Tarix falsafasi va milliy istiqlol
Birinchi Prezident Islom Karimov tarixga munosabatni tubdan ozgartirish hayot taqozosi ekanligini dolzarb masala qilib kotardi. Bugun tarixga munosabatning, tarixnavislikning metodologiyasini, tadqiqot usuli va uslubini tubdan ozgartirish hayot talabi ekanligini korsatib berdi.
Yurtboshimiz otmishimizni qayta korib chiqib, uni milliy qadriyat darajasiga kotarib, butunlay yangi nazar bilan galvirdan otkazishni kun tartibiga qoymoqda. Buning quyidagi asoslari bor:
Birinchidan, bugungi Ozbekiston jahon xaritasida endigina paydo bolgan tasodifiy mamlakat emasligini, uning ildizlari nihoyatda chuqur va qadimiy ekanligini dunyoga korsatish va farzandlarimiz ongiga singdirish.
Ikkinchidan, sobiq shoro siyosati va kommunistik mafkura tazyiqi bilan soxtalashtirilgan tarixni oz orniga qoyish, tarix haqiqatini, hayot haqiqatini ilmiy haqiqat asosida qayta tiklash. Unga munosib baho berish orqali millatimiz izzatini joyiga qoyish.
Uchinchidan, shu asosda xalqimiz, ayniqsa yosh, navqiron avlodimiz qalbida milliy gurur, milliy iftixor, oz ajdodlari bilan faxrlanish tuygularini kuchaytirish. Buyuk otmishga munosib buyuk millat bolish. Ertangi kunga katta ishonch va istiqlol goyalariga etiqod bilan yashashni turmush tarziga aylantirish. Masalaning yana ham jiddiyroq tomoni bor. Bu bevosita tarixshunoslik, tarixnavislik muammosi bilan bogliq. Hammamizga malumki, shoro hukumati davrida xalqni ataylab savodsizlantirish, oz otmishidan ajratib qoyish, ajdodlari, naslu nasabi va bugun tarixidan bexabar qilish siyosati mavjud bolib, u davlat siyosati darajasiga kotarilgan, kommunistik mafkuraning butun mazmun-mohiyatini tashkil etgan edi. Shuning uchun ham yozilayotgan ilmiy kitoblar nuqul voqealar bayonidan iborat bolib, malumotnoma tusini olgan edi. Ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga bunday yuzaki munosabat va tarixiy sanalarnigina sanab otish kabi tarix fani metodologiyasi yaratildi. Bu metodologiyaning asosiy maqsadi odamlar ongini zaharlash, ular fikrini chalgitishdan iborat edi. Shuning uchun ham, eng avvalo, yuz bergan voqealar va tarixiy jarayonlar nihoyatda jozibasiz, haroratsiz, oquvchiga tasir qilmaydigan, uning qalbidan va shuuridan orin olmaydigan, aksincha, uni zeriktiradigan va oxir-oqibatda esa butun tarixdan ixlosini qaytaradigan qilib bayon etildi.
Natijada millatlarni yoq qilib tashlash, fuqarolar qalbidagi milliy gurur, milliy iftixor tuygularini sondirish, ular dunyoqarashini chegaralab qoyish uchun harakat qilindi. Oziga ham, otmishiyu kelajagiga ham befarqlik va loqaydlik bilan qaraydigan aholi qatlami «tarbiya»lab etishtirildi.
Ana shunday noqobil va gayriinsoniy siyosat barbod bolgach, endi oz tariximizni qaytadan tiklash, uni ilmiy, tarixiy va hayotiy haqiqat nuqgai nazaridan turib yangitdan yaratishni davlatning ozi talab qilmoqda va bunga homiylik qilmoqda. Ozbekiston Fanlar akademiyasi Tarix institutining Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tarqatib yuborilishi va uni qaytadan tashkil etish togrisidagi qarorining siyosiy qadriyatini, manaviy va ijtimoiy ahamiyatini alohida takidlash joiz. Hukumat qarori va shaxsan Birinchi Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshida «Ozbekistonning yangi tarixi» markazining ochilishi fikrimizning yorqin dalilidir.
Tarixnavislikda shoro davrida shakllangan biqiq «metodika» barcha tarixga qiziquvchilarni va organuvchilarni qolipga solib qoydi. Yuz bergan hodisalar va ijtimoiy-siyosiy voqealar atrofida fikrlamasdan, faqat bayonchilik bilan shugullanish, xabarkashlik tendentsiyasi vujudga keldi. Bora-bora bu ilmiy «maktab»ga aylandi. Bu nomaqbul maktabning esa nihoyatda nochoru notavon, goyaviy jihatdan buzuq, mafkuraviy jihatdan aynigan, ilmiy jihatdan soxtalashgan, siyosiy jihatdan yaroqsiz ilmiy uslubi va hayotdan uzilgan aqidasi vujudga keldi.
Tarixga munosabatning ozgarayotganligi va tobora jiddiy tus olayotganligi ijobiy hodisa. Biroq hamon shoshmashosharlik, masalaga yuzaki yondashish, har tomonlama puxta organmasdan xulosalar chiqarish illatlari bizni tark etgani yoq. Natijada ilmiy haqiqatdan uzoq, tarix haqiqati buzilgan darsliklar paydo bolmoqda.
Oldinlari bir tomonga ogib ketgan bolsak, endi boshqa tomonga ogyapmiz. Vaholanki, ilmda muvozanat bolmogi kerak. Endi tariximizni tiklaymiz degan ehtiroslaru chinakam aql-idroqdan uzoq bolgan hissiyotlar josh urib ketdi. Natijada palapartishlik, tarixiy dalillarning ola-quroqligi, voqealarning malum bir tizimga solinmaganligi va tarixiy izchillikning yoqligi kozga yaqqol tashlanmoqda. Ayrim darsliklar nuqul rivoyat va badiiy asarlardan yaxlit kochirmalar holida nashr etilmoqda.
Tarixnavisligimizdagi yana bir muammo shundaki, biz hamon mustaqil fikrga ega bololmayapmiz. Hamon kimlarningdir soxta goyalariga tayanyapmiz. Malumki, sobiq shoro tuzumi davrida olimlarimiz har bir fikr-mulohazasini marksizm- leninizm klassiklari uydirmalaridan kochirmalar olib «asoslab» berishardi. Istiqlol yillarida ham ozlarining ilmiy jihatdan ojiz va nochor «fikr»lariga chetdan tirgak izlayotgan tarixchilarimiz yoq emas. Ayniqsa, bir paytlar «ilmiy ateizm» fanining dargalari hisoblangan ayrim olimlarimiz bugun tariximizni butkul diniy yosinga burib yuborish bilan ovora bolmoqdalar. Bazilar hatto yurtimizga islom dini kirib kelgunga qadar bolgan davrni «majusiylik», «johiliyat» davri deb atay boshladi. Bobolarimizning islomgacha bolgan buyuk vatanparvarlik jasoratlariga tola tarixiga, ulkan bunyodkorlik, yuksak madaniyatiga nopisand munosabat yaqqol sezilmoqda. «Johiliyat» davri atamasi zamirida islomgacha bolgan davrni kamsitish mazmuni yotmaydimi? Demak, xalqimiz tarixining oziga xos atamalarini togri belgilash vazifasini tezroq hal etmogimiz kerak.
Bugun biz tariximizning olis-olis qatlamlariga nazar tashlar ekanmiz, hayot mantigini hisobga olmasdan tarix haqiqatini tiklay olmaymiz. Birgina misol keltiraylik: Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz (Kesh), Termiz, Qarshi va boshqa shaharlarimizning yoshi 2700-3000 yilga borib taqalishini mutaxassislar etirof etishmoqda. Xosh, bizning tariximiz, ana shu zamin, ana shu jannatmakon tuproq tarixi bilan bogliq bolgan shu olka xalqlarining tarixi shuginamikin? Axir shaharlar yoshi bilan xalqlar tarixi belgilanadigan bolsa, biz yana xato qilmayapmizmikin? Har tomonlama barkamol, dunyo xalqlari diqqatini oziga tortgan, ulkan fan va madaniyat markaziga aylangan shaharlarning dunyoga kelguniga qadar ham odamlar shu erda yashashgan-ku! Kishilik hayotining madaniylashish jarayoni, ong va tafakkurning rivojlanishi, insonning daholik qudrati va zakovati evolyutsiyasini nazarda tutsak, shahar paydo bolgunga qadar bir necha ming yillik hayot mavjudligini nega unutmogimiz kerak?
1998 yilda buyuk mutafakkir Ahmad al-Fargoniy tugilganining 1200 yilligi nishonlandi. Ulug bobokalonimiz tugilgan va voyaga etgan kohna Shahriston xarobalaridan miloddan oldingi asrlarda yasalgan shaffof, niliy shisha idishlar topildi. Bejirimligi bilan kozimizni qamashtirayotgan bugungi guldonlaru billur qadahlar chiroyidan qolishmaydigan bunday shisha buyumlarini yasash uchun insoniyat tarixi necha asrlarni bosib otgan? Uning texnologiyasini ishlab chiqish, xom ashyo tarkibi va ranglar jilosini topish uchun qancha vaqt ketgan, qancha avlod yashab otgan?
Osha paytlarda hozirgidan on chandon mustahkam sopol quvurlar ishlab chiqarilganligi va shaharlar tola kanalizatsiyalashtirilganligi xalqimiz tafakkurining buyukligini korsatmaydimi? Ana shu tafakkurning shakllanishi uchun necha asr kerak bolgan? Bunday savollarga javob topganimizdagina tarix haqiqati tiklanadi. Birinchi Prezident Islom Karimov tarixga ana shu nuqtai nazardan qaraydi va xalqimiz otmishini tiklashda ana shunday siyosat, ana shunday mantiq va falsafa lozimligini talab etmoqda.
Tarix tafakkur mahsuli. Otmishimizda bolgan har bir hodisa malum manaviy-ruhiy, ijtimoiy-siyosiy muhit tasirida yuz bergan. Demak, unga nazar solganda, voqealar zamiridagi mantiq, falsafa, ruhiyat, siyosat, iqtisod, qoyingki, har bir davrning oziga xos shukuhiyu tashvishlari, sevinchu iztiroblari kozga yaxlitligicha yaqqol tashlansin. Ongimiz va shuurimizga mustahkamroq ornashsin. Ana shunda kishini fikrlashga, otmishni idrok qilib, kelajakni aql yorigi bilan belgilashga yordam beradi. Tarixning tafakkur mahsuli va ulug murabbiyligi, oliy qadriyat ekanligi ana shu bilan belgilanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, tarixnavislik bevosita mantiq, falsafa, iqtisod, huquq, jamiyatshunoslik, siyosatshunoslik, ruhshunoslik va badiiyat bilan uzviy boglangan hodisa. Bularni bir-biridan ajratish mumkin emas. Mabodo ana shu unsurlarning biri etishmasa, nomukammallikka yol qoygan, tarix haqiqati va ijtimoiy-siyosiy jarayonlar mantigini buzgan bolamiz. Faqat, malum bir davr tarixi ustida ishlar ekanmiz, eng avvalo, tarixnavislik nazaridan ish tutib, boshqa unsurlardan yordamchi, toldiruvchi vosita sifatida foydalanmogimiz lozim. Chunki, birinchidan, har bir tarixiy jarayon, ijtimoiy-siyosiy voqelik qandaydir siyosiy manfaat asosida dunyoga keladi. Ayniqsa bosqinchilik, bir hukmdor tomonidan ikkinchi bir mamlakatni zabt etish jogrofiy-siyosiy strategik maqsad ekanligi tabiiy hol. Shuning uchun ham ayni ana shunday jarayonlarni organayotganda, uni baholayotganda siyosiy mezonlar nuqgai nazaridan turib ham baholash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |