Leonardo da Vinchi fenomeni
Leonardo ijod qilgan sohalar shu qadar xilma-xil ediki, uning zamondoshlari bunday gayrat, kuch-quvvat va dohoga xos xislatlarga ham taajublanib, ham shubhalanib qarashar edi. Leonardo rassomlik, haykaltaroshlik, musiqa, arxitektura, fortifekatsiya, biologiya, botanika, geologiya, zoologiya, minerologiya, mexanika, astronomiya, fizika sohalarida ham ijod va kashfiyotlar qildi.
Laonardoning chop etgan asarlari va kashfiyotlari shu qadar ulkan ediki, bularning barchasini bir inson yaratganiga aql bovar qilmas edi. Leonardo ozini kamtarinlik bilan bilimsiz deb ovoza qilgan edi. Lekin u oz zamonasining barcha bilimlarini egalladi. Leonardoning barcha ijodi kuzatish tajriba quyishlardan iborat edi.
Leonardo oz davrining fani tomonidan qoyilgan benihoyat murakkab masalalarni osonlik bilan echdi. Leonardo aql bovar qilmaydigan masalalarni echishga bel boglaganda u sxolast faylasuf emas balki buyuk olim edi. Quyoshning harakati va botishi, osimliklarning unib chiqish, hayvonlarning yugurishni kuzatar ekan Leonardo bu narsalarning mohiyatini ochishga harakat qildi. Bu sohadgi uning fikrlari diniy dunyoqarashdan uzoqlashib, falsafaga yaqinlashib bordi. Diniy bilimlar tajriba va eksprimentga asoslanmagan edi. Endilikda esa yangi tabiiyshunos fanlarning asosiy quroli tajribadir va ular tajriba orqali dunyoning barcha sohalarida yangi bilimlarni kashf etishmoqda. Fanda bahslashishlar faqatgina munozara natijasida yuzaga kelmaydi. Leonardoning qoygan tajribalardan barcha jonzotlarni harakatga keltiruvchi kuch borligi uning nazariga tashlandi. Bu tabiiy kuchni organish uchun Leonardo eksperemental usulni ishlab chiqdi va undan keng foydalana boshladi.
Eksperemental usulning kashf etilishi
Leonardo da Vinchi oz kashfiyotlarining asosiga kuzatish va tajriba usulini qoyadi. Uning hisobsiz suratlari va yozuvlarining yonida insonning anatomik tasviri ham berilgan edi. Murdalarni anatomik organib Leonardo ozining butun dunyoga mashhur bolgan asarlarini yaratdi. U barcha narsalarning yashiringan mohiyatini ochishga intilar edi. Bu maqsadga etishish uchun u xilma-xil tajribalar va kuzatishlarni amalga oshirdi. Uning kopgina izlanishlari Leonardo yashagan davrdan oldinga qarab ketgan edi. M: Delta planning kashf qilinshi, suv osti kemasi, batiskaf va shunga oxshash kashfiyotlar Leonardoning zamondoshlarini hayratga solar edi. U faqat rassom emas haykaltarosh, olim, sanatkor, faylasuf ham bolgan. Bir soz bilan aytganda Leonardo da Vinchi oz davrining buyuk entsiklopedist olimlaridan edi.
Monardo tabiiyshunos fanlarning asosida matematika qonunlari ..... deb hisoblar edi. Lekin u ozi foydalangan orta asr matematikasi yangi kashfiyotlarni tushuntirishga ojizlik qilar edi yoki bu kashfiyotlarni notogri talqin qilishga olib kelar edi. Bu kashfiyotlarni tushuntirish uchun yangi mexanika zarur edi. Bu vazifani Leonardodan keyin Galiley bajardi. Lekin Leonardo kashf etgan narsalar oz davrining genial injenerlik qobliyatini korsatar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |