19. i tovushi ham torlik belgisi ham lablanmaganlik belgisi bilan qaysi tovushga zidlanadi?
A) o` ga B) e ga C) u ga D) a ga
20. Ergashgan qo‘shma gaplarning qaysi turida shart mayli qo‘shimchasi gaplarni bоg‘lоvchi vоsita sifatida ishtirоk etishi mumkin?
1) kеsim еrgash gapli qo‘shma gap; 2) еga еrgash gapli qo‘shma gap; 3) to‘ldiruvchi еrgash gapli qo‘shma gap; 4) aniqlоvchi еrgash gapli qo‘shma gap; 5) hоl еrgash gapli qo‘shma gap.
A) 2, 3, 4, 5 B) 1, 3, 4, 5
C) 3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 4, 5
21. Tobe so‘zida so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xatolikka yo‘l qo‘yilgan boshqaruvli birikma qaysi bandda berilgan?
A) lahim go‘sht B) qurut narxi
C) yuvindi to‘kish D) hatodan qo‘rqish
22. Qaysi qatordagi juft so‘z tojik tilidan so‘z o‘tish natijasida paydo bo‘lgan?
A) sog‘-salomat B) to‘y-tomosha
C) barchasi D) qahr-g‘azab
23. Kitobni qadrlamoq kerak, bu tafakkur darsiga izzat-ehtirom bilan qadam qo’ymoq lozim. Ushbu gapda qo’sh va qator undoshli so’zlar miqdorini aniqlang.
A) 2 ta qo’sh undosh, 4 ta qator undoshli so’z
B) 2 ta qo’sh undosh, 1 ta qator undoshli so’z
C) 1 ta qo’sh undosh, 2 ta qator undoshli so’z
D) 2 ta qo’shu ndosh, 3 ta qator undoshli so’z
24. Noto‘g‘ri yozilgan so‘zlar sonini toping. xohlamoq, hijil, xaspo‘shlamoq, shavqat, tamosha, avf , muzafot, taqazo
A) 4 B) 3 C) 5 D) 6
25. Noto‘g‘ri yozilgan so‘zni toping.
A) kariyes B) drama C) talofot D) istehzoomuz
26. O‘zing ham bir meni, bir Sobirni yolg‘onchi qilaverasan-da. Ushbu gap tarkibida nechta so’z birikmasi mavjud?
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 1 ta
27. Ko’p ma’noli “o’tkir” so’zi qaysi gapdagi ma’nosiga ko’ra “ta’sirchan” so’zi bilan sinonim bo’la oladi?
A) O’zini hammadan o’tkir hisoblash adashishning eng to’g’ri yo’lidir
. B) Xayollar dunyosi keng, o’tkir fikrli bu qiz kichik-kichik hikoyalar yozar edi.
C) Botirali to’qay oralab borar ekan, garchand o’zi o’tkir ovchilardan bo’lsa ham, bu holni xayoliga keltirmagan.
D) Xalqona o’tkir iboralar, chuqur hikmatli maqollar uning nutqining yorqin bezaklari edi.
28. Unsin ostonadan hatlashi bilan paranjisini yig‘ishtirib oldi, qarshisiga yugurib chiqqan Zumrad bilan quchoqlashib ko‘risha ketdi. Ushbu gapdagi fe’llar haqidagi to‘g‘ri hukmni toping.
A) 4 ta mustaqil fe’l, 2 ta ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi
B) 1 ta mustaqil fe’l, 3 ta ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi
C) 2 ta mustaqil fe’l, 2 ta ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi
D) 2 ta mustaqil fe’l, 3 ta ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi
29. Uch o‘rinda omonim bo‘la oladigan qo‘shimchalar to‘liq ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) -im; 2) -ik; 3) be-; 4) -a; 5) -ar; 6) -oq.
A) 1, 5 B) 1, 3, 4. 5, 6
C) 1, 2, 4, 5, 6 D) 1, 2, 4, 5
30. Berilgan gapda juft so‘z qaysi gap bo‘lagiga bog‘lanib kelgan? Mehnatkash odam fisq-fasod gaplarni bilmaydi.
A) kesimgan B) egaga
C) to‘ldiruvchiga D) aniqlovchiga
31. Qaysi gapda qaratqich kelishigini belgili qoʻllash maqsadga muvofiq?
A) Buyuk mutafakkir har bir asari oʻquvchini doimo chuqur oʻyga toldiradi.
B) Insoniyat tarixi oʻzligimizni anglatadigan, bizning oliy shajaramizni va insoniy qadr-qimmatimizni belgilaydigan moʻtabar va muqaddas voqelikdir.
C) Hovlini tutgan non hidiga bir zum mast boʻlib qoldi, olis yoshlik yillari esiga tushib, entikib ketdi. D) Maktab bogʻida oʻtgan yili ekilgan koʻchatlar boʻy choʻzib qolgan edi.
32. Qaysi javobda sifatlovchi aniqlovchini tobelantirgan qaratqich aniqlovchi ishtirok etgan?
A) Oʻz nafsini magʻlub etolgan marddir, Gʻiybatdan uzoq-uzoq ketolgan marddir.
B) Shu oddiy koʻz bilan boqmagil, balki, bilim koʻzi bilan boqqil jahonga.
C) Jahon daryo erur, yaxshi ishingdan Kema yasab oʻtgil nari tomonga.
D) Nomard tepib oʻtar yiqilganlarni, Ojiz kishilar qoʻlini tutolgan marddir.
33. Agar biz O‘zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug‘ kelajagini ulug‘lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo‘lsak, avvalambor, buyuk y ozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak. Ushbu gapdagi sifatlanmishlar haqidagi notoʻgʻri hukmni aniqlang. A) Sifatlanmishlarning barchasi bir xil sintaktik vazifani bajargan.
B) Bosh gap tarkibidagi uyushgan sifatlanmishlarning har biri ta᾽kidlangan.
C) Sifatlanmishlarning barchasi kesim(lar)ga bevosita tobelangan.
D) Sifatlanmishlarning barchasi yasama soʻz bilan ifodalangan.
34. Yetakchi qismi qoʻshma fe᾽l bilan ifodalangan koʻmakchi fe᾽lli soʻz qoʻshilmasi toʻldiruvchi vazifasida kelgan gapni aniqlang.
A) Ikromjon shovullab turgan kimsasiz toʻqay ichida ancha uzoqlab ketgan edi.
B) Eshik sharaqlab ochildi-yu, javob bera boshlagan talabaning gapi ogʻzida qoldi.
C) Yigit juda katta gunoh qilib qoʻyganini bilib, boshini egib oʻtiraverdi.
D) U toʻqay ichiga kirib, tashqaridan qaragan kishining nazari tushmaydigan boʻlgandan keyingina grelkani belidan oldi.
35. Sodda yasama soʻz qatnashgan murakkab qoʻshma gapni aniqlang.
A) Shuni bilki, hali koʻp oʻz ustingda ishlashing kerak.
B) Siz ketishingiz bilan u bizga koʻp narsalarni gapirib berdi.
C) Terakzorlar xushbichim, bogʻlarda hamma yoq jim.
D) Zamonlar oʻtadi, jamiyat oʻsadi, odamlar oʻzgaradi.
36. «Ochinglar, millati vayronani obod etgusi maktab, O‘qusin yoshlarimiz, ko‘nglini shod etgusi maktab» misralari bilan boshlanuvchi g‘azal muallifini aniqlang.
A) Hamza B) So‘fizoda
C) Abdulla Avloniy D) Avaz O‘tar
37. “Bemor” hikoyasida “omborda qulab ketgan qoplar ostida qolib o‘ladigan bo‘lgan” kim edi?
A) Abdug‘aniboy B) Sotiboldi
C) Erkaboy D) Sotiboldining xotini
Do'stlaringiz bilan baham: |