Tarix inson, zamon va makon falsafasi
Tarixni vaqtdan ajratib bolmaydi. U vaqt, muddat va zamonda yuz bergan, malum bir makonda vujudga kelgan voqea-hodisalar birligi. Ana shu zamon va makonda shakllangan ananalar, turlicha qarashlar, manaviy-ruhiy hodisalar, ijtimoiy munosabatlar zamirida hatti-harakatlar oz izini qoldiradi. Harakatlar zamirida esa malum maqsad va intilishlarni ozida mujassam etgan voqealar yotadi.
Tarixning oziga xosligi, ijtimoiy hodisaligi malum bir davr, zamon va makon mohiyatini ozida mujassam etganligi bilan, uning butun fenomenini belgilashi bilan baholanadi. Boshqacha qilib aytganda, uning mazmun-mohiyati, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hodisa sifatidagi oziga xosligini korsatadi. Ayniqsa, yuksak kotarilyshlar, sakrashlar, taraqqiyotning eng baland choqqilariga chiqqan davrlarda tarixning sivilizatsiyani vujudga keltiruvchi buyuk hodisa sifatidagi fenomeni kozga yaqqol tashlanadi.
Tarix inson orqali vujudga keladi va inson orqali abadiyatga aylanadi. Inson ongi va tafakkuri, qalbi va tuygulari orqali yuzaga kelgan hodisa sifatida qadriyatga aylanadi. Ana shu jihatdan qaraganda inson aql-idroki, uning tafakkur darajasi, hayotiy falsafasi, jamiyatni taraqqiy ettirish yolidagi say-harakatlari, butun bir xalq, butun bir jamiyat mentalitetini belgilaydi. Ana shu mentalitet millat yoki xalqning umumiy madaniy-manaviy darajasi, aql-idroki va tafakkur maydoni nechogligiga qarab taraqqiyotning yoxud tanazzulning mazmun-mohiyati ochiladi. Tarix esa ana shu ota murakkab, ota ziddiyatli, ayni paytda nihoyatda qudratli ruhiyat orqali, faoliyat orqali xotiraga aylanadi. Turli ijtimoiy-siyosiy hodisalar, voqealar shu tarzda vujudga keladi va tarixiy taraqqiyot shajarasining boginlarini tashkil etadi.
Qadimiy donishmandlarning aytishlaricha, «Kor korni etaklasa, ikkovi ham jarga qulaydi». Ana shu nuqtai nazardan inson tafakkuri va jamiyat taraqqiyoti, insonning madaniy-manaviy imkoniyatlari va tarixiy jarayon ortasidagi munosabatlarni aniqlab olish qiyin emas. Qariyb uch ming yillik tariximizning turli davrlarida xalq turli holatlarga tushganligining, buning sabablari va mohiyatining ildizi qaerdaligini yuqoridagi xulosalardan bilish mumkin.
Shaxsning jamiyatda tutgan orni, uning jamiyat taraqqiyotidagi roli yana ham muhim ahamiyat kasb etadi. Tarix falsafasi, tarixiy tafakkur bizni ana shu ulkan muammolar atrofida jiddiyroq mushohada yuritishimizni taqozo etadi.
Har qanday jamiyat taraqqiyot va tanazzul, turli kotarilish va pasayish davrlarini boshdan kechiradi. Tarix qahramonlik davrlarini, har tomonlama shakllangan davlatchilik va boshqaruv tizimiga ega bolgan holatlarni, mintaqalararo taraqqiyotlar ortasidagi aloqalar rivojlangan zamonlarni korgan. Sivilizatsiyaning hayotiyligi, yashovchanligi, uning uzluksiz davom etishi bevosita odamlarning manaviy darajasi, hayotiy omillarning barqarorligi, inson faoliyatining uzviyligi, faolliga va doimiy uzluksiz faoliyatning taminlanganligi bilan belgilanadi.
Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, uzoq otmishimizning yuksak sivilizatsiyalashgan davrlar bilan tanazzulga uchragan davrlari, ularning mantiqiy, siyosiy va ijtimoiy asoslari, iqtisodiy zamini va siyosiy tafakkuri bilan yaxlit holda tadqiq etilganda uning bir butun falsafasi vujudga keladi. Bir butun qiyofasi yaratiladi. Shu tarzda tarix fenomeni orqali ajdodlarimiz fenomeni, millat va xalq sifatidagi mentaliteti kozimizga yaqqol tashlanadi.
Umumjahon tarixini organish, umuminsoniyat otmishini tadqiq etish inson haqidagi tushunchalarimizni boyitishga, inson faoliyati, uning imkoniyatlari xususidagi xulosalarimizni kengaytirishimizga yordam beradi. Biz insoniyat tarixini, jumladan, oz ajdodlarimiz otmishini organish orqali olamni organamiz, olam haqidagi tasavvurlarimizni boyitib, xulosalarimizga yana ham aniqlik kiritamiz. Bizning olam va odam haqidagi tushunchalarimizni kengaytirishimizning yagona yoli olamni tadqiq etish, olamni anglash, uni tushunishdir.
Tarix kishilik jamiyati taraqqiyotining yaxlit mohiyatini tafakkur orqali idrok etiladigan suvratdir yoki tafakkur orqali ongimizda mangu chizilgan xotirot. Shunday ekan, biz olamni tarix orqali, insoniyat taraqqiyotining bosqichlari, evolyutsiyasi orqali anglaymiz. U orqali bugungi kunimizning mazmunini, mohiyatini tushunib olamiz, ertangi kungi maqsadlarimizni, orzu-umidlarimizni belgilaymiz. Shu jihatdan qaraganda biz ozimizni olamdan ajralgan holatda tasavvur etolmaymiz. Boshqacha qilib aytganda, olamdan ayri tusha olmaymiz. Olamdan ayrilsak, ozimizdan ayrilamiz. Olamni yoqotsak, ozimizni, ozligimizni yoqotamiz. Olam va odam ortasidagi bogliqlik ayni olam yaxlitligi va odam butunligidir. Ayni ana shunday mushtaraklik ularning har ikkovini ham, bir-birini ham toldirib turadi va butun otmish, bugun va istiqbolni boglab turadi. Tarix xotira-sining abadiyatini, uzviyligini, davomiyligini belgilaydi. Tarixiy tafakkur va tarix falsafasining noyob qadriyati, buyuk sabogi ana shunda.
Tarix inson haqidagi, odamlar haqidagi fan. Biroq u bugunning odamlari, kechinmalari, his-tuygulari, faoliyatlari va munosabatlari xususida emas, balki otgan ajdodlarimiz turmush tarzi, manaviy-ruhiy kechinmalari, sodir etgan voqea-hodisalari, maqsad va intilishlari haqidagi fandir.
Aslini olganda tarix faqat otmish haqidagi malumotlar yoki xotiralar ham emas. Uning buyuk qudrati, tarbiyaviy kuchi, murabbiylik mohiyati otmishni organish, tadqiq etish orqali bugunni baholash, bugunni anglash, bugungi odamlarni tushunish va ularni yonaltirish borasidagi fikrlarni, goyalarni ozvda mujassam etganida! Agar biz tarixga ana shu nuqtai nazardan qaraydigan bolsak, uning butun kolamini, insoniyat va jamiyat taraqqiyotidagi rolini chuqurroq anglaymiz. Muarrix tarixiy sanalar, voqealar, hodisalar atrofida fikr yuritar ekan, u eng avvalo inson, uning dunyosi xususida oylashi kerak, dedik. Agar haqiqatan ham inson tarixning tadqiqot obektiga aylansagina, u orqali, faqat va faqat u orqali tarixning butun kolamini, mohiyatini ochib bera olamiz. Aks holda, quruq bayonchiliqdan iborat bolgan malumotlar toplamlarini yana yarataveramiz, odamlarni bezdiraveramiz. Yuqoridagi xulosalar va mushohadalarni hisobga olib, tarixshunoslikni majoziy manoda insonshunoslik deyishimiz mumkin.
Gegel iborasi bilan aytganda, tarix falsafasi bu dunyoqarashlar, tarixiy tafakkur va tarix xotirasi haqidagi fandir. U manaviyat fenomeni, ruhiyat fenomeni sifatida inson va tarixiy tafakkur ortasidagi boglyqiikni organadi.
Agar chindan ham tarixni manaviyat va ruhiyat fenomeniga aylantirsak, aniqrogi, uni shunday idrok etib, shunday tadqiq etsak, yana va yana otmishni sana va voqealar orqali emas, inson orqali organishga ehtiyoj sezamiz. Oxir-oqibatda Inson tarixning yaratuvchisi, ishtirokchisi, dunyoga keltiruvchi eng oliy xilqat ekanligini va bu rad etib bolmas haqiqat, tengsiz qadriyat ekanligini tan olamiz.
Insoniyat tarixi bu har birimizga bogliq bolgan, ozligimizni korsatadigan, bizning olis shajaramizni, naslu nasabimizni, insoniy qadru qimmatimizni belgilaydigan, muqaddas va motabar voqelik. Biz uni shunday tushunishimiz va shunday qabul qilishimiz kerak. Agar otmishimizga shunday munosabatda bolsak, ana shu yuksaklikdan turib unga qarasakkina, tarix ayni tafakkur mahsuliga aylangan taqdirdagina bizni manaviy jihatdan boyitishi, ruhiyatimizga qudrat baxsh etishi mumkin boladi. Ana shu jihatdan qaraganda butun hayot shajarasini davom ettirayotgan, oziga xos tarix yaratayotgan odamlarning dunyoqarashlari, manaviy-ruhiy kechinmalari, insonlik shani nimalarga bogliqligi, uning ildizlari qayoqlarga etib borishi va qanday manaviy sarchashmalardan ozuqa olayotganligi aniq boladi va u bevosita tarix va tarixshunoslik bilan bogliq ekanligi kozga yaqqol tashlanadi. Agar tarix chindan ham falsafa va tafakkur mahsuliga aylantirilsa, zamondoshlarimizning otmishi kimlarga borib taqalishi ayon boladi va hayotda oz ornimizni belgilashimizga, ozimizning kimligimizni anglab olishimizga yordam beradi.
Gegel tabiriga kora tarix davlatchiliqdan boshlanadi. «Xalq davlat qurilishisiz hech qanday tarixga ega emas», deydi alloma. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, milliy davlatchilik tariximizning qariyb uch ming yilligini nishonlash arafasida turgan xalqimiz oz taqdirini butun insoniyat taqdiri, kishilik tarixiy taqdiri bilan bogliq holda koradi. Ayni ana shu taqdirdoshlik, ayni ana shu insoniyat tarixining ibtidosi bilan bogliqlik bugun butunlay yangi jamiyat qurayotgan xalqimiz qiyofasini korsatmoqda. Ozining qadimiy milliy davlatchilik ananalari bilan jahon davlatchiligi ilgor tajribalarini uygunlashtirib, sintezlashtirgan holda «ozbek modeli»ni dunyoga taqdim etib, dunyoni hayratga solayotgan ozbek xalqining fenomeni jahon mehvarida paydo bolmoqda.
Ozbek xalqi tarixi, uning kechmishi bevosita tarix falsafasi va tarixiy tafakkur orqali bugun odamlarni uygotmoqda, ular diqqatini oziga tortmoqda. Zamondoshlarimiz ongi, qalbi orqali butun ogmish oz yutuqlari va nuqsonlari bilan yaxlit holda jonlanmoqtsa. Shu asosda xalqimizning manaviy qudratiga, ruhiy tayanchiga aylanmoqda, olis istiqbolni belgilashda ota muhim omil sifatida xizmat qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |