11. Faqat ko‘makchilar berilgan javobni aniqlang. A) ammo, kabi, -yu B) bilan, yoki, -chi C) uchun, singari, sari D) faqat, -ku, hatto
12. Olmosh yo‘q javobni toping. A) kimdir, nimadir, allakim B) hech kim, hech bir, hech nima C) har vaqt, har lahza, shu on D) men, har kim, biz
13. Qaysi javobda “igna ustida o‘tirmoq” iborasining ma’nosi berilgan? A) shoshib qolmoq B) bezovta bo‘lmoq C) gumonsiramoq D) og‘riqni his qilmoq
14. Saida bu suhbatni diqqat bilan kuzatdi. Ushbu gapni sintaktik tahlil qiling. A) ega, hol, to‘ldiruvchi, hol, kesim B) ega, to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol, kesim C) ega, aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol, kesim D) aniqlovchi, ega, hol, to‘ldiruvchi, kesim
15. Qaysi javobda o‘zi ishora qilgan so‘z bilan o‘zaro bir xil gap bo‘lagi vazifasini bajargan olmosh qatnashgan? A) Vatan sajdagoh kabi muqaddas sanaladi. Uni hamisha asrab-avaylaymiz. B) Do‘stimdan juda minnatdorman: undan irodali bo‘lishni o‘rgandim. C) Kitoblar − insoniyatning eng bebaho ma’naviy mulki. Ulardan hamisha foydalanishimiz mumkin. D) Yigitning lablari pir-pir uchar edi, u qo‘rquvdan atrofga alanglar edi.
49-variant
1. Quyidagi so’zlardan nechtasi imloviy jihatdan noto’g’ri yozilgan? ablax, ayhannos, boshqattan, kinosenariy, ohanrabo A) 1 tasi B) 2 tasi C) 3 tasi D) 4 tasi
2. Qaysi uslub uslublarning eng murakkabi hisoblanadi? A) ilmiy B) rasmiy C) badiiy D) publitsistik
3. Barbat so’zining ma’nosi to’g’ri izohlangan qatorni belgilang. A) urib chalinadigan musiqa asbobi B) puflab chalinadigan musiqa asbobi C) yetti torli musiqa asbobi D) to’qqiz torli cholg’u asbobi
4. Quyidagi so’zlardan qaysi biri imloviy jihatdan to’g’ri yozilmagan? A) huriliqo B) ro’yirost C) salavot D) termulmoq
5. Fe’l kesim berilgan qatorni toping. A) Dadam qo’li ochiq edilar. B) Yigit kishining uyalgani – o’lgani; eman daraxtining egilgani – singani. C) Ishning boshi – boshlanguncha. D) Ota-onamni hajga olib borishdir mening oliy maqsadim.
6. – Eh yoshlik, yoshlik! Suvday o’tib ketadiya! – Qarilik ham! Yuqoridagi gaplar yuzasidan bildirilgan hukmlarning qaysi bir to’g’ri emas? A) atov gap qo’llangan B) imloviy jihatdan xato yozilgan so’z mavjud C) sifatdan yasalgan ikkita yasama ot qo’llanilgan D) takroriy so’z qo’llanilmagan
7. Uyushiq kesimli sodda gap berilgan qatorni toping. A) Nigora Saidlarnikiga kirganda uyning chiroqlari yoqilgan, said bilan dadasi
televizor ko’rib o’tirishar edi. (A. Azimova) B) Mavzuni yaxshi tushunish uchun, avvalo, darsni diqqat bilan tinglash, berilgan topshiriqlarni bajarish, muntazam takrorlash kerak. C) Ota-ona behad bo’ladi xursand, farzand bo’la olsa munosib farzand. (Muhammad Javhar Zamindor) D) Go’zallik – haqiqiy baxt-saodat va rosmana qahramonlik, u balandparvoz so’zlarga muhtoj emas. (V. Raabe)
Do'stlaringiz bilan baham: |