Nikolo Makiavelli Nikolo Makiavelli (1469-1527) Florentsiya Respublikasining kambagallashib qolgan nobillar oilasidan edi. Nikolo Makiavelli 1469 yil yurist oilasida tugiladi. Otasining daromadi past bolganligi uchun Nikolo Universitetda oqiy olmadi. U mustaqil talim oldi. Lotin tilini mukammal egallab antik davr faylasuflari va shoirlarining asarlarini qunt bilan oqidi.
Makiavelli Florentsiyaning neoplatonik akademiyasidagi qarashlariga mutlaq befarq edi. Uni orta asr universitetlarining sxolastik talimoti ham qiziqtirmas edi. Ammo yosh Nikolo «narsalar tabiati haqidagi Lukretsiyning asarini katta etibor bilan oqidi va tahlil qildi.
1498 yil 30 yoshli Nikolo Makiavelli Florentsiyaning siyosiy sahnasida birinchi bor paydo boldi. U ikkinchi kontselyarining ilmiy kotibi bolib saylandi. Keyinchalik esa Florentsiya hukmatining 10 ta hukmdoridan tashkil etilgan kengashga kotib bolib saylandi.
14 yil davomida Nikolo Florentsiya hukmatining muhim siyosiy vazifalarini bajarib Frantsiya, Germaniya va Rimga diplomatik ishlar bilan borib keladi. Uning katta siyosiy bilimdonlik bilan yozilgan asarlari Italiya va Yevropa davlatlaridan siyosiy ahvolni yaxshi bilishdan dalolat berar edi.
1512 yilda Medichi hukmronligi tiklanganidan keyin Makiavelli siyosiy hayotdan chetda qoldi. Uni fitnada ayblab qamoqqa olishdi. Keyinchalik esa qishloqdagi dala hovlisiga jonatib yuborishdi. Ikkinchi bor Medichi hukmronligi tugatilgandan keyin Florentsiya respublikasi yana tiklandi. Ammo bu ikkinchi respublika ozining katta kengashida Makiavellining xizmatiga muhtoj emasligini bayon qildi. Bunday qarorga konika olmagan Makiavelli 27 iyun 1527 yilda vafot etdi. Surgun paytida Makiavelli ozining asosiy asarlarini yaratdi. Bular: Humdor, Florentsiya respublikasining tarixidan Tit Liviyning birinchi dekadasiga mansub bolgan mulohazalar, Mandragora komediyasi va boshqalardir.
Tarix falsafasi Makiavellining yaratgan tarixida ilohiy qudrat uchun joy yoqdir. Jamiyatdagi barcha voqealar va hodisalar uning fikricha tabiiy qonunlarga binoan sodir boladi.
Davlat tontarishlari, siyosiy tuzumning ozgarishlarining asosiy sababi Makiavelli fikricha insonning tabiatiga borib taqaladi.
Tarixiy voqealarni tahlil qilib deb yozadi Makiavelli Jamiyat doimo bir xil ekan degan fikrga keldim.
Unda doimo yaxshilik va yomonlik ortasida kurash ketadi. Lekin bu kurash har xil shakllarda bolib, bir davlatdan ikkinchi bir davlatga otib turadi.
Makiavelli fikricha barcha davlatlar paydo boladi rivojlanadi va nihoyat inqirozga uchraydi. Bu xuddi tabiatdagi girdob harakatiga oxshaydir. Har bir davlatning va hukmdorni hayotini belgilovchi taqdiri bordir. Taqdirdagi ozgarishlar inson harakatiga ham bogliqdir. Uning faolligi yoki sustkashligi taqdirdagi ozgarishlarga ham tasir qiladi.-deb yozadi Makiavelli.