3. suhbatlashtirmoq so’zi qaysi javobda ma’noli qismlarga to’g’ri ajratilgan?
A) suhbat-la-sh-tir-moq
B) suhbat-lash-tir-moq
C) suh-bat-lash-tir-moq
D) suhbat-lash-ti-r-moq
4. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar bo‘g‘inga noto‘g‘ri ajratilgan?
A) gap-lash-moq, shi-or, o-i-la
B) ya-nga, va-tan-ga-do, shtan-ga
C) ke-yi-ngi, as-o-siy, ij-o-diy
D) mu-o-ma-la, shod-la-n-moq, ish-la-n-moq
5. Qaysi javobda ma’nodosh so‘zlar juftligi berilgan?
A) tafakkur – o’ylamoq
B) do’st – dushman
C) bob – bop
D) gapirmoq – so’zlamoq
6. Qaysi javobdagi so‘z birikmasida ham hokim, ham tobe qismi omonim bo’lgan so‘zlar qatnashgan?
A) tosh otmoq B) qayg’гli hodisa
C) tez chopmoq D) undan boshqa
7. Bog’langan qo’shma gap berilgan qatorni toping?
1) Gulchehra «piq» etib kuldi-da, cho‘zilib tugunni oldi.
2) Shu bilan maslahat tugadi-yu, byuro boshlanish bilan birinchi bo‘lib Ertoyev so‘zga chiqdi
. 3) Oydan-da go‘zaldir, kundan-da go‘zal.
4) Qo‘shnisi buni bilsa-da, indamay-netmay qo‘ya qoldi.
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 4 C) 3 D) 3, 4
8. Bir so’z tarkibida ikki xil fonetik o’zgarish bo’lgan gaplar to’liq ko’rsatilgan javobni aniqlang.
1. Javroqisan bunchalar, O‘ynoqisan bunchalar, Tinmay tushib o‘yinga, Lol etasan kuyingga?
2.Uning sho‘xligi, o‘yinqaroqligi bilinib turibdi.
3. Bevaning, ayniqsa, tirnoqqa zor bevaning zorli, g‘amli ohlariga tun qanday chidar ekan, zamin-u samo qanday chidar ekan.
4. Ayniqsa, tomoq og‘rig‘i yomon qiynaydi. Oyog‘im zaxga tegishi bilan tomog‘im og‘rishga tushadi. 5. Hech narsa bilan u bu qiynoqdan qutula olmaydi.
A) 1, 2, 3, 5 B) 1, 3, 5 C) 1, 5 D) 1, 2, 3, 4, 5
9. Nuqtalar o‘rnida faqat bo‘g‘iz undoshi ishtirok etadigan so‘zlar qatorini toping.
A) mav...um, ra...namo, sar...ad, ta...did
B) ta...lil, ya...lit, ya...udiy, shub...a
C) se...rgar, sa...oba, sa...ovat, o...irat
D) ko...in, izo..., za...ira, dod...oh
10. „Zoriqtirmay kelsang-chi bir, Intizor qilding buncha...", To charchab uxlaguncha. Quyosh chiqib isitsa ham, Sendursan deb o‘ylaydi. Tunda oy kezib o‘tsa ham, Sendursan deb o‘ylaydi.
Berilgan she’riy parchada ishtirok etgan fe’llar tarkibidagi nisbat qo’shimchalari sonini aniqlang.
A) 3 B) 4 C) 2 D) 5
11. – Kim muzeyga bormoqchi? – Hammamiz boramiz. Ushbu to‘liqsiz gapda tushirib qoldirilgan gap bo‘lagi qaysi javobda berilgan?
A) ega B) kesim C) to’ldiruvchi D) hol 12. Qaysi javobda gap bo’laklari to’ldiruvchi, ega, to’ldiruvchi, aniqlovchi, kesim tartibida joylashgan gap ko‘rsatilgan?
A) U kishi savolini uch marotaba qaytaribdi.
B) Ota-onani rozi qilish biz uchun ulug’ vazifadir.
C) Boshingga tashvish tushmasa, qaytib kelmasding
D) jim turib salomat bo‘lish gapirib malomatga qolishdan afzal.
13. Murakkab fe'l kesimli gap berilgan javobni toping.
A) Dadam kasalxonaning bosh vrachi hisoblanadi.
B) Uchrashuv qiziqarli bo’ldi.
C) Tez hal qilish kerak, talabgorlar ko’p.
D) Boshqa xonada bolalar uxlab qolishibdi.
14. Qaysi gapda sifat bilan ifodalangan sifatlovchi aniqlovchi ishtirok etgan?
A) Uzoq-yaqin yerlardan odamlar yig‘ila boshladi.
B) Kumush qishdan, zumrad bahordan, qolishmaydi kuzning ziynati.
C) Uning ziyrak qo‘ng‘ir ko‘zlarida horg‘inlik bor edi.
D) Aytilgan so‘z – otilgan o‘q.
15. Yayrab ketaman. Bunga sabab, yoshligimda gunafsharang qog‘ozdan varrak yasab uchirardim. Shunisi qiziqarli ediki, ko‘m-ko‘k bahor osmoni bolalar uchirgan anvoyi rang varraklarga to‘lib ketardi. Ular orasida mening gunafsharang varragim alohida ajralib turardi. Yuqoridagi gapda fonetik o‘zgarishga uchragan yasama so‘zlar soni nechta?
A) 3 B) 4 C) 5 D) 6
Do'stlaringiz bilan baham: |