Gumanizm va reformatsiya Erazmning diniy bagrikenligi reformatsiyaning ayrim vakillariga yaqin edi.
ulardagi diniy bagrikenglik, tabiatga bolgan ruhiy munosabat, marosimlarni sodda shaklda otkazish va barcha diniy odatlarni soddlashtirish. Erazm talimotini reformatsiya harakatining ayrim vakillari qarashlari bilan yaqinlashtirar edi.
Erazmning hurfikrliligi protestant va katolik Yevropa davlatlaridagi ziyolilarga qattiq tasir etdi. Erazmning zamondoshi Xudoluis Vives falsafiy tilni badiiy xalq tiliga yaqinlashtirish kerak va uni sxolastikaning murakkab tushunchalari va mushohadalaridan ozod qilish kerak deb hisoblar edi.
Erazmning adolat va tinchliksevarlik goyalari Vivech Andje madjevskiy va shunga oxshash Yevropaning mashhur mutafakkirlarining fikricha katta tasir korsatdi.
Tomas Mor Rotterdamlik Erazmning qarashlariga uning buyuk zamondoshli bolgan Tomas Morning qarashlari yaqin edi.
Tomas Mor Londonda 1478 yil qirol sudyasining oilasida tugiladi. Grammatik maktabidagi oqish unga lotin tilini yaxshi egallashga imkoniyat berdi. Yoshlik davrida Tomas Mor Kenterbereylik arxiepiskop Jon Mortanning oilasida xizmat qiladi. Arxiepiskopning xonadonida osha davrning mashhur yozuvchilari, olimlari, sahxatchilari siyosatchilari va ruhoniylar tez-tez yigilib turishar edi.
XV asrning 90 yillarida arxiepiskopning maslahatiga binoan Tomas Mor gumanistik qarashlarning markaziga aylangan Oksford Universitetining kolledjida talim oladi. Kollejdagi oqishni tamomlagach Tomas Mor Londonning yuridik maktabini bitirib, yurist va advokat sifatida xizmat qiladi. Yosh sudyaning halloligi va otkir zehni unga katta hurmat va etibor keltirdi va Tomas Mor Angliya parlamentining umumiy palatasiga saylanadi.
Tomas Morning siyosiy faoliyati Angliya qiroli Genrix II ning iqtisodiy talablariga qarshi chiqishdan boshlandi. Morning bu harakatlari umumiy palata deputatlari tomonidan qollab-quvvatlanadi.
XVI asrning boshlarida Tomas Mor oksford gumanistlari qarashlarini qollab-quvvatlaydi, antik yozuvchilari va faylasuflari asarlarini Italyan faylasufi Piko dela Mirandolaning tarjimai holini va xatlarini ingliz tiliga tarjima qiladi.
Ozining yozuvchilik ijodini Mor London sherifiga yordamchisi sifatidagi hikmati bilan birlashtiradi.
Qirol Genrix III ga fidokorona xizmat qilganligi uchun Tomas Mor qirol kengashining azosi etib sayladi. Keyingi yillarda Tomas Mor muhim davlat mansablarini egallaydi va nihoyat Angliyaning lord-kantsleri darajasiga kotariladi. Genrix III tomonidan Angliyada otkazilgan reformatsiya Tomas Morda keskin norozilik uygotdi.
Tomas Mor Yevropada yagona xristian katolik cherkovi hukmronligini saqlab qolishi tarafdori edi. U Martin Lyuter Genrix III ning reformatsion harakatlariga qarshi chiqdi.
Tomas Mor Angliyada fermerlar erini tortib olish siyosatiga qarshi chiqadi. Qoylar odamlarni edi degan mashhur ibora Tomas Morga tegishli edi. Qirolning qonunbuzar harakatlariga qarshi chiqgan Tomas Mor Tauer qamoqxonasiga tashlanadi va uzoq davom etgan sud jarayonidan keyin 6 iyul 1535 yilda qatl qilinadi.
Tomas Morning qahramonona harakatlari gumanistlarning inson hurmati, ruhiy ozodligi va hurfikrliligiga butkul togri kelar edi.
Morning qatl qilinishi Yevropadagi gumanistik harakatni oz nihoyasiga etganligidan dalolat berar edi.