

Turkistondagi harakat 1920-yilning yozi va kuzida o‘zining yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Farg‘ona vodiysi va Samarqand viloyatidagi vatanparvarlar bilan bir qatorda endilikda Buxoro va Xorazmda ham bosqinchi qizil armiyaga qarshi kurash boshlandi.


1920-yil 3-mayda Shermuhammadbek boshchiligida Turkiston – turk mustaqil islom jumhuriyati tashkil topdi. Shermuhammadbek istiqlolchilik harakatiga bosh bo‘ldi.

Keng miqyosdagi qatag‘onlar va qizil armiya tomonidan harbiy harakatlarning kuchaytirilishi ham istiqlolchilarni kurashdan qaytara olmadi. Farg‘ona armiya gruppasi shtabining “mutlaqo maxfiy” ma’lumotlariga qaraganda, 1921-yil iyun – sentyabr oylarida viloyatda 200 dan ortiq qo‘rboshi guruhlari harakat qilgan.


1921-yil 13-sentyabrda Farg‘ona vodiysida favqulodda holat e’lon qilindi. 1921-yil noyabrda Farg‘ona viloyatida sovet hokimiyati tomonidan harbiy diktatura o‘rnatildi va Turkiston fronti harbiy inqilobiy kengashi a’zosi P.Baranov Farg‘ona viloyatining harbiy diktatori qilib tayinlandi.

Shermuhammadbek qo‘rboshi Afg‘oniston davlatiga o‘tib ketgach, 1923 – 1924-yillarda Farg‘ona vodiysidagi istiqlolchilar qo‘shiniga Islom Polvon va Yormat Maxsum kabi qo‘rboshilar rahbarlik qildilar.


Bu paytda ular kichik-kichik guruhlar tuzib, qizil armiyaga qarshi kurashdilar. Lekin ular kurashning mazkur bosqichida turli sabablar va mahalliy shart-sharoitlar natijasida doim ham bir-birlari bilan kelishib ish ko‘rmadilar.

Ahmad Zaki Validiyning yozishicha, Ochilbek 1921-yildan boshlab “Turkiston milliy birligi” tashkiloti ko‘rsatmalari asosida faoliyat ko‘rsatgan. Kitob atrofida 1923-yil 10-mayda qizil askarlar bilan bo‘lgan janglarning birida Ochilbek (u xalq o‘rtasida jasurligi uchun Ochildov sifatida mashhur bo‘lgan) mardlarcha halok bo‘lgan.


Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish