89. Ne bir buyuk zotlar bosh egdi nochor
Tomug‘dan yo‘l topmay nurli hayotga . . . (A.Oripov)
Ostiga chizilgan so‘zning ma’nodoshi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
A) haqiqat B) jannat C) do‘zax D) razolat
90. Shakldosh so‘zlar qaysi javobda qayd etilgan?
A)yosh, mol, jumla B) kon, omad, dala
C)kurash, jar, partiya D)mezon, kuz, adir
91. Grammatik qo’shimcha qo’shilishi natijasida paydo bo’lgan omonimni toping.
A) bo’ri B) matematik
C) otni D) qo’llanma
92. Uyga qarab yurdi. Ushbu gapdagi qarab so’zining grammatik ma’nosi qaysi javobda to’g‘ri berilgan?
A) fe’l, ravishdosh, holat ma’nosini anglatadi
B) ravish, tarz ravishi harakatning qay tarzdaligini ifodalaydi
C) yordamchi so‘z, ko’makchi, harakat yo‘nalishini ifodalaydi
D) yuklama, kuchaytiruv ma’nosini anglatadi
93. Qaysi qatordagi xususiyat yordamchi so‘z turkumlariga oid so’zlarga xos emas?
A) grammatik ma’noga egalik
B) lug‘aviy ma’noga egalik
C) grammatik vazifaga egalik
D) biror gap bo’lagi vazifasida kela olmaslik
94. Biz muzeyga bordik. Ushbu gapdagi bordik so‘zining lug‘aviy ma’nosi qaysi qatorda berilgan?
A) fe’l B) I shaxs ko‘plikda
C) kesim D) lug‘aviy ma’nosi berilmagan
95. Qaysi qatorda lug‘aviy birliklar nomi sanalgan?
A) tovush, qo’shimcha, so’z B) so‘z, ibora
C) qo’shimcha, so‘z, ibora, gap D) ibora, gap
96. Quyidagi ko’p ma’noli so‘zlardan qaysi biri tez so‘zi bilan antonim bo’la oladi?
A) achchiq B) shirin C) og’ir
D) berilgan so’zlarning hech biri tez so‘zi bilan antonim bo’la olmaydi
97. Bir xil grammatik ma’noga ega bo‘lgan so’zlar qatorini toping.
A) kitob, bahor, alochi, bog‘
B) o‘qimoq, orzu, bilim, erishmoq
C) qovun, gul, bola, qush
D) shirin, oqish, qor, yashil
98. Qaysi qatordagi birliklar lug‘aviy birlik hisoblanmaydi?
A) frazeologik birikmalar, so’z birikmalari, gap
B) tovush, qo’shma so‘z
C) so’z va frazeologik birikmalar
D) so‘z birikmalari, gap
99. Sinekdoxa asosida ma’no ko’chishi qaysi qatorda berilgan?
A) Dasturxonga qarang, mehmon.
B) O’pkasini rentgen apparatdan tekshirish kerak ekan.
C) Jussasi ushoqqina bu odam kishiga tik boqar edi. D) Kechgacha tuz totmadi.
100. Shakldoshlik (omonimiya) quyida berilgan qaysi birliklar orasida voqe bo`lmaydi?
A) ikki so`z orasida B) ikki ibora orasida C) ikki qo`shimcha orasida
D) sanalgan barcha birliklar orasida shakldoshlik (omonimiya) vujudga kelishi mumkin
101. 1. Bostirmada Ziyodaxon supra yozib, un elab o`tirardi. 2. Kimdir suqib ketgan tol yog’ochi ko`karib,
yaproq yozdi. 3. U jurnalist sifatida qanchadan-qancha ocherklar yozdi. Ushbu gaplarda qo`llanilgan yozmoq so`zi o`zaro ma`no munosabatiga ko`ra qanday so`zlar hisoblanadi?
A) har uchala gapda o`zaro shakldosh bo`lgan uchta so`z
B) har uchala gapda bir so`zning uchta ma`nosi
C) birinchi va ikkinchi gaplarda bir so`zning turli ma`nolari, uchinchi gapdagi so`z esa ularga nisbatan shakldosh so`z
D) ikkinchi va uchinchi gaplarda bir so`zning ikki ma`nosi, birinchi gapdagi so`z esa ularga nisbatan shakldosh so`z
102. Quyidagi hodisalarning qaysilari faqat bir so`z turkumiga oid so`zlar doirasida kuzatiladi? 1) ko`p ma`nolilik; 2) shakldoshlik (omonimiya); 3) ma`nodoshlik (sinonimiya); 4) ziddoshlik (antonimiya)
A) Sanalgan hodisalarning barchasi ikki so`z turkumi doirasida ham kuzatilishi mumkin.
B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 3, 4 D) 1, 3
103. Qaysi ko’makchi morfemalar grammatik shakllar sanaladi?
1) so’z yasovchi; 2) lug’aviy shakl yasovchi; 3) sintaktik shakl yasovchi
A) 1, 2, 3 B) 1, 3 C) 2, 3 D) 1, 2
104. Qaysi javobda “olmalarni” so’zining atash ma’nosi berilgan? 1) mevali daraxt; 2) olma daraxti mevasi; 3) ko’plik shaklidagi ot; 4) tushum kelishigi shaklidagi ot
A) 1, 2 B) 3, 4 C) 1, 2, 3, 4 D) 2, 4
105. Qaysi javobda biri atash ma’nosiga ega bo’lgan, biri atash ma’nosiga ega bo’lmagan fe’llardan tashkil topgan birlik berilgan?
A) olib bermoq B) ketib qolmoq
C) borib kelmoq D) o’tirib turmoq
106. Quyida berilgan so’zlar uchun umumiy bo’lgan ma’noni toping. qizil, shirin, muattar, katta
A) leksik ma’no B) grammatik ma’no
C) uslubiy ma’no D) lug’aviy ma’no
107. Shundan so’ng Qobilbobo aminning oldiga borishiga to’g’ri keldi. Berilgan gapda ostiga chizilgan so’z qanday so’z?
A) arxaik so’z B) tarixiy so’z
C) shevaga oid so’z D) atama
108. Qaysi so'z fonetik o'zgarishga uchragan, yasama, omonim so'z hisoblanadi?
A) sochma B) yasha
C) achchiq D) sana
109. Ham omonimlik, ham polisemantik xususiyatga ega bo'lgan so'zlar to'liq ko'rsatilgan javobni toping. 1) shox; 2) och; 3) to'q; 4) ustun; 5) ort; 6) til; 7) yondash.
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 B) 2, 3, 4, 5, 6
C) 2, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7
110. Quyida berilgan so'zlardan nechtasi ham omonimlik, ham ko'p ma'nolilik xususiyatiga ega? Ortmoq, chaqmoq, atlas, burun, gul, quymoq
A) 6 B) 3 C) 4 D) 5
111. Qanday so`zlar atash ma`nosiga ega?
A) barcha so`z turkumlari
B) faqat mustaqil so`z turkumlari
C) olmoshdan tashqari mustaqil so`z turkumlari
D) faqat yordamchi so`z turkumlari
112. Yomon kunlar yaxshi bo`ladi ammo, Yomon odam yaxshi bo`lmaydi aslo. Berilgan gapda nechta leksema ko`rinishdagi so`zlar bor?
A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 8 ta
113. Lug`atlarda bosh so`z sifatida qanday birlik ishlatiladi?
A) so`z B) leksema
C) so`z va leksema D) leks
114. Quyidagi so`zlarning qaysi birida shakldoshlik (omonimlik) ot va fe`l turkumi o`rtasida vujudga kelmaydi?
A) tush B) to`r C) tut D) toy
115. Berilganlardan nechtasi shakldoshlik xususiyatiga ega? 1) bo’shamoq; 2) ko’nglini bo’shatmoq; 3) ko’nglini ochmoq; 4) ko’ngildan o’tkazmoq; 5) boshga ko’tarmoq; 6) jon bermoq; 7)ko’z yummoq
A) 7 tasi B) 6 tasi C) 5 tasi D) 4 tasi
116. Qaysi gapda o‘zaro yaqin ma'noli so’zlardan tashkil topgan juft so‘z ega vazifasida kelgan?
A) Yakshanba kuni birin-ketin o‘g‘il-qiz, nevara-kelinlar yig'ila boshladi.
B) Yig'ilishda hayotiy tajribasi va obro‘-e’tibori bilan yurtimizda tanilgan keksalar ishtirok etdilar.
C) To’qqiz yil oldin bo'lib o'tgan voqea-hodisalar negadir tez-tez esimga tushadi.
D) Gazetamizda “Ota-onamdan olgan saboqlarim” deb nomlangan pand-nasihat tarzidagi rukn ochilsa
117. Qanday so`zlar grammatik ma`no ifodalamaydi? A) olmosh, son B) modal va taqlid so`zlar C) yordamchi so`zlar D) barcha so`zlar grammatik ma`no ifodalaydi
118. Qaysi xususiyat barcha so`z turkumlariga xos emas?
A) lug`aviy ma`noga egalik
B) grammatik ma`noga egalik
C) grammatik shaklga egalik
D) grammatik vazifaga egalik
Do'stlaringiz bilan baham: |