13. Megizlari gul-gul, mijalari xor, Qabog’lari keng-keng, og’izlari tor. Ushbu baytda nechta gap mavjud? A) 4ta B) 5ta C) 3 ta D) 2 ta
14. Qaysi gapda to’ldiruvchi modal so’z bilan ifodlangan?
A) Ohimni eshitishmadi. B) Yaxshiga qora yuqmas, yomonga el boqmas. C) Vaqt hamma narsaga o’z ta’sirini ko’rsatadi. D) Yo’qni yo’q deydi, borni bor deydi.
15. Qaysi uslubda davrning ijtimoiy-siyosiy masalalari aks ettiriladi? A) so’zlashuv uslub B) badiiy uslub C) publitsistik uslub D) ilmiy uslub
41-variant
1. Qani, azizlar, dasturxonga qarang! Ushbu gapda qanday ma’no ko`chishi kuzatiladi? A) sinekdoxa B) metafora C) metonimiya D) vazifadoshlik
2. Abro` so`zining ma’nosi to`g`ri berilgan javobni belgilang. A) qosh B) hurmat, e’tibor C) yaxshi, izzat D) nufuz
3. Qaysi qatorda sifatlovchi aniqlovchi holga tobelanib kelgan? A) Bahaybat samolyot yerga ohista qo`ndi. B) A’lochi o`quvchilarga mukofotlar topshirildi. C) Tadbirkor insonning ishlariga havasing keladi. D) Biz faxriylar bilan yangi bog`da uchrashdik.
4. Tinish belgilarining qo`llanilishi haqida to`g`ri ma’lumotni toping. A) Ko`chma ma’noda qo`llangan so`zlar, kesatiq, piching, do`q-po`pisa ma’nolarini bildiruvchi leksik birliklar qavs ichida yoziladi. B) Zid ma’noli bog`lovchisiz qo`shma gaplar orasida tire ishlatiladi. C) Uyushiq bo`laklarda keyin kelgan
umumlashtiruvchi so`zdan oldin ikki nuqta qo`yiladi. D) Bog`lamasiz qo`llangan ot kesim va ega orasida ham yuklamasi bo`lsa, tire qo`yiladi.
5. Qaysi javobda geometriya ma’nosini beradigan eskirgan so`z qo`llangan? A) falakiyot B) handasa C) riyoziyot D) muhandis
6. Quyida berilgan so`zlar juftligidan qo`shma so`z yasalganda nechtasi qo`shib yoziladi? O`n // besh, Boltiq // bo`yi, Kavkaz // orti, hech // qanday, somon // rang, shirin // so`z, mehnat // sevar, Ming // tepa, sayr // qilmoq, Olti // ariq, O`rta // Chirchiq, to`q // qizil A) 7 tasi B) 6 tasi C) 9 tasi D) 8 tasi
7. Piyolalar gardiga, belbog`lar, dastro`molar hoshiyalariga mehr-muhabbat, saodat baytlarini kashta qilib tikkanlar. Ushbu gap haqida berilgan to`g`ri ma’lumotni toping. A) bog`lovchisiz qo`shma gap B) uyushiq bo`lakli sodda gap C) ajratilgan bo`lak ishtirok etgan gap D) bog`langan qo`shma gap
8. Mazkur qolipga mos keladigan gap berilgan javobni belgilang. A) Aql ko`pga yetkazadi, hunar bo`lsa insonni ko`kka ko`taradi. B) Agar hosilni erta eksang, erta yig`ishtirib olasan. C) Gul barglari uchishadi, tushmayin deb qo`lingga. D) Yozi bilan tinimsiz mehnat qildik, shu sababli mo`l hosil oldik.
9. Oyimni, ya’ni Xosiyat Suvonovani, mukofotlashdi. Mazkur gapda qaysi gap bo`lagi ajratilgan?
A) to`ldiruvchi B) aniqlovchi C) hol D) ajratilgan bo`lak yo`q
10. Atov gap haqida to`g`ri ma’lumot berilgan javobni toping. A) Atov gaplar “qotib qolgan” birikma shaklida bo`lib, boshqa so`z bilan kengayish imkoniyatiga ega emas. B) Atov gap tasdiq, inkor, so`roq, taajjub, his-hayajon kabi ma’nolarni ifoda etib, ular matn bilan bog`liq bo`ladi. C) Atov gap, asosan, modal va his-hayajon munosabatlarini ifoda etgani uchun ham ko`proq diologik va ba’zan monologik nutqqa xosdir. D) Atov gap – so`zlovchi ko`z o`ngida biror voqea-hodisani, narsa-buyum yoki davrni gavdalantirishga, xotira yoki xayolida ular bilan aloqador voqea-hodisani tiklashga xizmat qiladi.
11. Darhaqiqat, buyuk bobomiz faqat turkiy emas, forsiy, arabiy, urdu, xitoy, mo`g`ul va boshqa tillardagi so`zlardan ham mahorat bilan foydalangan. Ushbu gapda yordamchi so`z turkumlariga mansub so`zlar soni nechta? A) 3 B) 2 C) 5 D) 4
12. U bilimi va iste’dodi tufayli fan-texnika yutuqlari ko`rgazmasida oltin medalni qo`lga kiritdi. Ushbu gapdagi sodda yasama so`zlar haqida berilgan to`g`ri ma’lumotni aniqlang. A) Yasama so`zlarning barchasi fe`ldan yasalgan. B) Ushbu gapda ot va sifat turkumiga oid yasama so`zlar qatnashgan. C) Yasama so`zlar ega va aniqlovchi vazifasini bajargan.
D) Ushbu gapdagi yasama otlarning barchasi o`rin-joy otlariga mansub.
Do'stlaringiz bilan baham: |